II BOB. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING
SAMARALI USULLARIDAN FOYDALANISHNING TA’SIRI FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING OILA VA OILAVIY
TARBIYANI AKS ETISHI
Yurtimiz O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklashga kirishiladi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko'tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so'z bilan aytganda, zo'rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko'zini tozalashga kirishildi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yo'yildi, qadri toptaldi. qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar.
Ovrupocha turmush tarzining bir yarim ming yillik musulmon shariati qonun- qoidalari asosida turmush kechirib kelgan xalqimiz hayotiga tazyiq orqali tadbiq etilishi xalqimiz ongida va turmushida to'qnashuvlar va ziddiyatlar keltirib chiqardi. Xalq ikki o't oralig'ida kuyib-yondi: bir tomonda, ota-bobolarning ming yillardan beri amal qilib kelayotgan an’analari va urf-odatlari, to'ylar, bayramlar, marosimlar. Ikkinchi tomonda, ma’muriy-buyruqbozlik, «siyosiy ziyraklik» asosida zo'rlab tiqishtirilgan «yangi urf-odatlar».
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to'liq javob berish uchun an’ananing o'zi nima? degan savolga javob izlab ko'raylik. Xo'sh, an’ana nima?
«An’ana» asli arabcha so'z bo'lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o'tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o'rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg'or, hayotda o'zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo'llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo'lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do'stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko'rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo'llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoda necha millat, necha xalq bo'lsa, hammasining o'ziga xos turmush tarzi, o'tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog'liq an’analari mavjuddir. O'zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim- tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag'zi to'qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «qutadg'u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg'alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o'lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususan, o'zbek xalqiga xos bo'lgan ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo'lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo'stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug'lash, farzandga mehrli va fidoyi bo'lishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo'lsa, ajab emas.
Xususan, inqilobdan keyingi dastlabki yillardayoq ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyat borasidagi asl xalq tarbiyashunosligining ibratli tomonlari yuksak baholangan edi. Xususan, N.Krupskaya bolaga muhabbat, bolaga diqqat-e’tiborni rusiyaliklar Sharq xalqlaridan o'rganishlari kerakligini e’tirof etgan edi. Bu o'z navbatida Sharq xalqlarining asriy an’analarini chuqur o'rganish vazifasini keltirib chiqarardi. Bu, masalaga bo'lgan qiziqish ilgaritdan ma’lum edi. Masalan, Turkiston xalqlarining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlar va shunga o'xshash ko'plab an’analari bir qancha rus etnograflarining ishlarida aks etgan.
Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o'rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning pay do bo'lish yo'llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g'oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo'llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradi.
qadim zamonlardan, hatto o'zbek xalqining yozuvi bo'lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o'rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o'rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Har bir xalq o'zining milliy an’analariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga egadir. An’ana xalqimizning asrlar osha to'plagan milliy boyligi bilan, shuningdek, uning yangi sharoitda yangi mazmun bilan boyitilishi, yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Masalaga shunday yondashilgandagina, an’analar insonlarning turmushi va madaniyati asosi sifatida hozirgi zamon kishilari axloqiga ta’sir etishi mumkin.
An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqning dono fikrlari, axloq mezonlari, insonni hurmatlash va qadrlash o'z ifodasini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitda vujudga kelgan ilg'or an’analarni o'zlashtirishi, unga rioya etishi, boyitishi nihoyatda zarurdir.
Hayotda mazmuniga ko'ra ilg'or umuminsoniy, shakliga ko'ra milliy an’analar qaror topmoqda. Yeski va yangi an’analar qarama-qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim a’analar qanday bo'lsa, o'sha holida, ko'rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi, boshqalari o'z ko'rimshlarini o'zgartiradi, uchinchilari esa yangilariga uyg'unlashadi, takomillashadi.
Oilaviy an’analarga bolalarning tug'ilishlari bilan bog'liq bo'lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo'lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko'ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko'rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo'lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Masalan, hozirgi kunda mavjud bo'lgan an’analarning ko'pi uzoq tarixga ega. Biroq, ular o'z davrida qanday yaratilgan bo'lsa, shundayligicha qolgan deb bo'lmaydi. Hayot ularga o'zining yangi-yangi xislatlarini, davr silsilasini kiritgani aniq. Har davrning yangi an’anasida yangi avlod vakillarining milliy xususiyatlari, shuningdek, ularning o'tmish haqidagi yorqin xotiralari, mehnatkashlar ommasining kelajak uchun intilishi o'z aksini topib boradi. Oilaviy an’analar ham bundan mustasno emas.
Boshqa xalq an’analari kabi oilaviy an’analarda ham shu xalqning tarixi, uning turmush sharoiti va hayot tarzi bilan bog'liq o'tmishi va kelajagi aks etdi.
Shu ma’noda o'zbek xalqining oilaviy an’analari qimmatli va azizdir. Ular faqat mazmuniga ko'ra qiziqarli bo'libgina qolmasdan, balki bolalar va yoshlarni mehnatga jalb qilishdagi tarbiya usullari va shakllari bilan ham hayotbaxshdir. Yangi davr, yangi sharoitda ular yangicha mazmun bilan boyib bordi.
O'rta Osiyoning boshqa xalqlarida bo'lgani kabi o'zbek xalqining inqilobdan oldingi hayoti haqida so'z ketganda, bironta oliy o'quv yurtining bo'lmagani haqida ko'p gapiriladi. Bu faktni inkor etmaganimiz holda, boshqa Sharq xalqlari kabi o'zbek xalqida ham avlodlar tarbiyasiga ta’sir etuvchi, kishilarni odamiylik, ezgulikka etaklovchi xalq dorilfununlari bulganini, ularning xalqqa ta’sir kuchi g'oyat katta bo'lganini e’tirof etmoqchimiz. Biz azal-azaldan xalqimizda ko'pchilik ishtiroki bilan o'tadigan hasharlar, bolalarning turli o'yinlari, bolalar ijodi, choyxona suhbatlari, uchrashuvlar, gap-gashtaklar, xalfanalar, to'y va ma’rakalar, mavsumiy bayramlar — gulbarra, lola sayllari, «boychechak» aytish, qovun sayllari, «yangi mehmon» tug'ilishini nishonlash, qizlar majlisi, kelinlarning qaynota, qaynonalar oldidagi «yuz ochdilari», «kelin salomlari», sumalak, echki o'yini, uloq o'yini, kurash, mehmonda bo'lish, mehmon kutish kabi ko'plab marosimlarni nazarda tutayapmizki, ularning hammasi, ham xalq tarbiyashunosligining durdonalari sifatida avlodlarni o'zbek xalqiga xos bo'lgan «o'zbekona», «sharqona» tarbiyalashda muhim rol o'ynagan.
Xalq pedagogikasining umrboqiyligi, o'lmasligi sabablardan yana biri uning avloddan-avlodga etkazish shaklining antiqaligidir. Hatto xalqimiz hozirgidek ommaviy axborot vositalariga ega bo'lmagan qadim zamonlarda ham xalq pedagogikasi xalq og'zaki ijodiyoti yo'li bilan qanot qoqqan. Uning tarbiyaviy ta’siri bolalarga ona allasi bilan singdirib borilgan.
O'zbek xalqining asrlar mobaynida to'plagan xalq og'zaki ijodi xazinasi g'oyat boydir. U xalqimiz ma’naviy madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi.
Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida to'plangan, shakllangan dono fikrlarini quyi avlodlarga og'zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, matallar shaklida singdirishga, hikmatlari bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali bolalarni ota-onalarining, kattalarning maslahatlariga diqqat-e’tibor bilan quloq solishni o'rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna olishga undagan.
Ertaklar faqat bolalargagina ta’sir ko'rsatib qolmasdan, balki ota-onalarning o'ziga ham, ularning hayot tarziga, qarash va ishonchlariga, axloqiy qiyofalariga ham ta’sir etadi.
Xalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga va haqgo'ylikka undaydi. Xalq og'zaki ijodida inson hayotining hamma qirralari aks etgan. Ularda ota-onalarning bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish borasidagi yo'l-yo'riq va usullari ham o'z ifodasini topran. Shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir ko'rsatuvchi xalq og'zaki ijodiga bo'lgan e’tibor kuchayib bormoqda.
Xalq og'zaki ijodida bolalarni bosiqlikka, sofdillikka, oddiylikka undash bilan birga, ulardagi gerdayish, ichi qoralik, chaqimchilik va boshqa salbiy sifatlar qoralangan. «Manmanlik qilma, netarsan, obro'yingdan ketarsan», «Sen o'zingni maqtama, seni birovlar maqtasin», «Yegilgan boshni qilich kesmas», «Mevali darahtning mevasi qanchalik ko'p bo'lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi», «Baxilning bog'i ko'karmas», «Birovga go'r qazisang, o'zing yiqilasan», «Yegri o'ltirib, to'g'ri gapir», «Ko'rpangga qarab oyoq uzat» singari xalq maqollarida pand- nasihat ifoda etilgan.
Ko'plab maqol va matallarda bilimli bo'lish ulug'lanadi, bilimsizlik qoralanadi. «Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r mingni yiqar», «Ilmi yo'qning ko'zi yumuq», «Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar», «Ko'p o'qigan — ko'p bilar», «Olim bo'lsang, olam seniki», «O'qigan o'g'il — otadan ulug'» va hokazo.
Vatanparvarlik, vatanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan. Vatanparvarlik kabi sifatlarni shakllantirish muhim o'rin tutgan. Masalan, «O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l», «Ona yurting omon bo'lsa, rangi ro'ying somon bo'lmas», «Yelga qo'shilganning ko'ngli to'q, eldan ajralganning beti yo'q».
Oilaviy tarbiyada xalq pedagogikasi an’analar, ertak, maqol, topishmoq va matallar shaklida o'z ifodasini topgan va u tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish vositasi sanalib, tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan. Ayniqsa, inson va uning tarbiyasi, o'z-o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash, bolaning yosh davrlari, ularning dangasalik va injiqliklari, o'yinlari, qizlar tarbiyasi haqida ajoyib matal, maqol, aforizmlar yaratilgan bo'lib, ular xalq pedagogikasi sabog'ining yorqin namunasidir.
Xalq donishmandligida ota-onalar haqida, ularning bolalari bilan munosabatlari, onaning madaniy, tarbiyaviy ta’siri, donoligi atroflicha yoritilgan. Masalan, oilada hamma kishi bir kishiga — otaga itoat etgan. Otaning yoki onaning gapi ikki qilinmagan. Otaning izmidan chiqish, u kishining buyrug'ini bajarmaslik, otaga rap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblangan. Farzand otaga tik boqmagan, otaga yoki onaga qo'l ko'tarmagan. Shu sababli ham bunday tartibli oilalarda bebosh o'g'il, nopok qiz bo'lmagan. Hadisda yozilganidek «Otaga itoat qilish - Tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Tangri oldida gunohkor bo'lish bilan barobardir».
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, xalq donishmandligi, an’analar avlodlardan-avlodlarga o'tish jarayonida shakl jihatidan o'zgarishlarga uchraydi, lekin o'z mazmuni, tarbiyaviy ta’sirini yo'qotmasdan hozirgi va kelgusi avlodlarga xizmat qiladi. Xuddi shu ma’noda xalq pedagogikasini ilg'or tarbiya g'oyalari bilan uyg'o'nlashtirish, oilaviy tarbiyada qo'llanilgan an’analarni yildan-yilga shakllanib borayotgan yangilari bilan boyitish, tuzumimiz uchun sadoqatli yoshlarni voyaga etkazish davrimizning eng muhim muammolaridan biridir.
Xalq tajribasida tarbiya uslubi Sharq xalqlari, jumladan o'zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati to'g'ri baholangan.
Yoshga monand ta’sir ko'rsatish yo'l va vositalari yaratilgan. Kerak bo'lganda rag'batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo'lsa jazolangan. «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yo'l qo'ygan bola u kimligidan qat’i nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlar qisqa va lekin o'ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan «yomon bo'ladi» iborasi bilan tavsiflangan.
Masalan, xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq qoidalariga ko'ra nonga hurmat ulug'langan va non ushog'i bexosdan erga tushib kesa, «yomon bo'ladi» deb, uni qo'lga olib ko'zga surtib o'pib, chetga olib qo'yilgan.
Suvga tuflash -«gunoh» bo'ladi, «yomon bo'ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu «yomon bo'ladi» iborasi orqali etkazilgan.
Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa o'sha idishlar «harom» hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. qechqurun qozon yuvuqsiz qolsa «harom» bo'lgan. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo'yilgan... Ikki qo'lini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, ko'pchilik oldida uzatib o'tirish odobsizlik hisoblangan.
«Yomon bo'ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo'lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo'ni-qo'shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan.
Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo'ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, «yomon bo'ladi», erta saharda eshik ochilmasa, «yomon bo'ladi», «kunlik rizqimizdan benasib qolamiz» iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt quyosh botish arafasida uxlasa, «yomon bo'ladi» deb uqtirilgan.
Hayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, «yomon bo'ladi», mevalarni tishlab tashlama, «yomon bo'ladi», qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, «yomon bo'ladi», kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga o'rgatilgan, hozirgi so'zimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan.
Saranjom-sarishtalik — uyning bezagi, tejamkorlik — farovonlik kaliti, to'g'rilik, halollik-—ko'ngil xotirjamligi ekanligini mehnatkash xalqimiz unutmagan va oilada bolalarni ana shunday fazilatlar asosida tarbiyalashga doimo vaqt topisha olgan. «Toma-toma ko'l bo'lur, tommay qolsa, cho'l bo'lur»—xalq, maqolining qimmati ham ana shunda.
O'zbek xalqida bolalar bilan bog'liq juda ko'p yaxshi an’analar bor. Xalq pedagogikasi bolalarga mehr-muhabbat, ularni sevish, erkalash, parvarish qilish, ta’lim-tarbiya berish, ehtiyotlash kabi insoniy qarashlarni targ'ib qilib kelgan.
Oilada yangi insonniig dunyoga kelishini barcha xalqlar qadimdan kishi hayotidagi eng quvonchli hodisa sifatida nishonlab kelganlar. Xalqimiz ana shu quvonchni ifoda etuvchi turli urf-odatlarni ijod etgan.
O'zbeklarning qadimiy urf-odatlariga ko'ra yangi chaqaloqning dunyoga kelishi faqat uning ota-onasi uchungina emas, balki hamma qarindosh-urug'lari va mahalla-ko'y uchun ham sevinchli hodisa hisoblangan.
Hozirga qadar saqlanib kelayotgan qadimiy odatlardan biri yangi chaqaloq sharafiga mevali daraxt o'tqazishdir. Bu bilan ular yangi chaqaloqning dunyoga kelishini an’anaviy marosimga aylantirish va tabiatga mehr-muhabbat uyg'otibgina qolmasdan, balki keyingi avlodlar hayotining farovonlashishini ham ko'zlashgan.
Xalqimizda faqat o'zining bolasinigina emas, umuman o'ziga yaqin hamma bolalarni sevish, ehtiyotlash, ularning tarbiyasi bilan shug'ullanish, payt kelsa, sho'x bolalarni tartibga chaqirish, ona suti berib, parvarish qilish an’analari avloddan- avlodga o'tib keladi. «Bir bolaga butun mahalla ota-ona» degan maqol shundan. Mahalladagi har bir bolaning yurish-turishi, tarbiyasi uchun hamma baravar mas’uliyat his qilgan. Ota-onasiz qolgan bolalarni boqishni butun mahalla o'z zimmasiga olgan. Emizikli bolalar uchun ko'kragida suti bor onalarni jalb etish g'oyat qadrlangan. Bu savob ish, olihimmatlik, bag'rioqlik deb hisoblangan. Boquvchisi yo'qlar ham mahalla e’tiboridan chetda qolmagan. qazosi etganda butun mahalla ko'mgan.
Biz xalq og'zaki ijodi asarlarini ko'zdan kechirar ekanmiz, xalqning nom qo'yish odatiga keng o'rin berilganini ko'ramiz. Sharq xalqlari, xususan o'zbek xalqida shunday odat bor: bolalarga oiladagi kattalar, elu yurt o'rtasida mo'’tabar bo'lgan kishilar, e’tiborli qariyalar nom qo'yadilar. Bu qadimdan qolgan rasmdir.
Masalan, «Erali va Sherali» dostonida aytilishicha, o'sha zamonning rasmiga ko'ra bolaning birini podsho o'z qo'liga olib, birini xotiniga ko'tartirib, ipak alvon chodirlarning ichidan xaloyiqqa qarab, bolalarga munosib ot qo'yishni so'radi:
Birisini berdim haylo gulima,
Birisini o'zim oldim qo'lima.
Bir maslahat sizlarday el-kunima,
Birodarlar, ot qo'yinglar o'g'lima.
... ba’zilar aytdi; egizak bo'lganidan keyin Hasan-Husan bo'ladi, deb. Birovlar: Shamsi va qamar... deyishdi, yana biri aytdi: Jalil va Karim deb. Hech birining degani podshoga yoqmay turganda to'qson yamoqli to'n kiygan qalandar el o'rtasiga chiqadi. Ana shu qalandarning qo'ygan oti —Yerali, Sherali hammaga ma’qul bo'ladi.
Ota-onalar bolalarga ism qo'yishda badiiy asar qahramonlari nomiga ham murojaat etishadi. Masalan, Abdulla qodiriyning «O'tgan kunlar» romanidagi Otabek, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Shirin, Oybekning «Dilbar — davr qizi» poemasidagi Dilbar ismlari bilan yuzlab o'g'il- qizlarimiz ataldi.
«Bola- aziz, odobi undan aziz». Bu maqolda o'zbek xalqining tarbiyaga oid qarashlari o'z ifodasini topgan. Bu e’tiqod yillar davomida ular ongiga singib ketgan. Ota-onalar farzand ko'rish, ularni sog'lom o'stirish bilan birga, ularning odobli bo'lishlarini ham orzu qilishgan. Bola tilga kirishi bilanoq axloqiy tarbiyaning alifbosi bo'lgan salomlashishni o'rgatishgan. Bolalar uyga kirishda, o'zidan kattalar bilan uchrashganda, yo'lda ketayotganda o'ng qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda «Assalomu alaykum» deb so'rashadilar. Bu ham xalq tarbiyashunosligining azaliy o'lmas sabog'i bo'lib, o'zbek xonadonida mustahkam o'rin olgan.
Xalqimiz o'zining an’anaviy tarbiya uslublarida bolalardan kattalarga birinchi bo'lib salom berishni, kattalar suhbatiga aralashavermaslikni, ularni hadeb savollar bilan charchatmaslikni, kattalar o'z joylariga o'tirgunga qadar o'tirmaslikni, uyga mehmonlardan so'ng kirishni, lekin eshikni birinchi bo'lib ochib, ushlab turish, ularga yordam berish kabi odob qoidalariga rioya etishni har doim talab qilgan. Ota- ona dasturxondagi taomga qo'l uzatmaguncha hech kim qo'l uzatmagan. Dasturxon atrofida o'tirganda choyni yoshi kichiklar quyishgan. Piyolani o'ng qo'liga ushlab, chap qo'lini ko'ksiga qo'yib, piyolani oluvchiga uzatgan. Dasturxon atrofida o'tirganlar ovqatini eb bo'lsa yoki biror yoqqa bormoqchi bo'lsa, faqat yoshi katta kishilardan kechirim va ruxsat so'rab, keyin joyidan turganlar. Bunday qoidalarga rioya qilgan bolalargina, tarbiya ko'rgan bolalar sifatida baholangan. Bolalar xulq- atvoriga qarab ota-onalarning tarbiyaviy iqtidorlariga baho berilgan. Ijobiy baholar «Otangga rahmat!» kabi rag'batlarda ifoda etilgan bo'lsa, aksincha salbiy holatlarga duch kelinganda «Padaringga la’nat» kabi koyish o'zbek xonadoni sha’niga katta dog' hisoblangan. Yuqoridagi odob qoidalari hozirgi kunimizda ham o'z ahamiyatini deyarli yo'qotmagan bo'lib, ular bolalarimizning madaniy xulq ko'nikmalarining qaror topishida muhim rol o'ynamoqda.
Xalq madaniyatining eng muhim belgilaridan xushmuomalalikka, hozirjavoblikka alohida e’tibor berilgan. Sharq xalqlari o'z bolalariga soxtalik, yasamalikdan nari yurishni singdirib kelgan, samimiy munosabatni ulug'lagan, o'rgatgan.
Xalq pedagogikasini chuqur o'rganar ekansiz, mutafakkirlarning ta’lim- tarbiyaga oid, odob-axloqqa oid asarlarini ko'zdan kechirar ekansiz, o'zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta’sirchan uslubi — o'yin shaklidan juda oqilona foydalanganini ko'rasiz. O'g'il bolalarni uddaburon, chaqqon, topqir qilib, qizlarni mehr-shafqatli, uy ishlariga kirishimli qilib tarbiyalaydigan shunday an’anaviy o'yin shakllari bo'lganki, ularni xalq etnografiyasini o'rganish yo'li bilan tiklash, hozirgi ishlarimizda ham qo'llash kerak. N.Krupskaya xalq tarbiyasi tajribasidagi eng yaxshi uslub va usullarni olishni targ'ib qilib, o'zbek bolalari o'yinlarining o'ziga xos xususiyatlarini ijobiy baholab, ularning tabiat bilan yaqin munosabatda yashashlarini, juda ko'p qiziqarli o'yinlarga egaligini, jismonan rus bolalariga nisbatan chiniqqanroq, chaqqonroq ekanliklarini qayd qilgan edi.
Xalq pedagogikasida farzandni jismonan baquvvat, aqlan barkamol qilib tarbiyalash bilan birga ularni hayotga, turmushning og'ir-engil sinovlariga tayyorlab borishga ham qattiq e’tibor berilgan. Bunda ta’lim-tarbiyaning o'git, nasihat, namuna bo'lish, mehnatda chiniqtirish shakllaridan unumli foydalanilgan.
Yoz kunlaridan birida bog'da ko'maklashayotgan bola otasidan so'rabdi:
— Nima uchun mana bu daraxt qiyshiq, mana bunisi esa to'g'ri?
— O'g'lim,— deb javob beribdi ota,— bu daraxtning qiyshiq o'sgan joylarini qirqib, parvarish qilib turilgan, ikkinchi daraxt esa o'z holicha o'sgan, shuning
uchun qiyshiq.
— Unday bo'lsa, daraxtlarni doim parvarish qilish kerak ekan-da,— xulosa chiqaribdi o'g'il.
— To'ppa-to'g'ri,— deb javob beribdi ota,—o'g'lim, daraxtlarni parvarish qilish ko'p foyda keltiradi. Sen ham xuddi yosh niholga o'xshaysan. Sening xatolaringni tuzatib tursam, yaxshi narsalarga o'rgasam» sen esa mening so'zlarimdan chiqmasang, yaxshi odam bo'lib voyaga etasan. Agar sen mening gaplarimga quloq solmasang, xuddi mana bu ikkinchi daraxtga o'xshab egri o'sib voyaga etasan, debdi.
Ota-onalar farzand fidoyilaridir. Bu sharq xalqlari, xususan o'zbek millatiga xos bo'lgan fazilatdir.
Odobli va epli qiz — oila baxti
«...Ularning harakatlari chaqqon, jo'shqin, biroq hech qachon bir yoqlama emas. qiz bolaning xatti-harakati yoshlik chog'idanoq kuzatib borilgan, shu sababdi qizning faqat xatti-harakatigina emas, balki xulqi ham tabiiydek ko'rinmas edi. U masalan, tez yurishni xohlaydi, lekin dinning siquvi ostida yurshiga majbur. Unga oyoqni uzatib, qo'lini ikki tomonga harakatlantirib yurish man etilganligi uchun ham uning yurishi alohida, faqat ayollarga xos harakter kasb etgan. U oyoqlari bilan tez, lekin mayda qadam tashlaydi, shu bilan birga, faqat qo'llarigina emas, balki elkasi va kallasi ham deyarli qimirlamaydi. Bunday ko'rinish va o'zini engillik bilan boshqara bilishi uning ma’naviy «men»ligini ifodalaydi.
Ko'plab qizlar o'zlarining taassurotlarini ba’zan lab va qosh harakatlari bilan oliy darajada ifodalaydilar. Masalan, savol bermoqchi bo'lsa, u qimirlamay qoshini tepaga shunday chaqqonlik bilan bip oz ko'taradiki, natijada haqiqatan boshqa har qanday savol uning tomonidan ortiqcha ekanligi ayon bo'ladi, chunki uning yuzi mukammal darajada o'z-o'zidan savol «belgisiga aylanadi...»
Darhaqiqat, o'zbek xonadonida qadim-qadimdan qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Ularniig xulqi, odobi, tarbiyasi hamisha diqqat markazida bo'lgan. «Bir qizga etti mahalla ega» degan naqlning yashab kelayotgani esa qizlar tarbiyasi bilan, keng jamoatchilik shug'ullanganidan, bu masala ijtimoiy ruh kasb etganidan dalolatdir.
O'zbek xonadonidagi qizlar birinchi navbatda ota-onaga itoatda, kattalarga hurmatda bo'lish ruhida tarbiyalanib, odobning nozik tomonlariga o'rgatilgan. Shuning uchun ham ular har doim sernazokat bo'lishgan, ayniqsa, mehmonlar oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik chog'laridanoq belgilangan xulq-odobni o'zlashtirishgan. Masalan, qizlar o'tirgan uyga tashqaridan ota yoki katta akalari kirib kelishsa, ular darrov o'rinlaridan turib, salom berishga o'rgatilgan. Kattalar bilan bo'lgan muloqotlarda o'zlarini vazmin tutishga, berilgan savollarga erkak kishishining yuziga deyarli qaramay, gavdani bir oz egib, osoyishta ohangda javob berishga undalgan.
qiz bola bir yoshga etganda ikki qulog'ini teshib sirg'a taqishgan. Ulg'aygach sochlarini mayda o'rib, qirq kokil qilib orqasiga tashlab, boshiga do'ppi kiyib yurishgan. Sochining ko'pligi va uzunligi uning sog'lom, odobli, go'zalligi ramzi hisoblangan. qiz bola etti yoshdan oshgach, na otasi, na aka-ukalari o'pib erkalatmaganlar. Uni akalari va ota-onalari bilan bir xonada yotqizilmagan va hokazo.
Tarixdan qizlar tarbiyasi bilan asosan onalar shug'ullanganligini bilamiz. Onalar ijtimoiy foydali mehnatga keng jalb etilishi munosabati bilan o'zbek oilalarida ota-onalarning tarbiya vazifalarida qayta taqsimlanish sodir bo'ldi. Masalan, otaning qizlar tarbiyasiga faol aralashuvi oqibatida qizlar dovyurak, jangovarroq, cho'rtkesar, so'zamol, epchil bo'lib tarbiyalanayotirlar.
qizlar harakteridagi bu o'zgarish jarayoni shu qadar tez va shu qadar shiddatli bo'ldiki, ko'p vaqt o'tmay oilalarda «qizlarni asliga qaytarish» muammosi ko'ndalang turdi. Ayol qudrati jami xatti-harakatda erkaklar bilan tenglikda emas, nazokat va mehr-shafqatda ekanini yoshlarga singdirish zarur bo'lib qoldi. Bu borada yana sharqona, o'zbeklarga xos odob-axloqni joriy etish, latofat, bosiqlik, mulohazalilik, andisha, o'zini tuta bilishlikni tarbiyalash, xalq pedagogikasi durdonalaridan unumli foydalanish zarurligi borasida ko'p gapirila boshlandi. qizlar tarbiyasida ularning his-tuyg'ulariga, tabiat va jamiyat oldidagi burchini teran tushunib etishiga alohida ahamiyat berish kerakligi ta’kidlandi. Bularning hammasi oiladan boshlanadi. O'zbek xonadonida kichik yoshidanoq qizlarning kiyinishi, shaxsiy gigienasi, xatti-harakati nazoratga olinadi. qizlarga og'ir ishlar buyurilmaydi. Ularning ma’naviy tarbiyasiga katta e’tibor beriladi. qizlarning o'ziga xos iffati, odobi, kiyinish etikasi, kishilar bilan munosabatda iboli, andishali bo'lish kabi axloqiy sifatlar singdirib boriladi.
Nazarimizda qizlarning ibosi, odobi va ma’naviy kamolotiga faqat oiladagina emas, balki jamiyat nuqtai nazaridan ko'proq e’tibor berish, ularning di di, madaniyatlardan foydalanish darajasini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tarbiya namunalarini xalq tarbiyashunosligidan o'rgansa bo'ladi. Uning hech qaerda yozilmagan shunday saboqlari, nozik jihatlari borki, ularni o'rganish, tiklash payti keldi. Xalqning chuqur madaniyatidan dalolat beruvchi kichik bir udumni eslatib o'tmoqchimiz.
Qadim-qadimdan qiz bola uyda yolg'iz qolgan bo'lsa, uzoqdan kelgan erkak mehmon ham bu xonadonga bostirib kirmagan. Yukini uyga tashlab, xonadon sohibi kelguncha, ko'cha-ko'yda aylanib yurgan. qariyalar, ayollar bo'lsa boshqa rap. Ularga ota-ona kelguncha, izzat-ikrom ko'rsatilgan, mehmon qilingan. Imkon bo'lsa, suhbatlashib o'tirish uchun qo'ni-qo'shni chaqirilgan. O'zbek oilalarida qizlar tarbiyasiga o'g'il bolalarga nisbatan mas’uliyatliroq yondashiladi. Nazarimizda, buning sababi ota-onalarning qizlarning kelajaklari haqida ko'proq qayg'urishlari, bobo va buvilarimizning an’anaviy uslublariga tayanib, ularni ro'zg'or mehnatiga ko'proq jalb etishlaridir. qizlar uy yumushlariga ko'proq tortiladi. Ular yoshligidanoq epli qilib tarbiyalanadi. Uyni yig'ishtirish, tongda turib eshik ochish, hovli va ko'chani chinnidek qilib supurish, kiyim bichish-tikish, magazinlardan oziq-ovqat harid qilish, kir yuvish va ko'plab boshqa ishlarga o'rgatiladi.
Deyarli barcha ota-onalarning (ayniqsa onalarning) fikricha, qizlar tarbiyasiga bo'lgan bunday mas’uliyat, ularni mehnatga o'rgatishning oqibat maqsadi — ularni bo'lajak oilaviy hayotga iloji boricha yaxshi tayyorlashdan iboratdir. qizlarning tabiatan intiluvchanligi, harakatchanligi, vazminligi va mehnasevarligi ular bilan ishlashni bir oz engillashtiradi. Sharq xotin-qizlarining mehnasevarligi, ibosi, hayosi va tabiatan vazminligi, ayniqsa, ularning mehnati g'oyat qadrlanmoqda, iftixor bilan tilga olinmoqda. Albatta, bundan hamma ishlarni ayollar bajarishlari lozim, erlariga tobe bo'lishlari kerak, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.
Ayni paytda ayrim oilalarda xotin-qizlarga nisbatan hozirgi kunda ham ayni shunday noto'g'ri munosabatlarda bo'linayotganligini, hatto kichik yoshdagi o'g'il bolalar ham o'zlarini har jihatdan qizlardan, ba’zan hatto onasidan ham ustun qo'yayotganining guvohimiz. Ayrm oilalarda erkaklar ayollarga nisbatai ko'proq huquqqa ega ekanliklarini ko'rsatishga uriadilar. Bu salbiy holatlarga chek qo'yish kerak.
Xullas, ota-onalar qizlarni aqlli, dono, chiroyli, mehnasevar, keyinchalik oilani boshqara oladigan qilib o'stirishga harakat qiladilar, or-nomusli, iffatli bo'lishini istaydilar va ularni shu ruhda tarbiyalaydilar. qizlarga «Sepli qizim bo'lguncha, epli qizim bo'l» deb nasihat qilinishining boisi ham shundadir.
Keksalar haqida rap ketganda, biz ularni xonadonimiz farishtasi, xayru barakasi deb ataymiz. Xalq donoligi, ming yillik tajribalar, milliy an’analar qariyalarimiz ongida, faoliyatida, turmush tarzida jamlangandir. Ular yosh avlodning ustozi, murabbiysi, hayot dorilfununidir. Donishmandlar qari bilganni pari bilmas, deb bejiz aytishmagan.
Yosh avlodni tarbiyalashda keksa avlodning xizmati, ayniqsa benihoyadir. Bobo va buvilar oilada tarbiyani mukammal yo'lga qo'yishda, chinakam xalqchil tarbiyani, oilaviy tarbiyani yaratishda jonkuyarlik qiladilar. Yoshlarga ta’sir etishning eng samarali shakllarini tanlaydilar.
Oila jamiyatning eng kichik o'chog'idir. Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga etadi. Keksalar ko'pincha «Bug'doy eksang bug'doy olasan, arpa eksang — arpa olasan» deyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo'lishi bugun qanday hayot kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg'ular, qanday orzular bilan to'ldirayotganimizga bog'liq. Hayotning achchiq-chuchugini ko'rgan, sinovlariga bardosh bergan keksa avlodchalik bolalar tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan qaraydigan kishi bo'lmasa kerak. Ular o'zlari bilganni sidqidildan farzandlarga o'rgatadilar, ayni paytda donishmandlik bilan yoshlarni yomon xatolardan asrashga harakat qiladilar. Ular insoniyat abadiy zanjirida o'tmishda erishilgan boy ma’naviy qadriyatlarni kelajak avlodga etkazuvchi bebaho xalqdir.
Ana shunday ulkan mas’uliyatli vazifani bajarishda katta avlod vakillari hissasini o'zida aks ettirgan oilalar juda baxtlidirlar. Shahrimizdagi maktablarning birida 5—6- sinf va 8—10- sinf bolalari bilan suhbat o'tkazdik. Ma’lym bo'lishicha, oilasida buva va buvisi bor bolalarning o'zlashtirishi, xulqi boshqa yosh oilalardagiga qaraganda bo'lakcharoq. Ular o'qituvchilardan kam tanbeh eshitishadi, darsda, ayniqsa mehnat darslarida o'zlarining uquvliroq va idrokliroq ekanliklarini namoyon etishadi.
Biz juda ko'plab oilalarni kuzatganimizda nabiralar, ularni parvarish qilish, tarbiyalash kabi vazifalar buva va buvilarga alohida mas’uliyat yuklashining shohidi bo'ldik.
Hozirgi buva va buvilarni yosh jihatidan ikki guruhga ajratish mumkin. Ularning birinchisi yosh «qariyalar», ya’ni nafaqaga chiqqunga qadar yoshdagi buva-buvilar, ikkinchisi esa nafaqaga chiqishgan qariyalardir.
Biz keksalar va nabiralar orasidagi iliq munosabat haqida gapirganda, asosan ikkinchi guruhga kiradigan, ya’ni nafaqa yoshiga etib «buva-buvilik gashtini surayotganlar»ni nazarda tutayapmiz. Chunki birinchi guruhdagilar «yosh qariyalar» hali 50—60 yoshga bormagan, xalq xo'jaligining u yoki bu tarmog'ida ishlashadi, tom ma’noda buva-buvilik qilishga vaqtlari yo'q. Hali ularning moddiy-madaniy ehtiyojlari «so'nmagan» bo'ladi. Ular yaxshi kiyinishni, yaxshi eb-ichishni, bo'sh vaqtlarini ko'ngilli o'tkazishni, televizor ko'rishni, radio tinglashni, gazeta-jurnal o'qishni, kino-teatrlarga borishni, yangicha urf-odatlar va marosimlarda ishtirok etishni istaydilar va bu tabiiy. Shuning uchun bu toifa «qariyalar» nabira boqishni uncha xush ko'rmaydilar, ularni ota-onalariga yopishtirishga harakat qiladilar, bolalarni yasli va bog'chalarga joylashni maslahat beradilar. Umuman, bu yoshdagi qariyalarni bolalarni — nabiralarni tarbiyalashdagi ta’siri oz bo'lgani uchun ham, rap asosan boshqa toifadagi qariyalar, ya’ni 50-60 yoshdan ortgan qariyalar haqida boradi. Ularning hayot tarzi boshqacha. Ularning ko'pchiligi nafaqaga chiqqan. Moddiy, madaniy ehtiyojlari birmuncha ta’minlangan. Ular o'zlarining ko'p vaqtlarini mahalla-ko'y va qarindosh-urug'lardagi marosimlarda ishtirok etishga bag'ishlaydilar, nabiralar parvarishiga ham fursat topadilar. Ko'pincha nabiralar parvarishi, ularning asosiy va sevimli mashg'ulotiga aylangan bo'ladi. Ularning bolalarga ta’siri beqiyos.
Shaxsiy namuna esa hamma vaqt yaxshi samara beradi. Bunday keksalar oilada o'zlarini yagona tarbiyachilar deb biladilar. Shu nuqtai nazardan bolalar tarbiyasiga alohida mehr bilan qaraydilar. Bolalar
ham ularning samimiy, fidoyi mehrini sezadilar, ularga ishonadilar, ergashadilar. Kezi kelganda buva-buvilarning kichik avlod tarbiyasi oldidagi mas’uliyati oila to'liq bo'lmagan (bola yo otasiz, yo onasiz o'sayotgan) oilalarda, ayniqsa ortiq ekanini aytib o'tmoqchimiz. Bunday oilalarda keksalar bolalar otasiz yoki onasiz o'sayotgani uchun ko'ngli o'ksimasin debgina qolmay, bolaning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol bo'lishi uchun harakat qiladilar. Odatda bunday oilalarda buva o'lgan otaning o'rnini, buvi o'lgan onaning o'rnini bosadi, bolani nevaram deb emas, bolam deb muomalada bo'ladi. Yaqin o'tmishda «tarbiyalash sinovidan» o'tganliklari uchun ham, ya’ni o'z bolalarini tarbiyalaganliklari, bu faoliyatni boshidan kechirganliklari uchun ham tarbiyaning xilma-xil usul va shakllarini yaxshi biladilar, ulardan bilib foydalanadilar. Jumladan, oilada bolalarni tarbiyalash uchun xalq pedagogikasi qo'l kelishini yaxshi biladilar. Ularda xalqning ilg'or ananalari urf-odatlari, ertak va maqollari, qo'shiq va dostonlari, topishmoq va matallari mujassamlashgan bo'ladi. Xalq og'zaki ijodida aqliy, axloqiy va jismoniy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, insonparvarlik va mehnat-sevarlik, rostgo'ylik va mardlik kabi tarbiyaning hamma tarkibiy qismlari mavjud.
Darhaqqat, xalqning ko'p asrlar mobaynida to'plagan, sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir. Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko'rgan, eng ezgu tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o'rganish hamisha oldinda bo'lib kelgan.
Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o'sib yuksalishida, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo'lib etishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi borligini ko'ramiz.
Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, g'afur g'ulom, quddus Muhammadiy kabi atoqli adiblarimiz asarlarida xalq og'zaki ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz.
Hamid Olimjon bolalik kunlarida buvisidan tinglagan ertaklari va ularning ta’sir kuchini shunday eslaydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko'p ertak eshitgandim, So'zlab berardi buvim.
...Buvimning har qissasi,
Har bir qilgan hissasi
Fikrimni tortar edi.
Havasim ortar edi.
Tinglar edim betinim,
Uzun tunlar yotib jim, Seza olardim kuchin.
Bolaning odobli, axloqli va mehnasevar bo'lib o'sishlari uchun har bir oiladagi sharoit, oila boshliqlarining namuna bo'lishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomala madaniyati, so'zi bilan ishining birligi farzandlar uchun ibratdir. Keksalarning yana bir ajoyib fazilati, bolalarning ruhiy holatlarini doim kuzatib borishlari ular qalbini anglashga intilishidir. Sezasizmi, o'zbek oilalarida bobo va buvilar bolalar bog'chasi yoki maktabdagi hayoti bilan, o'rtoqlari va mashg'ulotlari bilan batafsil qiziqadilar, nabiralarining hamma o'rtoqlarini taniydilar. Ana shu jihati bilan ham oilada bolalarni tarbiyalashda buvi va buvalarning hissasi ota-onalarnikidan ortiq bo'lsa borki, kam emas. Ota-onasini tarbiyaladim etar, nevaramni o'zi tarbiyalasin, o'zi qarasin, degan rap juda ko'pchilik uchun yotdir.
Yoshi ulug'larni hurmat qilish, e’zozlash o'zbek xalqining qadimiy udumidir.
Shunga ko'ra keksa avlod vakillarining yoshlarni mehnasevar, vijdonli, chidamli, aqlli, xushchaqchaq, dilkash qilib tarbiyalashlari, kichiklar haqida qayg'urishni, yomonlikka nafrat bilan qarashni o'rgatishlari yaxshi samara beradi. Biz Sharq xalqlarining milliy-etnik an’anasi hisoblangan Xalq pedagogikasining qariyalarga hurmatning tarbiyaviy kuchini yana bir e’tirof etmoqchimiz, xolos. Bu an’analarning tarbiyaviy kuchi shundaki, ular yoshlarni keksalarning ko'p yillik mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida to'plagan tajriba va donoligini hurmatlashga o'rgatadi. O'zbek oilalarida yoshlar akalari, opalari, ota-onalari, umuman kattalarni chuqur hurmat qilish ruhida tarbiyalanadi.
Kattalar oldida sukut saqlash, tartibli, intizomli bo'lish, kattalar topshirig'ini so'zsiz bajarish, o'zidan kattalarni to'rga o'tkazish, yoshi ulug'lar oldidan salomlashib o'tish, kattalardan oldin taomga qo'l uzatmaslik, so'zni qunt bilan tinglash, o'rnidan turib qarshi olish, kuzatish, suhbatni bo'lmaslik, qo'lga suv quyish, kattalar kavushini o'nglab qo'yish kabi qoidalar, odatlar o'zbek xonadonida bolalikdan o'rgatib kelingan. Bular xalq hayotiga singib ketgan.
qariyalarimizga hurmat-ehtirom Sharq oilalarida ham kuchli. Bu insonparvarlikning bir ko'rinishidir. Ma’lumki, bir-biriga madad berish, nochor odamlarga rahm-shafqat, saxovat ko'rsatish insoniy fazilat, vijdoniy burch sanaladi. Yeng og'ir paytlarda xalqimiz borini bir-biri bilan baham ko'rib, saxovatlik va rahmdillik namunalarini ko'rsatgan, bemorlar holidan xabar olingan, ularga hech bo'lmaganda, ikki og'iz umidbaxsh so'z bilan dalda berish xayrli ish hisoblangan. Insonparvarlikning ana shunday ko'rinishlari avloddan-avlodga o'tib xalqning yaxshi udumi sifatida hamisha ardoqlanib kelinadi.
Mehnat baxt keltiradi. Xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sababi inson tarbiyasi asosan mehnatga bo'lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas. Mehnat hayot demakdir. Mehnat, baxt kalitidir. Mehnat tarbiyasi esa tarbiyaning mag'zini, mehnatkashlarning tarbiyaviy faoliyati mazmunini tashkil qiladi. Hamma xalqlarning eng ilg'or an’analari mehnat jarayonida paydo bo'ladi, takomillashadi. Xalq ommasi har doim eng ilg'or, yaxshi va ulug' narsalarning ijodkori hisoblangan.
Xalq hayotini, yashash tarzini o'rganish uchun ham mehnat an’analarini bilish lozim.
Mehnat an’analarining tarbiyaviy ahamiyati ulkanligini unutmaslik kerak. Chunki mehnatga munosabatni qaror toptirish yosh avlod tarbiyasining asosi hisoblanadi. Mehnat ananalarining tayanchi sifatida yoshlarni hayotga, ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim rol o'ynaydi. Chunki mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari — mehnasevarlik, erga va tabiatga muhabbat, suvni isrof qilmaslik, saxiylik, har bir so'mning qadriga etish, qahramonlik, mehnat baxt keltirishini anglash kabilar qaror topadi.
Bolalarning mehnatga muhabbat qo'yib o'sishida oiladagi ijtimoiy muhit juda, katta rol o'ynaydi. Bunda ota-onalar, barcha oila azolarining xizmati byoqiyosdir. Shaxsning axloqiy shakllanishi, mehnasevarlik, ilmga intilish, o'z xalqining an’analarini hurmat qilish, o'z Vataniga sodiqlik, jasurlik, sadoqat, uni dushmanlardan himoya qila olishlik kabi tarbiya ko'rinishlari bilan kamol topadi.
O'zbek oilalarida bolalarning mehnatga mehr qo'yishida qadimdan kattalar namuna ko'rsatib kelganlar. Odatda qizlar uy xo'jaligida onaga yordam berishgan, ovqat tayyorlashgan, ukalariga qaragan, uyni sarishta qilishib, tikish-bichishni o'rganishgan. O'g'il bolalar esa ekin ekish, uni parvarishlash, yig'ish, yanchish, hayvonlarni boqish kabi yumushlarni bajarishgan. Oila a’zolari etishtirgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ishda, ayniqsa, paxta, poliz ekinlari, uzum va mevali daraxt hosilini yig'ib-terib olishda katta-yu kichik barobar ishtirok etishgan.
Xalq pedagogikasida tarbiyalashning turli-tuman yo'l va usullari, vositalari, manbalari mavjud. Bunday yo'l va usullar rang-barang bo'lib, u faqat tarbiyachining qarashlariga bog'liq bo'lmasdan, balki bolalarning o'ziga xos xususiyatlariga ham asoslangandir. Bu yo'l va usullar xalq ijodi manbalarida o'z ifodasini topgan. Bunday ijodiy manbalardan biri xalq ertaklaridir. Masalan, bir ertakda ota bolasini mehnat qilishga oltin va’da qilib qiziqtiradi, o'zining shaxsiy namunasi bilan hunarning foydali, afzalliklarini hikoya qilish orqali hayotga tayyorlaydi, tarbiyalaydi.
Namuna sifatida quyidagi ertaklarni tahlil qilaylik. Bir kambag'al o'limi oldidan o'zining uch o'g'lini chaqirib, uzum ishkomlaridan birining tagiga oltin ko'mganligini, lekin hozir aynan qaysisining tagiga ko'mganligini eslay olmasligini aytibdi. Agar bolalari oltinlarni topib olishsa, boyib ketishlarini uqtiribdi va olamdan o'tibdi. Aka-ukalar ota o'limidan keyin oltin topish ilinjida zudlik bilan bir necha kun davomida bog'ni bir boshdan chopa boshlashibdi. Ular qancha chuqur kavlashmasin, oltinni topisha olmabdi. Yaxshi chopilgan er va uzumzor kelgusi yili juda katta hosil beribdi. Hosilni vaqtida terib, sotgan aka-ukalar tezda boyib ketishibdi. Shunda ular, ota uzumzorlarga oltin ko'mmaganlikni, shu hiylasi bilan boqqa yaxshi qarash, parvarishlash lozimligini, halol mehnat qilishlari kerakligini aytganini fahmlab olishibdi.
Boshqa bir ertakda o'jar, injiq bolani tarbiyalash masalasi olg'a surilgan. Kunlardan birida ota-yosh o'g'li bilan daladan qaytayotganda, yo'lda yotgan taqani ko'rib qolishadi va ota o'g'liga:
—Taqani ol! — deydi:
—Nimaga olaman? Bu menga kerak emas, singan taqa-ky? — deb javob beradi o'g'il.
Ota hech nima demasdan, taqani olib, yo'lida davom etadi. Ular shaharga kirib kelishadi. Ota taqani temirchilarga sotadi va puliga holva sotib oladi. O'g'liga e’tibor bermagan holda, holvani eb, uyi tomon jo'naydi. O'g'il ham holvani egisi, totib ko'rgisi keladi. Buni otasi payqab turgani uchun qo'lidagi holvaning bir donasini atay erga tashlab yuboradi. O'g'il darrov engashib holvani olib, og'ziga soladi. Bir ozdan keyin ota yana bitta holvani erga tashlaydi.
Shunday qilib, ular manzilga etib kelgunicha o'n martacha holva «tushib» ketadi va har safar bolasi uni terib, og'ziga soladi. Nihoyat ota to'xtab, qolgan holvani o'g'liga berar ekan, dedi:
—Ko'rdingmi, bir marta erga egilib, taqani olishga bo'yning yor bermadi, dangasalik qilding, taqaning puliga kelgan holvani erdan olish uchun esa o'n martalab erga egilding. Yendi quloq sol, agar sen oson ishni og'ir deb o'ylasang, undan ham qiyinroq ishlarga duch kelasan, agar oz bilan qanoat qilishni o'rganmasang, ko'pni hech qachon qo'lga kirita olmaysan.
Xalqning donoligi shundaki, u bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga ola bilgan va oilaviy tarbiyani xalq faoliyati bilan chambarchas bog'liq holda olib, borgan. Yana bir jihatga e’tiborni qaratmoqchimiz. Sharq xalqlari ishyoqmas, bekorchilarni hamisha qoralab kelgan. Shuning uchun ham oilada ishsiz yurishdan uyalish hissini tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan. «Bekor turguncha, bekor ishla», «Ishlagan— tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Ishlagan xor bo'lmas», «Yalqovlikning oxiri xo'rlik», «Bekordan xudo bezor» kabi maqollarda xalqning mehnasevarlik ruhi aks etib, maqsadsiz hayot kechirish qoralangan.