Biznes muloqot va akademik yozuv


ODAMLARGA YoQIShNING OLTI QOIDASI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə169/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

ODAMLARGA YoQIShNING OLTI QOIDASI:



1- qoida: Odamlar bilan doimo yaxshi munosabatda bo’ling.

2-qoida: Tabassumni darig’ tutmang.

3-qoida: Yodingizda bo’lsin: har bir odam uchun har doim eng yoqimli eshitiladigan so’z — uning o’z ismidir.

4-qoida: Sabrli tinglovchi bo’ling. Odamlarning o’zlari haqida oddiyroq gapirishlariga imkon bering.

5-qoida: Ko’proq suhbatdoshingizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapiring.

6-qoida: Suhbatdoshingiz qadr-qimmatini yuqori tutishingiz muomalangizdan bilinib tursin.

8-topshiriq. Insonlarni o’z fikringizga og’dirishga imkon beradigan o’n ikkita qoida



1.Qoida. Agar boshqa birovga sizning fikringiz muhim bo’lmasa, u bilan baxslashmang. Chunki bu juda ham foydasiz ishdir. O’nta baxslashishdan to’qqiztasida uning har bir ishtirokchisi o’zining haqligiga yana ham ko’proq ishonib qoladi. Agar baxsda siz g’olib chiqsangiz ham, mag’lub bo’lgan odamning sizdan ko’ngli qoladi, chunki siz uni boshqalar oldida pastga urgan bo’lib chiqasiz va men sendan aqlliroqman degandek bo’lasiz. Bu axvol siz absolyut haq bo’lib chiqqan xolatda ham yuz beradi, chunki siz qarshi tomonni hafa qildingiz, uning o’ziga bo’lgan xurmatini erga urdingiz. Baxsda g’olib bo’lishning birdan bir to’g’ri yo’li – baxs qilmaslik, ya’ni undan chetga chiqishdir.

2.Qoida. Dushman orttirishning eng oson usuli va qanday qilib unga chap berish mumkin. Agar siz suhbatdoshingizga u nohaq ekanligini tushuntirsangiz, bu bilan uning obrusiga putur etkazasiz va u sizdan qattiq hafa bo’lib qoladi. Boshqalardan aqlliroq ekanligingizni isbot qilishingiz yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Hech qachon insonlarga ularning nohaqligini aytmang, suhbatdoshning fikrlariga xurmat bilan qarang. Uni tushunishga harakat qiling. Bilib qo’ying, juda kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko’pchilik insonlar ob’ektivlikdan uzoq, hissiyotga to’liq bo’ladilar, o’zlarining qandaydir fikr-uylari va dunyokarashlari bilan bog’lanib qolganlar. Ular o’zlarining o’rganib qolgan holatlarini hecham o’zgartirgilari kelmaydi. Shuning uchun ular ustidan kulish va hafa qilish hech qachon ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Fikrni aniq bildiradigan so’zlarni ishlatmang. Yaxshisi «O’ylaymanki», «Qo’rqaman», «Mening fikrimcha», «Faraz qilaman», «Menga shunday tuyulayapti» kabi so’zlarni ishlatganingiz ma’qulroq bo’ladi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin