Tadqiqotning o'rganilganlik darajasi: Milliy qadriyatlar vositasida Farzand tarbiyasi xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda milliy an’analar, madaniyatimiz va urf-odatimizni talaba hayotiga olib kirish, singdirish masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Bu muammo yuzasidan ilmiy ishlar olib borilgan, maqolalar chiqarilgan, Munavvarov, Hamidullo Nurmatov, Rahim Hasanov, Baxtiyor Azizov, Ibodulla Razzoqov, E. To’xtamurodov, Baxtiyor Mustafoyev, Malika Karimova lar ilmiy ish olib borganlar. 2004-yil “Muloqot” jurnalida Ahmadjon Eshonqulovning “Estetik tarbiya mohiyati va namoyon bo’lishi” nomli maqolasi ham diqqatga sazovordir. N.Temirovaning “Talaba yoshlarning ma’naviy shakllanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar didaktikasi”, O.G’aybullayevning “O’zbekiston mustaqillik sharoitida yoshlar estetik tafakkurining rivojlanish masalalari” (2005-yil), K.U.Najmiddinovning “Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o’rni” (2004-yil) kabi dissertasiyalari ana shular jumlasidandir.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda quyidagilar amalga oshirilsa ijobiy natijalarga erishish mumkin:
farzand tarbiyasida estetik madaniyatini shakllantirishda xalq milliy an’analaridan foydalanishning ijobiy natijalari ta’lim muassasalarning xodimlari ya’ni pedagoglar va ota-onalar tomonidan to’g’ri baholansa;
o'quvchi - talabalarning estetik madaniyatini shakllantirishda milliy an’analardan o’rinli foydalanilsa;
mazkur jarayonni tashkil etishda sinfdan tashqari tarbiya tadbirlarini uyushtirish, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligini maqsadli yo’lga qo’yish samarali amalga oshirilsa, o'quvchi-talabalarining nafaqat estetik madaniyatini, axloqiy qiyofasini ham shakllantiradi, balki shaxsning har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.
Tadqiqot mavzusining ilmiy-nazariy yangiligi: Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar asosida Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish shart- sharoitlarining o’rni va ahamiyati o’rganildi.