Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə89/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

1-topshiriq. Sinkveyn” texnologiyasi haqida tushuncha. Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish

1-qator – tushuncha - ot


2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat

5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim




2-topshiriq. Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.


So‘z


1 daraja


2 daraja


3 daraja


4 daraja


5 daraja


Kirim













Xaridor













Qarzdor













Mablag‘













Tovar













Byudjet













Iqtisodiyot













Tadbirkor













Moliya













Kredit













3-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn diagrammasi asosida solishtiring.


VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.



4-topshiriq. Matnni o’qing. O’z fikr mulohazalaringizni bildiring.

HIKOYAT
“Luqmoni hakim yo’lda borayotsalar, bir uydan nola eshitilibdi. Kirsalar, xasta odam og’riqqa chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, uni bugun – erta o’ladi, deyishibdi ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko’rib debdilarki: “Dardingizga davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay”. Xasta debdiki: “Ilon zahrini men qanday topay? Bir bedavo bo’lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab ketaverasizmi? Olloh mening zorimni eshitib, Luqmoni hakimga ro’baro qilganida edi, u zot meni tashlamas edilar”. Luqmoni hakim bu nolani tinglab, aytibdilarki: - “Zinhor tashlamasman”. Xullas, hazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib, bir yoshroq ilonni bo’g’zidan bo’g’ib turibdilar. Shunda ilon ittifoqo tilga kiribdi va debdiki: “Ey inson farzandi, sen nechun meni bo’g’ayotirsan? Ollohning menga bergan jabrlari kammi edi?”. “Olloh senga qanday jabrlar qildi?”, deb so’rabdilar Luqmoni hakim. “Meni ko’rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko’rsalar mendan qochadilar. Meni yertuban qilib qo’ydi, sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo’g’ib, jonimni olarsanmi?”. Luqmoni hakim debdilar: “Shunday qilmasam bir odam hayotdan ko’z yumar”. Ilon debdi: “Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o’ldirasanmi? Axir u ham ollohning bir mahluqi, men ham. Bir jonni saqlamoq uchun ikkinchisini mahv etmoq shartmi? Ey inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf eta olasanmi?” Luqmoni hakim aytibdilar: “ha, daf eta olaman”. Ilon debdi: “Unda mening zahrim kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan!”. “Qanday zahar?. Qora qurtnikimi?”, - debdilar Luqmoni hakim. “E, yo’q, - debdi ilon. – Dunyoda eng kuchli zahar – odamning zahri. Bunga davo yo’qtur. Odam odamni chaqsa, albatta, o’lim haqdir! Olloh biz – ilonlarni tuban qilib yaratdi. Ammo biz bir – birimizni chaqmaymiz. Siz – odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir – biringizni chaqib o’ldirasiz. Sen saqlab qolmoqchi bo’layotgan xastaga mening zahrim davo emas, yanglishma. Uni o’z do’sti chaqqan. Uning zahriga davo topa olmassan. Bunga xatto Luqmoni hakim ham davo topmagay. Qo’y, u o’laversin, azoblaridan qutula qolsin...”



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin