Biznes muloqot va akademik yozuv


-TOPSHIRIQ: Omma e’tiborini qaratish usullari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə163/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

3-TOPSHIRIQ: Omma e’tiborini qaratish usullari

Ushbu bo’limda biznesga oid ommaviy muloqot yoki tadbirkorlikka ommani jalb qiluvchi ma’ruzalar qilishda qanday qilib o’z-o’ziga ishonchni kuchaytirish va ko’pchilik oldida ma’ruzalar qilishdan cho’chimaslik qobiliyatini rivojlantirish muammolari haqida gapirib o’tamiz. Yaxshi ma’ruzachi (orator) bo’lish uchun quyidagi to’rt asosiy qoidaga rioya qilish kerak bo’ladi:



Birinchi qoida: Ma’ruzangizni o’z maqsadingizga erishish yo’lida kuchli harakat va ehtiros bilan boshlang. Bilib qo’ying, inson bolasi ega bo’lgan hech qanday qobiliyat unga yaxshi gapira olish san’ati kabi tezlik bilan ko’pchilikka tanilish va hizmat pillapoyalaridan ko’tarilish imkonini yaratmaydi. Ta’sirli ommaviy ma’ruzalar o’qiy olish san’atini mukammallashtirish uchun katta ruhiy intilish lozim va shuning uchun ham qiziqish bilan ishga kirishing, orqaga chekinish mumkin bo’lgan barcha ko’priklarni yoqib tashlang, shunda g’alaba Sizga yor bo’ladi.

Ikkinchi qoida: Nima haqda gapirayotganingizni va nimalarni tushuntira olishingizni juda yaxshi, ipidan ignasigacha bilishingiz kerak bo’ladi. Agar Siz o’z ma’ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo’lsangiz, Siz boshqa bir ko’r kishini etaklamoqchi bo’lgan ko’rga o’xshab qolasiz. Agar Siz biror bir narsani gapirishingiz kerak bo’lsa, gapira olsangiz va bu sohani yaxshi bilsangizgina ma’ruza qiling. Gapirib bo’lgandan so’ng, minbarda ko’p qolib ketmasdan joyingizga o’tiring. Agar ma’ruza qilayotgan chog’ingizda u bilan bog’liq biror nimanidir ko’rsatsangiz yoki xayotiy misollar namoyish
etsangiz, auditoriyaga mavzu yanada tushunarli bo’ladi va Siz ham ko’pchilik oldida o’zingizni yo’qotib qo’ymaysiz.


Uchinchi qoida: Ma’ruza bo’layotganda o’z-o’zingizga va yoritilayotgan mavzuga qat’iy ishoning, aks xolda boshqalarni bunga ishontira olmaysiz. O’zingizni botir va har narsaga qodir his etish uchun butun irodangizni safarbar qiling va shundagina qo’rqinch hissiyotlari ishonch bilan almashiniladi. Auditoriya oldida turganda taxminan 30 sekund davomida chuqur nafas oling – bu Sizda kislorod tanqisligining oldini oladi. Yuragingiz qanchalik urib ketsa ham hech cho’chimasdan oldinga chiqing va o’zingizni bu ish Sizga juda yoqimli ekanini ko’rsatishga harakat qiling. Gavdangizni to’g’rilang, tinglovchilarning ko’zlariga tik qarang va shunchalik ishonch bilan gapiringki, xuddi ular Sizdan ma’lum bir miqdorda pul qarzday bo’lsin. Ular bu erga to’lov muddatini kechiktirish uchun kelishgan deb faraz qiling. Asabiy holatda kostyumning tugmalarini echib va yana taqib harakat qilmang, qo’lingizdagi narsani asabiy holatda u qo’ldan bu qo’lga olishni bas qiling va aslo qo’lingiz bilan ma’nisiz harakatlar qilmang. Agar asabiy harakatlardan to’xtash Siz uchun qiyin bo’lsa, u xolda qo’lingizni orqaga qilib, barmoqlaringizni qimirlating yoki oyoqlaringiz barmoqlarini qimirlating, toki bu harakatlarni hech kimsa ko’rmasin. Mebel yoki boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakat qilmang.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin