Agar nohaq bo’lsangiz – buni tan oling!
Agar suhbat davomida qo’qqisdan nohaq ekanligingizni bilib qolsangiz, hamsuhbatingizdan avvalroq buni tan oling. Bunda hamsuhbatingiz payqab qolganidan so’nggi uning ayblovidan avvalroq o’zingizni-o’zingiz tanqid qiling. O’z shaxsiy xatolarini tan olmoqlik insonni umumiy darajadan yuqori qo’yadi va uning qalbini yaxshilik hamda tantana bilan to’ldiradi. Esingizda tursin: “Janjal bilan ko’p narsaga erisha olmaysan, lekin kelishish bilan kutganingdan ham ko’p narsa olishingiz mumkin”.
Inson qalbiga eng to’g’ri yo’l topish uchun unga hech qachon bosim ko’rsatmang, uni hech nimaga majbur qilmang va hech kimni o’z nuqtai- nazaringizni va fikringizni tan olishga majbur qilmang. Agar boshqa odamlarning o’z fikringizga qo’shilishlarini istasangiz, avval boshdanoq ularga do’stona uslubda muomala qiling.
Suqrotning muloqot qilish siri (insonni “Xa” deyishga majbur qiling).
Biror bir inson bilan suhbat qilishda hech qachon u bilan Siz va u turli xil fikrlarda bo’lgan muammolar mavzusidan gap boshlamang va zinhor bu haqda munozara qilmang. Avval boshdan u bilan bir fikrda bo’lingan masalalar haqida gapiring va bularga urg’u bering. Suhbat davomida doimo ikkalangiz bir maqsad yo’lida harakat qilayotganingiz haqida gapiring va ikkalovingiz orangizdagi farq masala mohiyatida emas, balki uni hal qilish usullarida ekanligiga alohida urg’u bering. Hamsuhbatingiz avval boshdanoq “xa, xa” degan gaplarni gapirsin, unga “yo’q” deyishga iloji boricha imkon bermang. Har qanday inson biror bir fikrni aytgandan so’ng, unga rioya qilishga majbur bo’ladi, shuning uchun bu uni “xa” deb javob berishga undash, maqsadga erishish yo’lida sehrli kalit bo’lib hizmat qiladi.
Shikoyatlarni ko’rib chiqishda yordam beruvchi usul.
Hamsuhbatni o’z fikringizga ishontirish kerak bo’lganda o’zingizning juda ko’p gapirishingiz juda ham qo’pol xato bo’ladi. Insonlarga biror bir narsani zo’rlab sotish mumkin emas, ular istasalargina Sizdan nimadir sotib oladilar. Bu xolda ham Siz shikoyat qilgan insonga o’z fikringizni sotishingiz kerak bo’ladi, shuning uchun ularda bunga istak uyg’otishingiz maqsadga muvofiq. Esingizda tursin: fikringizni uqtirmoqchi va biror bir amaliy natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, iloji yuoricha ko’proq vaqt hamsuhbatingiz gapirsin. Siz esa asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan unga fikringizni tushuntirishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |