Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə45/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

MATBUOT KONFERENSIYASI

Matbuot konferensiyasi (yangiliklar konferensiyasi, ommaviy axborot vositalari konferensiyasi) ommaviy axborot vositalariga aytishga arziydigan yangiliklar bo‘lganda hamda chuqur yondashuv va muhokama kerak bo‘lganda press-reliz jo‘natish orqali ta’minlanish ehtimoli bor. Matbuot konferensiyalarini o‘tkazishning ikkita asosiy sababi bo‘ladi. Birinchisi o‘nlab telefon qo‘ngʻiroqlariga javob berishdan ko‘ra muxbirlarning ko‘plab savollarini oluvchi taniqli shaxs ularga bir vaqtning oʻzida javob bera oladi. Ikkinchisida esa avval muxbirlarga qiziq bo‘lmagan yangilikka jalb qilishga urinishi mumkin.

Matbuot konferensiyasida bir yoki undan ortiq soʻzlovchilar bayonot qilishlari mumkin va bu keyinchalik muxbirlar tomonidan davom ettirib ketiladi. Ba’zida faqat savollar beriladi, ba’zilarida esa faqat bayonot berilib savollarga ruxsat berilmaydi. Matbuot anjumani muxbirlarga savollar berish, tushuntirib berishlar, kvotalar va fotosuratlar olish imkonini beradi. Matbuot anjumanini tashkillashtirishda quyidagilar yodda saqlanishi kerak:


  • Anjumanga taklifnomalar u o‘tkazilishidan bir hafta oldin jo‘natilishi kerak. Anjuman o‘tkazilishiga yaqinroq kunlarda, bir yoki ikki kun avval, qo‘ngʻiroq tadbirni muxbirlarning yodiga tushiradi.


  • Matbuot anjumanini ertalab 9-11 gacha yoki kech soat 16-19 larda tashkillashtirishingiz kerak. Bundan kech yoki oldin muxbirlar keyingi kun gazeta nashriga qadar maqola yozishga ulgurmaydilar.


  • Eng maqbuli, anjumanda bir qancha insonlar qatnashishidir: muxbirlar boshlashini biluvchi va bunga ko‘maklashuvchi matbuot uchun mas’ul shaxs. Masala (loyiha, reliz, xayriya, ochilish, yoki shunga o‘xshash) yuzasidan 10 daqiqali bayonot bildiruvchi bir ikki shaxs, bundan so‘ng kurator muxbirlarga savol berishlari uchun soʻz beradi. Jami matbuot anjumani 45 daqiqada yakunlanishi kerak. Bundan so‘ng, alohida suhbat/ intervyular berilishi mumkin.


  • Matbuot to‘plami, odatda, anjumanda tarqatilib, press-reliz, tashkilotchilar haqida ma’lumotlar, hisobotlar, tadqiqot natijalari, dalillar keltirilgan ma’lumotnomalar, ekspertlar ro‘yxati va hokazolarni oʻz ichiga oladi. Ba’zan hattoki ma’lumotlar plyonkaga olingan yoki foto material tarqatiladi. Konferensiyadan so‘ng matbuot to‘plamini oʻz vakilini jo‘natgan nashriyotlarga xabarchi orqali jo‘natishingiz kerak.


  • Muxbirlar «Matbuot konferensiyasi matbuotda yoritilish uchun jar solinishi kerak» deyishni yoqtirishadi, bu ularda yoritilayotgan xabarlar so‘nggi kutilmagan bo‘lishi kerakligini anglatadi. Agar konferensiya chaqirilsa-yu, ammo unda bunday yangilik bo‘lmasa muxbirlar bu yangilikni unutishadi – va hatto kelgusi konferensiyada so‘nggi kutilmagan yangilik bo‘lsa ham bu tadbirda hech ko‘rinish bermaydi. Matbuot konferensiyalarining kengayishi sababli nashriyotlar ko‘p hollarda ularni yoritish uchun boshlovchilarni jo‘natadilar.


Agar mumkin bo‘lsa, matbuot konferensiyalarining o‘rniga matbuot tadbirlari tashkillashtirilishi kerak. Ammo kimdir matbuot konferentsiyasini tashkil etishga qaror qilsa, e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir necha maxsus tafsilotlar mavjud. Ular quyidagilar:


Matbuot konferensiyaning tizimli ro`yxati


JOYI


  • Jamoat transportiga tez yeta oladigan;


  • Avtomobillar to`xtash joyining mavjudligi;


  • Aniq adres, telefon, va faks raqami;


  • Kirishda qayd etish stoli bilan muxbir salomlashib kutib oluvchi shaxs;


  • Agar chet ellik muxbirlar kutilayotgan bo`lsa, tarjima budkasi.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin