Biznes muloqot va akademik yozuv


Asosiy masalalarga iloji boricha ko



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə48/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Asosiy masalalarga iloji boricha kop qayting.


  • Diqqatni bolishlarni minimallashtiring. Peydjer, uyali telefonlaringizni o`chirib boshqa bir odamga bering.


  • Jurnalist ko`ziga tik boqing. Agar muhbir bolsa, unda kameraga qaramang. Ko`z kontakti ijobiy va ishonchli imidjni ko`rsatib berishda muhim ahamiyatga ega. Pastga qarashingiz sizni hamkorlik qilishni xohlamaganday ko`rsatishi mumkin, u tomondan bu tomonga olazarak qarash ayyorlik va chalgitadigandek tuyulishi mumkin.


  • Savolga javob berayotganingizda, intervyu oluvchining salbiy sharhlarini qaytarmang. Doimo ijobiy tarzda javoblar tuzing.


  • Jargon, sohaga oid til (so`z) va akronimlardan chetlaning. Muxbirlar ommaga siz berayotgan ma’lumotni beradilar. Barcha tushuna oladigan atamalardan foydalanish muhimdir.


  • Hech qachon o`ylanmang. Berilishi mumkin bo`lgan savolga javob topish inson tabiatiga xosdir, ammo media intervyusida, o`ziga juda ishongan bo`lish tashkilotingiz obro`siga ziyon yetkazishi mumkin. Agar bilmasangiz, shuni ayting va to`g`ri javobni bilish uchun qo`lingizdan kelgan barcha ishlarni qilishingizga va qaytishingizga vada bering.


Mas’uliyatli bo`ling. Biroq doimo maqsadingiz yodingizda bo`lsin. Siz bu yerda «gapiruvchi bosh» bo`lish uchun emassiz, intervyu oluvchingiz savollariga javob bering; siz bu yerda asosiy xabaringizni yetkazish uchun kelgansiz.


  • Gapni chalgitadigan bo`lmasligingiz kerak, siz doimo ma’lumotingizni berishingiz kerak.


SEMINARLAR


Seminar - bu kichik guruhlar muhokamasi bo`lib, unda tadqiqot va chuqur o`rganishlar natijasi og`zaki va yozma hisobotlar orqali taqdim etiladi.


Seminarning asosiy maqsadi bilimlarni almashish va bir xilda bilimli insonlarning qarashlarini bilishdir. Umuman olganda, bir shaxs bosh ma’ruzani o`qiydi va u bo`yicha chuqur muhokama davom etadi. Boshqa a’zolar so`zlovchi bilan notiq taqdimoti bo`yicha qarashlarini ifodalashda o`zaro suhbat olib boradilar.


  • Seminar universitetda bo`ladimi yoki tijorat yo professional tashkilot tomonidan taklif etiladimi asosiysi, o`quv jarayonida o`zaro ta’sir shaklidir.


  • Uning funksiyasi vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan yig`ilishlarga kichik guruhlarni yig`ish, har gal muayyan mavzuga e’tibor qaratib, unda qatnashchuvchi har bir inson faol ishtirok etishi talab etiladi.


  • Bu ko`pincha seminar yetakchisi yoki instruktori bilan davomli dialog yoki tadqiqotning rasmiyroq taqdimoti orqali amalga oshiriladi.


  • Barcha faoliyatlarning o`z vaqtida bajarilishi uchun seminar kunidan seminarni tashkillashtirish bo`yicha vaqt jadvalini tuzing.


  • Odatda, ishtirokchilar muhokama qilinayotgan sohada boshlovchi bo`lishlari kerak emas. Seminar tizimining g`oyasi tanlangan predmetning metodologiyasi bilan talabalarni kengroq tanishtirish va tadqiqot davomida doimo kelib chiquvchi amaliy muammolar misollari bilan o`zaro ta’sir ko`rsatishlariga ham imkon berishdir.


  • Bu berilgan ma’ruzalar muhokama qilinadigan, savollar ko`tariladigan va debat(munozara)lar o`tkaziladigan joydir.


  • U o`quv ko`rsatmalar berishning ma’ruza tizimiga qaraganda, nisbatan norasmiy bo`ladi.


SHO’BA

Sho’ba - bir necha kun davom etishi mumkin bo`lgan jamlanish yoki trening. Umuman olganda, bu mutaxassis yo`rig`i bilan ko`proq ishga yo`nalgan bo`ladi va guruhning barcha a’zolari tomondan qatnashiladi. U muammolarni hal etilishi, amaliy treningga urg`u beradi va qatnashuvchilarning jalb etilishini talab etadi. Ko`pincha, simpozium, ma’ruza yoki yig`ilish amaliy namoyishlar bilan o`tkazilganda, sho’baga aylanishi mumkin.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin