1-topshiriq. “So`z ustasi” texnikasi bilan tanishing.
Unda talaba yoki guruhlar bir-birlari bilan 5 daqiqa ichida biznes sohasiga oid nechta so’z topa olishi bo’yicha musobaqalashadilar. Ajratilgan vaqtda ushbu soha bo’yicha eng ko’p so’z topa olgan guruh yoki talaba g’olib hisoblanadi. Lekin birorta so’z qaytarib yozilmasligi kerak. O’yin oxirida eng ko’p so’z topa olgan talaba yoki guruh “So’z ustasi” nomini oladi. 2-topshiriq.Muloqot maqsadiqaysi funksiyalarni bajaradi? Sxemani to`ldiring.
3-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi Ushbu topshiriqni oʻtkazishdan asosiy maqsad talabalarni o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu boʻyicha tayanch tushunchalarni oʽzlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, oʽz bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olishga o`rgatish. Har bir izohdan keyin raqam berilgan boʻlib, u javob soʽzning qaysi oʻrinda turganligini bildiradi.
№
Tushuncha
Izohlar
1.
Monolog
Ravon, chiroyli nutq, notiqlik usullaridan xabardorlik, hamsuhbatga individual yondasha olish malakasi. Aloqa va munosabatlar oʻrnatish, muloqotga moyillik layoqati. (5)
2.
Muloqot
Tilda mavjud boʻlgan barcha soʽzlar va iboralar yigʻindisi, ya’ni tilning lugʻat tarkibi. (7)
3.
Dialog
Xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi. Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. (4)
4.
Kommunikatsiya
Nutq organlarining muayyan tovushni talaffuz qilishdagi faoliyati. (6)