1. Qoida. Birovni tanqid qilishdan saqlaning, chunki bunga nisbatan, tanqidga uchragan inson himoyalanish istagida turli xil usullar bilan o’zini oqlashga harakat qiladi va sizga ashaddiy dushman bo’lib qoladi. Tanqid insonga qattiq botadi va uning g’ururiga tegadi, uning obrusini pastga urish bo’lib hisoblanadi, uni qattiq hafa qiladi. Insonlar haqida yomon gaplar va fikrlar bildirmang, ularning faqat yaxshi tomonlari haqida gapiring, ularning obru-e’tiborli insonlar ekanliklarini uqtiring. Buyuk odamning buyukligi uning kichkina odamlar bilan muloqot qilishida ko’rinadi. Birovni tanqid qilgandan ko’ra, u nega shunday sharoitda va holatda bunday qilganligini tushunishga harakat qilish ma’qulroq bo’ladi.
2.Qoida. Biror bir insonni nimadir qilishga undashning faqat bir usulibor, u ham bo’lsa, unda bu ishni qilishga astoydil hoxish-istak uyg’otishdir. Har bir inson o’zining ahamiyatli ekanini bilishni istaydi. Unga bu imkoniyatni yaratish kerak va uning bu intilishini iloji boricha qondirish lozim. Insonning ustunlik tomonlarini tan olgan xolda va uni taqdirlash orqali unda biror bir ishni bajarishga qiziqish uyg’otish kerak. Agar biror bir kimsaning qandaydir hislati sizga yoqib qolsa, uni munosib baholang va yaxshilab maqtang. Sizga xujum qilayotgan dushmanlardan qo’rqmang, ko’proq sizni juda ham maqtayotgan do’stlaringizdan qo’rqing. Har bir inson nimasi bilandir sizdan ustun turadi, shuning uchun ham ulardan nimanidir o’rganish mumkin. Insonda ijobiy hislatlarni ko’rishga harakat qiling va bu haqda unga chin dildan ayting.
3.Qoida. Insonlarga ta’sir o’tkazishning birdan bir ta’sirchan usuli – ular hoxlayotgan narsalar haqida so’zlash va buni ular qanday qila olishlari mumkinligi to’g’risida gapirishdir. O’z suhbatdoshingizni nimanidir hoxlab qolishga majbur qiling. O’zingizni suhbatdoshingiz o’rniga qo’ying va uning fikrlari yo’nalishini tushunishga harakat qiling. Agar sizda ajoyib g’oya paydo bo’lsa, uning boshlanishini suhbatdoshingizga bildiring va qolganini o’ylab topishni uning o’ziga qo’yib bering. Shunda u g’oya o’zinikiligidan faxrlanib, siz bilan hamkorlik qila boshlaydi. Barcha uchrashuvlaringizning hisobini olib boring va ularda nimalarni to’g’ri hamda nimalarni noto’g’ri qilganligingizni tahlil qiling. Agar nimadir noma’qul bo’lgan bo’lsa, hatti-harakatlaringizga tegishli o’zgartirishlar kiriting.