Ozbekiston Respublikasi oily va orta maxsus talim vazirligi
Qarshi davlat universiteti
Biologiya yonalishi 2-kurs 020-86-guruh talabasi
SHOKIROVA MADINANING
Zoologiya fanidan oquv dala amaliyoti boyicha yozgan
HISOBOTI
Bajardi: Shokirova Madina
Qabul qildi:
QARSHI-2022
2022-yil 18-iyul kuni Tarix fakultetida oquv dala amaliyotini o'zlashtirmagan talabalar ishtirokida anjuman bo'lib o'tdi. Anjumanda biologiya talim yonalishining 2-kurs talabalari qatnashdik. Anjuman davomida men tahsil olayotgan guruhga zoologiya fanidan oquv dala amaliyoti rahbari etib G. Hosilova tayinlandi.
Oquv dala amaliyoti 19-iyuldan boshlanib 1hafta davom etdi. O'quv dala amalyotini o'zimiz yashaydigan hududda o'tashimiz belgilandi .Bizga kalleksiya toplash va saqlash malakaviy amaliyot oldiga quyilgan asosiy vazifalardan biri ekanligi va kalleksiyani togri taxlash va saqlash sharoitlarini bilishimiz lozimligi haqida ma'lumotlar aytib o'tildi. Shuningdek barcha umurtqali hayvonlarni va ularni uyasi, ozig, qoldigi, ilonizlaridan va toshbaqa kosalaridan ham kaleksiya toplashimiz mumkinligini hamda kalleksiya toplashda faslga hayvonlar va qushlarni yoshiga va biologik xossalariga etibor berish va kalleksiya toplayotgan vaqtda tabiatga zarar yetkazmaslik uchun ma'lum qoidalarga amal qilishimiz lozimligi va muhofaza qilinadigan turlarga juda ehtiyotkor bolishimiz aytildi.
Bir hafta mobaynida o'zim yashaydigan hududda uchraydigan hayvonlarni o'rgandim. Ularning tashqi tuzilishini, yashash tarzini kuzatdim. Qurbaqaning ichki tuzilishi bilan tanishdim, nazariy bilimlarimni amaliyot orqali mustahkamladim. Arilarning tashqi tuzilishi bilan tanishdim. Ari uyasining tuzilishini o'rgandim. Ularning hayot tarzini kuzatdim. Xulosalarimni yozib bordim.
Hayvonlar bilan nazariy bilimlarimga tayangan holda tajribalar o'tkazib kurdim. Ba'zilaridan ijobiy,kutilganidek natijalar oldim. Ba'zilari esa nazariy bilimlarim va ko'nikmam yo'qligi uchun natijasiz bo'ldi.
Kaltakesaklardagi o'zini himoya qilish va shu orqali dushmanlaridan qochish uchun dumini tashlab qochishdan foydalanishini va uzilib qolgan dumi ma'lum vaqtgacha qimirlab turishini kurdim.
X u l o s a
Men 2-kurs 020-86-guruh talabasi Shokirova Madina 1 hafta davom etgan amaliyotda istiqomat qiladigan hududimda uchraydigan hayvonlarni o'rgandim. O'zim uchun kerakli bo'lgan bilimga ega bo'ldim. Nazariy bilimlarimni amaliyot orqali mustahkamlashga harakat qildim. Hayvonlarni o'rganish ularni kuzatish davomida tabiat qo'ynida ko'proq vaqt o'tkazdim va bundan mamnunman. Ushbu amaliyotni tashkillashtirgan ustozlarga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |