Biznes jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning ahamiyati


- shakl. Xо‘jalik jarayonlarining о‘zaro bog‘lanishi



Yüklə 131,21 Kb.
səhifə2/13
tarix26.09.2023
ölçüsü131,21 Kb.
#149114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Buxgalteriya hisobida baholash va kalkulatsiya

4- shakl. Xо‘jalik jarayonlarining о‘zaro bog‘lanishi


Ishlab chiqarish jarayoni korxonaning faoliyatida mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich bо‘lib hisoblanadi. Bu yerda qiymatga va iste’mol qiymatiga ega bо‘lgan yangi mashulot tayyorlanadi. Yangitdan yaratilgan mashulotning qiymati unga sarflangan mehnat vositalarining qiymatidan va xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qо‘shimcha mashulotlar qiymatidan tashkil topadigan iste’mol qiymatdan iborat bо‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobini tashkil qilishdan maqsad, birinchidan, shu jarayonda sarflangan mablag‘lar va ishchi kuchini hisobga olish, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mashulotlarni tayyor buyumlar sifatida qayd etish, uchinchidan, yangitdan ishlab chiqarilgan mashulotlarni ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va nihoyat, tо‘rtinchidan, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalarini aniqlashdan iborat bо‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xarajatlar natura, mehnat va qiymat о‘lchovlarda hisobga olinadi. Xarajatlarni qiymat о‘lchov birligida hisobga olish, tayyor bо‘lgan mashulotlarning tannarxi haqida pul ifodalarida (xarajat sarflarini solishtirish imkoniyatini beradigan) ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Korxona pul mablag‘lari ta’minot va tayyor mashulotlarni sotish bosqichlarida ishtirok etib, ta’minot bosqichida, korxona о‘ziga zarur bо‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi, sotish bosqichida esa, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mashulotlar
iste’molchilarga sotilib, korxona moddiy zahiralari pul shakliga aylanadi.
Korxonaning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini hisobga olish deganda shu jarayonlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tushuniladi.
Tayyor mashulotlarni sotish takror ishlab chiqarish jarayonining, shuningdek, har bir korxonaning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini yakunlovchi bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Korxona mablag‘larining bunday doiraviy aylanishi uning boshqa korxonalar bilan aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot va mashulotlarni sotish jarayonida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet tashkilotlari bilan soliqlar va tо‘lovlarni amalga oshirish paytida sodir bо‘ladi. Korxona xо‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida, korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichi sodir bо‘lgan paytda aks ettiriladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mavjud bo’lgan mablag‘lardan foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettiriladi chunki, buxgalteriya hisobi barcha xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi бўлиб, xо‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va о‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yо‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi67. Shunga ko’ra korxonalarning xо‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining obyekti sifatida namoyon bо‘ladi.

      1. Yüklə 131,21 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin