Microsoft Word farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish


Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi



Yüklə 174,64 Kb.
səhifə4/10
tarix28.03.2023
ölçüsü174,64 Kb.
#90799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5711 uzsmart.uz

Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:

foydalanishga doir ilmiy pedagogik adabiyotlarni nazariy jihatdan tahlil etish;

  • suhbat;

  • so’rovnoma;

  • kuzatish;

  • matematik-statistika

Tajriba-sinov ishlari Jizzax Pedagogika kolleji 2-bosqich talabalari o’rtasida olib borildi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, to'rtta paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan tashkil topgan.
I BOB. HOZIRGI DAVR FARZAND TARBIYASIDA XALQ
PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOSI


    1. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING XALQ PEDAGOGIKASIDA FARZAND
      TARBIYASIGA OID FIKRLARI


O’zbek xalq pedagogikasi g’oyat serqirra va serjilo bo’lib, uning kamrovi nihoyatda keng, ya’ni shu xalq paydo bo’lgan butun bir davrni o’z ichiga oladi.

  • ta’limot

  • Hadis

  • Qur’on

  • Marosimshunoslik

  • Udumshunoslik

  • Qadimiy bitik toshlar

  • Qadrshunoslik

  • Odatnoma

  • Odobnoma

Xalq pedagogikasi xalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni, ya’ni. ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi
Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma, dastur, darsliklar shaklida etib kelmay, asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrdagi asarlar — elshunoslik, qadrshunoslik, udumpgunosliklar qatida saqlanib qolgan.
Pedagogika fani xalq tarbiyasi tajribasidan eng yaxshilarini qabul qilib oladi. Kishilar yosh avlodda mehnatsevarlik, itoat qilish, matonatlilik, sofdillik, qaqqoniylik, xushmuomalalik, ota-onalarga, kattalarga hurmat, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik va yomonlikka nafrat singari muhim axloqiy sifatlarni tarbiyalagan.
Xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo’lib tug’ilmaydi. Yaxshi- yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros — oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek, udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari hal qiluvchi o’rin tutadi. Donolarning ta’kidlashicha, bola boshdan to’g’ri, haqqoniy tarbiyalansa, u kelgusida yaxshi inson bo’lib etishadi, egri Kul da tarbiyalansa, yomon kishiga aylanadi.
Zero, «Ko’chat boshdan, bola yoshdan» maqoliga amal qilish kalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo’nalishidir. Shuning uchun xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni oirlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishiga, xech bir narsa chetda qolmasligiga, ayni chog’da i.-fbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari p.tiborga olingan holda «etti o’lchab, bir kesish»ga amal qilinadi. O’ziga xosligi shundaki, xalqtarbiyada kecha, butun va :>rtani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiya o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etish, kelajakka umid asosida olib boriladi.
Xalq pedagogikasining yana bir ibratli tomoni shundaki, qayot, tabiat, jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinishdan mukammal foydalaniladi.
Xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutadi. Buni ayniqsa, dov-daraxt, tog’- tosh, parrandalarga bag’ishlangan xalq og’zaki ijodi namunalarida ko’rish mumkin. Xalqning bunday qarashlari zamirida to’rt unsurni asrab-avaylash, ya’ni ekologik tarbiya yotadi.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo, olqishlar ham katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. O’zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz asrlar davomida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutumlari, sa’y-harakatlari, yo’l- yo’riqlari, akl-zakovatlari bilan yaratgan.
Shu bilan birga o’zbek xalq pedagogikasi ilm-fanning turli sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, musiqa, og’zaki ijod, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ularning eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib olgan.
Insonparvarlik, baynalminallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlilikni o’ziga e’tiqod qilib olgan o’zbek xalq pedagogikasi ayni chog’da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda baxramand bo’lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan ozikdangan va uning eng go’zal namunalarini o’ziga qabul kilib olgan.
Shunday kilib, o’zbek xalq pedagogikasi turkiy xalklar — ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, saklab kelgan otameros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalar, adabiyot, folklor ijodkorlari-ijrochilarning bu boradagi sa’y-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qo’shilgan holda shakllangan va rivojlangan.
Xalq doimo bolalarda to’g’ri xulq-atvorni tarbiyalash to’g’risida g’amxo’rlik kilgan va tarbiyalash usullarini o’zi o’ylab topgan. Odatda xalqning dono fikrlarini esda saklab krluvchi, avloddan-avlodga o’tkazuvchilar — keksalar bo’lgan. Qariyalar kishilarning turmush tajribalaridan bahramand bo’lib, donolik darajasiga ko’tarilgan, xalq orasidan chiqqan «pedagoglar»dir. Ular yosh avlodga va yosh ota- onalarga o’z pasiqatlari va maslahatlari bilan ta’sir ko’rsatganlar. Xalqning yuksak orzulari, maqsadlari, e’tiqod, fikrlarini o’zlarida aks ettirishgan. Shunday qilib, tarbiyachi-enagalar xalq orasida eng yaxshi pedagoglar vazifasini o’taganlar.
Masalan, yozuvchi Sadriddin Ayniy o’zining bolalikdagi tarbiyachi-enagasi To’tiposhshani hikoyachilikdagi birinchi ustozi deb hisoblaydi. Abay Qo’nonboev enagasi Zeroni, Hamza o’z onasi Oyshani, Po’lkan baxshi tarbiyachi otaxoni Jassoq baxshini, L.N.Tolstoy enagasi Tatyana Filippovnani, Hamid Olimjon buvisini zo’r ehtirom bilan eslashadi va ularning mashhur bo’lib, elga tanilishlarida ular ko’rsatgan ta’sirni, xizmatni bot-bot e’tirof etishadi. Xalq og’zaki ijodining jozibadorligi bolalar e’tiborini o’ziga shunday jalb etadiki, ular \atto o’z o’yinlarini ham unutadilar.
Uzbek xalqining betakror shoiri H.Olimjon bolalik kuplari, buvisi, eshitgan ertaklari haqida shunday eslaydi:
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Kup ertak eishtardim, So’ylab berardi buvim. Esimda o’sha damlar, O’zi uchar gilamlar, «Tohir-Zuhro», «Yoriltosh», Oyni uyaltirgan kosh, O’t bog’lagan kanotlar Beqanot uchgan otlar. Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi.
Ana, haqiqiy tarbiyachi, xalq ichidan chiqqan pedagog-buiining bola ongida, tasavvurida, ruhiyatida yasagan rangin olami, go’zal dunyosi!
Shunday go’zal tuyg’ular og’ushida, cheksiz xayolot, tasavvurlar old mida, mielsiz kuch-qudratga ega timsollar ta’sirida IShagan, ularga o’xshashga harakat qilib o’sgan bolalar ulg’aygach, ni kamida Hamid Olimjon bo’lib etishar edi-da, albatta. Ana xalq pedagogikasining ta’sir kuchi, yashovchanligi va tarbiyavii axamiyati! Yoki «Zumrad va Qimmat» ertagini bolalarga rosa maromiga etkazib, obrazli qilib hikoya kilayotganimda ko’z o’ngimda bir mu’jiza ro’y berdiki, xalqning donoligi, tadbirkorligiga yana bir bor imon keltirdim. Ertakni tinglayotgan ikkala qizimdan biri yig'lab yubordi, ikkinchisining esa o’pkasi to’lib yig’lamoqchi bo’lib turibdi. Qizlarning kattasydan so’radim: «Nega yig’layapsan, qizim?» Qizim: «Bilaman, Siz meni Qimmatga o’xshatayapsiz. Kecha darsim ko’p edi, idish- tovoqyaarni yuvib, uyni, oshxonani yig’ishtira olmadim. Shuni aytmoqchisiz. Endi bunday qilmayman. Chunki men Qimmatga o’xshashni xoxlamayman», — dedi.
Men ran nimadaligini tushundim, lekin sir boy bermay: «Qizim, bilaman sen hech ham Qimmatga o’xshamaysan. Sen Zumradga o’xshaysan. To’g’rimi?» — deb so’radim. Qizim: «ha» deb javob berdi. Qizlarimning kichigidan: «Munojat, sening nega yig’laging kelayapti?» — deb so’radim. U: «Ayajon, men qo’rqib ketayapman», — deb javob berdi. «Nimadan qo’rqayapsan?» — deb so’radim. Qizim: «Zumrad qorong’ida o’rmonda qolib ketdi. Uni bo’rilar eb qo’yadi-ku? Unga rahmim kelayapti», — deb javob berdi. Men: «Qo’rqma, qizim, uni bo’ri emaydi. Chunki yaxshi bolalarga yaxshi odamlar yordam beradi», — deb uni tinchlantirdim va ertakning davomini xikoya kila boshladim;
Ana sizga xalq ertaklarining qudratli kuchi va ta’siri, hayotiyligi! Biz ana shu tengsiz qudratli kuchdan o’rinly foydalana olishimiz kerak. Yuqoridagi voqea misolida shunday xulosaga keldim. Demak, shu ertak misolida 1-sinfda o’qiydigan qizim Qimmatga o’xshab dangasa bo’lmaslik kerakligini, dangasalik yomon illat ekanligini, dangasa, xudbinA erkatoylarni hech kim yoqtirmasligini tushunayapti. Zumradga, o’xshab odobli, mehnatkash, xushmuomala bo’lish istagi unda paydo bo’layapti, shunga harakat qilayapti. Ertak aytishdan maqsad o’zi shu edi. Shuning uchun bolalarga ertak aytish, aytganda ham rosa maromiga etkazib, obrazga kirib aytish kerak. Ularni ertaklar olamiga olib kirish, bolalarning ko’z o’ngidg mo’jizalar yaratish, ertaklarning sexrli kuchidan o’rinli foydalanish kerak. Ya’ni, ertaklardagi g’oyalarni hayotga tatbiq etish, bog’lash lozim.
Bu ertakning sehrli kuchiga, hayotiyligiga xalqimizning dono va oqilligiga tan berib, shunday ertaklarni yaratgan xalqimizga tasannolar aytgim keladi.
Xalq donoligining yana bir sarchashmasi xalq maqollaridir. Maqollar xalqimizning o’z hayot tarzidan, asrlar davomida to’plagan tajribasidan chiqarilgan lo’nda, qisqa va aniq xulosalari, tafakkur va ongning, qalbining in’ikosi, aytadigan fikrining qaymog’idir.
Masalan, «Erka qilsa onasi, taltayadi bolasi», «Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar», «Rang ko’r — hol so’r», «Sepli qiz bo’lguncha, epli qiz bo’l», «Hunarli kishi xor bo’lmas», «Bir yigitga qirq hunar oz», «Ona yurting — oltin beshiging», «Ona yurting omon bo’lsa, rangi-ro’ying somon bo’lmas», «Bilagi zo’r Pirni yig'ar, bilimi zo’r mingni yig'ar», «Qatorda noring bo’lsa, yuking erda qolmas» kabi... Maqollarda xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, atrofidagi kishilarga, voqea-hodisalarga munosabati, dunyoqarashi, ichki dunyosi — ma’naviyati, ruhiyati — hammasi ifodasini topadi.
Maqollarni aytish va o’rgatish orqali xalqimiz ardoklagan xislatlar, fazilat, sifatlar, urf-odatlar, qadriyatlar bolalarimiz ongiga singdiriladi.
Maqollar xalq donoligining qaynar bulog’idir. Maqsad — shu buloqdan bolalarni baxramand qilish. Ular maqollarni yoddan bilsin, ma’nosini anglasin, hayotda unga amal qilsin.
Xalq donoligining yana bir chashmasi — topishmoqlar.
Topishmoqlar bolalarni kuzatuvchanlikka, topqirlikka, hozirjavoblikka, atrofidagi narsa — buyumlar, voqea-xodisalar va kishilardagi eng muhim xislatlar, tomonlar, qirralarni tez ilg’ab olishga, kuzatishga, e’tibor berishga, gaqqoslashga o’rgatadi. Masalan, «Oyog’i yo’q, qo’li yo’q — eshik ochadi», «Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda», «O’zi erda, boshi ko’kda», «Sudrasang yuradi, sudralmasang turadi» kabi...
Xalq tarbiya tizimida «tez aytishlar» ham asosiy o’rinni nallaydi. Bu chinakamiga bolalar uchun amaliy mashq qilish maydonidir.
Tez aytishlar bolaning tilidagi nuqsonlarga barham beradi, nutqini ravon va ifodali qilishga, shu bilan birga miya, xotira mashqini amalga oshirishga, xam so’zlab, ham fikrlashga yordam beradi.
Masalan, «Qobil qahraton kishda qishloqda qishladi», «Ko’k karam ko’pmi, po’k karam ko’pmi», «Sobir sakkizta sabzi sanadi» kabi...
Xalq pedagogikasining negizi bo’lmish xalq og’zaki ijodining yana bir asosiy tarmog’i xalq dostonlaridir. Xalq dostonlarida hamma davrlarda, ayniqsa, hozirgi kunda tarbiyaning eng dolzarb mavzularidan biri — vatanparvarlik va milliy g’urur, milliy iftixor, erk, ozodlik uchun kurash tuyg’ularini tarannum etish asosiy o’rinni egallaydi.
Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashdagi asosiy va eng muxim maqsad va vazifa — milliy istiklol mafkurasini ular ongiga singdirishdir.
Milliy istiqdol mafkurasining negizini esa, aynan — Vatanga muhabbat, sadoqat, milliy g’urur, iftixor, Vatan ozodligi va erkinligi uchun kurash g’oyalari tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, hamma davrlarda, ayniqsa, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan bugungi kunda xalq dostonlarini bolalarga o’qitish, aytib berish, o’rgatish, muxrkama qilish nafaqat tarbiyaviy ahamiyat, balki siyosiy ahamiyat ham kasb etadi.
Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongi va qalbiga jo aylash uchun, avvalo, ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur va milliy iftixor hislarini tarbiyalamoqlozim. Onani, yaqinlarini, o’z oilasini sevmay turib, Vatanni sevmoq mumkin emas. Vatanni sevmay turib, unga sadoqatli va fvdoyi bo’lish mumkin emas. Oddiy insoniy g’ururni tarbiyalamay turib, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalamoq mumkin emasdir. Bolalarda mardlik, jasorat, shijoat, botirliq fazilatlarini tarbiyalamay turib, Vatanga fidoyilikni, kerak bo’lganda Vatan uchun o’zini baxshida eta oladigan yoshlarni tarbiyalash mumkin emas, aslo.
Zero, Shiroqni o’z qabilasi uchun shirin jonidan kechishga nima majbur etdi? Vatanga cheksiz muhabbat emasmi? To’marisni jondan aziz yolg’iz o’g’lining o’limiga rozi bo’lishiga nima majbur etdi? Vatanga, xalqiga buyuk muhabbati, Vatani, xalqi oldidagi burchi, ma’suliyati, e’tiqodi emasmi, axir! Demak, hozirgi kunda, eng avvalo, yoshlarda ana shu xislatlar, tuyg’ularni tarbiyalamog’imiz kerak ekan.
Bunday ma’suliyatli va nihoyatda nozik vazifani hal etishda \ozir ham biz eng ta’sirchan va samarali vosita — xalq dostonlaridan o’rinli va salmokli foydalanmog’imiz lozim. Masalan, «Alpomish» dostonida shunday bir lavha bor: Qalmoq )lidan Barchinoy Hakimbekka xat yuboradi. U to’qson alpdan qirq kun ruxsat olib, shu qirq kunda Alpomishning etib kslishiga umid bog’laganini iz\or etadi. Lekin xat Hakimbekning qo’liga tegmaydi, uni otasi Boybo’ri bekitib qo’yadi. Chunki u o’g’lining begona yurtga — Qalmoq eliga borishini chohlamaydi. Xatni Hakimbekning singlisi Qaldirg’ochoyim gopib, akasiga beradi. Hakimbek xatni oladi-yu, indamaydi. Qaldirg’och javobini so’raganida «Bir xotinni deb, qalmoqlar bilan talashib yuramanmi», — deydi. Shunda shaddod qiz akasining yigitlik xamiyatiga tegadi va «Er yigit o’lmay, yorini birovga berami?» — deydi. Hakimbekning hamiyati qo’zg’ab, mudroq g’ururi junbushga keladi va otasining ma’n etishiga qaramay, Qalmoqqa yo’l oladi.
Endi Barchinga qaytaylik, Barchin Qorajondan \akimbekning kelganini eshitib, «Alpomish kelsa kelibdi-da, nima qilay. Alpomish keldi deb etagiga osilib averaymi, kelgan bo’lsa yaxshi. Men to’qson alpga va’da bsrganman. Alpomishga ham, ularga ham shartim bor. Kim shu tartlarimni bajarsa, shunga tegaman», — deydi. Ana uzbek qmzining mardligi va jasorati, g’ururi! Yigitlarga bergusiz mardlik, tantilik va g’urur bu! Bunday g’ururning mo’jizaviy ko’rinishini dostonlardan tashqari yana qaerda ko’rsa bo’ladi? Albatta, dostonlarda, xalq og’zaki ijodi-da!
Yoki Alpomish zindonda yotganda Qorajon ham, Tovka oyim \lm uni chiqarib olmoqchi bo’ladi. Lekin u rozi bo’lmaydi. Bir kupi ulardan ta’na eshitib, insoniy g’ururi poymol bo’lishini xoqlamaydi. Demak, biz eng avvalo, insoniy g’ururni garbiyalamog’imiz kerak ekan. Chunki g’urursiz kishidan hamma qabixlikni kutsa bo’ladi. Sotqinlikni ham, yolg’onchilik va1 tuhmatni ham. g'urur insonning imonini pok saqlaydi, yomonliklardan asraydi. Mardlik, sadoqat, fidoyilik sari etaklaydi.
Demak, yoshlarda millim mafkurani shakllantirishni ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, g’urur va hamiyat, or, nomus, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalashdan boshlashimiz kerak ekan. Bu fazilatlarni tarbiyalashda dostonlar’eng qudratli va ta’sirchan tarbiya vositasi vazifasini bajaradi.
Xulosa qilib aytganda, xalq og’zaki ijodi milliy mafkuraning negizini tashkil etadi va xalq pedagogikasining manbai hisoblanadi.
Yer yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan bolalarining sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta- kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, Vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan tajribalarini, orzu-istaklarini umumlashtirib, maqol, topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston, milliy, oilaviy urf-odatlar, an’analar shaklida ifodalab yoshlarga, oila a’zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek xalq pedagogikasi vujudga kelgan.


    1. Yüklə 174,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin