Microsoft Word farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish


FARZAND TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA TARBIYALASHNING TAJRIBALARI VA NATIJALARI



Yüklə 174,64 Kb.
səhifə9/10
tarix28.03.2023
ölçüsü174,64 Kb.
#90799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5711 uzsmart.uz

FARZAND TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA
TARBIYALASHNING TAJRIBALARI VA NATIJALARI.


Pedagogika kolleji talabalarida milliy qadriyatlarning mohiyatini o’rganuvchi tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan, ta’lim jarayonini tashkil etish uning asosiy tarkibiy qismlariga qo’yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog’liq.
Milliy qadriyatlarning boy tarixiy madaniy meros sifatida o’rganishning samarali shakli qator pedagogik shartlarga tayangan holda yaratiladi. Bu o’rinda, umumiy o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o’rganadigan fanlarning umumiy harakteri ta’lim jarayonida o’rganiladigan mavzuning xalq an’analarini o’rganishdagi imkoniyatlari, talabaning estetik qarashlari, qiziqish va estetik madaniyat darajasi, talabaning estetik ehtiyoji va o’qituvchi saviyasi:

  • ta’lim shakllari, usul va vositalarining talaba estetik madaniyatini shakllantirishi samaradorligini ta’minlashga xizmat qila olish darajasi;

  • talabalarning yosh va ruhiy sifatlarini hisobga olish;

  • turmush tarzi ta’lim - tarbiya mazmunining o’zaro davr talabiga moslik darajasi hisobga olinadi.

Eng muhim mezon ta’lim mazmunini o’zining g’oyaviy yuksakligi va talabalarning estetik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish darajasi bilan izohlanadi. Biz tadqiqot bazasi sifatida tanlab olingan pedagogika kolleji talabalarining estetik madaniyatini xalq milliy an’analari ostida shakllantirish andozasini ishlab chiqishni xuddi shu tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshirdik.
Bu jarayonda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • talabalarning estetik madaniyat haqidagi nazariy bilimlarini oshirish;

  • xalq milliy an’analarini shaxsning madaniyatini shakllantirishdagi o’rni haqidagi amaliy bilimlarini boyitish;

  • estetik madaniyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi milliy xalq an’analaridan talaba yoshlarni xabardor etish va belgilangan vazifalar asosida tajriba sinov ishlarini olib bordik.

Birinchi bosqich, aniqlovchi tajriba jarayonini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat. Mazkur bosqichda talabalardagi estetik madaniyat, milliy an’analar haqidagi mavjud bilimlar ko’lamini aniqlash maqsadida quyidagi so’rovnoma savollariga o’z fikr-mulohazalarini bildirish so’raladi: - Estetika nima?

  • Estetik tarbiya deganda nimani tushunasiz?

  • Estetik ong....

  • Estetik did.

  • Estetik his-tuyg’u.

  • Qadriyat nima?

  • Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz?

- Milliy qadriyatlarimizga nimalar kirishi mumkin?
- Milliy an’analarimiz to’g’risida qaysi fanlar orqali ko’proq ma’lumot olasiz?
- Estetik tarbiyani shakllantirishda milliy qadriyatlarni o’rni qanday deb hisoblaysiz?
Har bir savolga maksimum 6 ball va minimum 0 ball qo’yish belgilandi. Har bir baholashdan keyin tekshiriluvchilarning alohida olgan ballarining o’rtacha qiymati keltirilib chiqarildi. Tajriba sinov jarayonida har bir tushunchani qay darajada tushunganligini “yuqori”, “o’rta”, “past” darajalarda hisoblab, yani 5-6 ball olganlar yuqori, 3-4 ball olganlar o’rta, 1-2 ball olganlar past darajada baholandi.
Quyida keltirilgan jadvallarda berilgan savollar talabalarning 1 va 2 - so’rovnoma natijalarining umumiy tahlili ishlab chiqilgan va o’zaro solishtirilgan.
1-jadval.

Yüklə 174,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin