10.Qoida. Odamlarga ta’sir o’tkazish uchun ular haqida yaxshi fikrlang. Agar inson haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasangiz, u xolda uni yaxshi, sofdil, insofli, madaniyatli, to’g’ri odam deb qabul qiling va lozim bo’lib qolsa, uning uchun biror narsaga pul to’lab yuboring. Muttaham inson ham agar uni yaxshi va sofdil inson deb hisoblasangiz, siz bilan ijobiy munosabatda bo’lishga harakat qiladi. Bu esa unga ta’sir o’tkazish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi.
Qoida. Hozirgi paytda haqiqatni oddiy qilib tushuntirish kifoya qilmaydi. Shuning uchun ishonarli va ta’sirchan reklama usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar sizga boshqalar diqqatini qaratish zarur bo’lib qolsa, siz ham shunday usullarni keng miqyosda qo’llaganingiz ma’qul bo’ladi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, dalillarni effektiv (samarali) ravishda tushuntiring va bunda o’ta topqirlik bilan harakat qiling.
Qoida. Rejalashtirilgan ishning amalga oshirilishiga erishish uchun insonlar orasidagi raqobatni, bir biridan ustun bo’lish uchun harakat qilishga bo’lgan intilishni qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Insonlarga berilgan bunday imkoniyat ularning rivojlanishiga va samarador ishlashiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Bu ishning natijasi sifatida yaxshi kadrlarni tanlab olish va joy-joyiga qo’yish mumkin bo’ladi.
9-topshiriq. Hafagarchilik hissini uyg’otmasdan odamlarga ta’sir o’tkazishning to’qqiz usuli