Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog`ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: ariza, tilxat, xat, telegramma, ishonch qog‘ozi, ma ‘lumotnoma, tavsiyanoma, qaror, tarjimayi hoi, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari ana shunday nutq uslubining ko`rinishlaridir.
Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo`ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo`llaniladi.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo`ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so`zlar ko`chma ma’noda ishlatilmaydi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi kabi ish yuritish qog‘ozlarida qo`llaniladi.
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo`linadi:
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo`ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi -axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. M., ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o`z aksini topgan bo`ladi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o`ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. M., qaror, farmonlarning o`ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog’ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo`ysunadi.
Uslub yaratuvchi vositalar. Avvalo, har bir uslub turini yaratuvchi vosita uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma, qoida, tarif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar - ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va grammatik vositalar ham bo`ladi. Masalan: ilmiy uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, zarur kabi so`zlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar qo`llanadi, tasviriy vositalar esa badiiy uslubni, xabar yoki axborotning manbayini ko`rsatuvchi ibora va so`zlar - ommabop uslubni, rasmiy so`z va iboralar (qaror qildi, kun tartibi, qatnashdilar, berildi, buyuraman, tasdiqlansin, ishonch bildiraman va b.) - rasmiy hujjatlar uslubini tashkil etadi. Rasmiy hujjatlar uslubiga qaror, ariza, tarjimayi hol va boshqalar kiradi, badiiy uslubni - roman, hikoya, doston, felyeton va boshqa badiiy asar turlari, ilmiy uslubni - monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar, biror dolzarb masala bo`yicha axborot bo`lsa ommabop uslubni tashkil etadi. Yozma adabiyotda uslubni yaratish uchun leksik, fonetik, grammatik vositalar qo`llanadi.
Dostları ilə paylaş: |