Mavzu: Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali
usullaridan foydalanish Xalq va zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlaridan foydalanish KIRISH I BOB. HOZIRGI DAVRDA TARBIYA METODLARIDAN XALQ PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH Sharq mutafakkirlarining xalq pedagogikasida tarbiya
II BOB. XALQ VA ZAMONAVIY PEDAGOGIKASINING SAMARALI USULLARIDAN FOYDALANISHNING TA’SIRI Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining oila va oilaviy tarbiyani aks etishi
Xalq pedagogikasida oila va farzand tarbiyasiga bo'lgan munosabat...
Farzand tarbiyasida milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning tajribalari va natijalari
XULOSA TAVSIYALAR ADABIYOTLAR
KIRISH Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy, davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo'naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkaml shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga etkazish borasida, muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
O'sib kelayotgan yosh avlodni xalq pedagogikasiga milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf-odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan, holda rivojlantirish muhim masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, o’z-o’zidan ma’lumki, Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham prezidentimiz aytganlaridek “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab etadi.”
O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi - an’analarini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini boshlab berdi.
Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram, an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa hos bo’lib va albatta, har bir xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim, bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham milliy ruhda tarbiyalashi lozim.
Farzandlarimiz go’zal axloq egasi bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan- avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar tirmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zidan bolalar ongiga singib boradi. hamda ularning tarbiyasiga, hulq-atvorini shakllantirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va qur'oni karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o'z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasining hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo'lib, har bir avlod unga o'z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo'shgan holda bizgacha etib kelgan.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo'lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog’da
tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o'lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o'ylab ish tutiladi, ya'ni tarbiyani o'tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko'rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.
Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan
foydalanish Tadqiqotning asosiy maqsadi:
Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda milliy qadriyatlar va an’analarini hayot faoliyatiga olib kirishning takomillashgan tizimini ishlab chiqish;