Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə78/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

NUTQ SHAKLLARI

og`zaki nutq
(ziyolilar, ishchilar, qishloq xo`jalik xodimlari, amaldorlar), ijtimoiy guruhlar (masalan, san’atkorlar, kosiblar, o`g`rilar) o`rtasidagi erkin suhbat orqali uslubiy mazmun ham ifodalanadi.
Har bir hududda yashovchilarning gaplari, suhbatlari, shevalari ham og`zaki nutqqa kiradi. Yozma nutq ma’lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi.


yozma nutq
Yozma nutq adabiy til me’yorlari asosida tuzilgan rasmiy tildir. O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:




So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.

Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir.



So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.
So`zlalashuv uslubining

o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So`zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo`lagi ajratib ko`rsatiladi, fikr so`zga mantiqiy urg`u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin