Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə104/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

3-topshiriq. Nutqning aniqligiga putur yetkazuvchi so`zlarga 20 ta misol yozing.
4-topshiriq. Gaplar tartibi ataylab oʽzgartirilgan quyidagi matnni o’qing. Gaplarning haqiqiy tartibidagi o’rni berilgan, ularni oʽz o’rniga qoʻyib kochiring.
Alla ana shu qoʻshiq hisoblanadi. Bola tugʻilgani zahoti dunyodagi eng mehr bilan aytiladigan qoʻshiqni eshitadi. Sevimli shoirimiz Cho’lpon alla haqida shunday degan edi: “Bola tez uxlab qolar . Bir bola uxlamasa, alla aytadilar . Chunki ul andin bir lazzat his qilur”. Keksalarimiz allaning sadolari bola ruhiga iymon, vataniga muhabbat, xalqiga hurmat, oʽzi tugʻilgan oilaga izzat boʻlib quyilishini koʻp aytganlar. Bu ifoda allaning eng muhim fazilati-bola ruhida ta`siri aks etgan . Ayni chogʻda bu soʽzning “Alloh”dan olinganligi ham ta`kidlanadi . Alla atamasi olimlarning ta`kidlashlaricha, ovutib uxlatishma`nosini berar ekan . Alla deyarli hamma xalq ogʻzaki ijodida bor .
5-topshiriq. Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing.
Bolajonlar, endi o`rgangan so`zlaringizni bir chizib beringlar-chi? deb vazifa topshiradi.
Hikoya va suhbatdan tashqari, o`zbek tilini yaxshi o`rganish, unga qiziqishni uyg`otish maqsadida til o`rganishga oid o`yinlar, kichik-kichik she’rlar, badantarbiya va ashulalar berib boriladi.
O`n kishiga mo`ljallangan mazkur maxsus joylarning har birida o`ntadan odam o`yinlarni bemalol tomosha qilishi mumkin.
Imzoga qo`l qo`yish mahalida gurs etib yerga quladi.
-topshiriq.'>6-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Moliya institutlari, moliyaviy nazorat, anglosakson modeli, fransuz modeli, monitoring, taftish, tahlil etish. Berilgan matndan tayanch so`zlarni ajratib yozing.

Iqtisodiyotni nimaga organish kerak?
Zamonaviy odamga iqtisodiy bilimlarsiz yashash qiyin. Ovqat, shart-sharoit, kiyim, bo‘sh vaqtni o‘tkazish bu - hammasi iqtisodiy kuch bilan aniqlanadi. Iqtisodni o‘rganish - bu hayotni yaxshiroq tushunishga va to‘laqonli hayot kechirishga imkon beradi. Iqtisodiy kuchlar biznes olamida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qiladi. Iqtisodning keng tarqalgan belgilaridan biri bu - odamlar turmush talablarini qanday qondirishlari to‘g‘risidagi bilimdan iborat.
Zamonaviy iqtisodiyot faniga XVII asrda asos solingan. O‘sha davrdan buyon iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni o‘rganish va tushuntirish usullari ishlab chiqilmoqda.
7-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosinii zohlang.
Ekologiya, salomatlik, xalqaro jamg‘arma, ta’sischilar, konferensiya, korxona, tashkilot, o‘quv muassasalari, jamg‘arma, matbuot markazi, ekologik madaniyat, ekologik tafakkur, hamkorlik, seminar, ko‘rgazma, simpozium.
8-topshiriq. “Ismlar abbreviaturasi” metodi.
Bu metodni muloqot boshlanishida tanishuv jarayonida qoʻllash maqsadga

muvofiq. Qatnashuvchilar varaqqa ismlarini abbreviatura shaklida yozadilar va har


bir harf yoniga oʽzlaridagi xislatlami yozib chiqadilar. Masalan:
M –muloyim L –latofatli A - adolatli
A- aqlli O – omadli B - bosiq
V- vijdonli B – barno B - bagʻrikeng
L- layoqatli A – aqlli O - odil
U- umidli R - rostgo’y S - sabrli
D- dilbar
9-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Pul muammolari, ne’mat, mahsulot, xizmatlar, milliy iqtisodiyot, yo`llanma ishchi kuchi bozorlari, jahon bozorlari, inflyatsiya, ishsizlik, foiz stavkasi, valuta kursi, iqtisodiy fikrlash, iqtisodiy siyosat.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin