Microsoft Word farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish



Yüklə 174,64 Kb.
səhifə8/10
tarix28.03.2023
ölçüsü174,64 Kb.
#90799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kitob 5711 uzsmart.uz

Jismoniy jazo
O'zbek xalq pedagogikasi tarixida bolalarga jismoniy jazo berish tarbiya sifatida juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan va ko'p shaklga ega bo'lgan metodlardan biridir.
Tarixda bolalarga nisbatan qo'llaniladigan juda og’ir jismoniy jazo shakllari bo'lgan. Shuningdek, oilada ota-ona va umuman kattalar tomonidan, tarbiya nuqtai nazaridan qo'llaniladigan jismoniy jazo — shapaloq bilan (tarsaki) urish, quloq cho'zish, xivchin yoki qamchi bilan urish, mushtlash, tepish va boshqa og’ir jazo turlari bo'lganligi ma'lum. Biroq xalq og’zaki ijodida tarbiya yuzasidan faqat shapaloq (tarsaki) urish shakligina uchraydi. Shunda ham uning yomon oqibatlari ochib tashlanadi.
Umuman xalq ijodida jismoniy jazo tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi vosita sifatida aslo uchramaydi.
Masalan, «sirli gilamcha» ertagida, mamlakat podshosi bir yigitga bir-biriga bog’liq bo'lgan besh shart qo'yib, shu shartlarni bajarishni buyuradi.
Ulardan biri - uzoq shaharlardan birida bir egarchi yashashi, har yili bittadan egar qilishi va egarga haridor kelishi bilan urib sindirishini; ikkinchidan, bir mamlakatdagi katta qabristonda uzoq yillardan beri bir mo'ysafidni yolg’iz va doimo yig’lab yashashligining sababini bilib kelishini shart qilib qo'yadi. Nihoyat, bola egarchini topib gaplashadi. U: «...turmushimiz yaxshi o'tar, urush-janjalimiz yo'q, rohat va farog’atda yashar edik. O'g’limiz ikki yoshga to'lganda xotinim yana bir o'g’il tug’di. Katta o'g’lim to'rt yoshga, ikkinchisi ikki yoshga kirdi». Shu orada arzimagan narsa ustidan janjal chiqib, egarchi ularni uradi. Qechqurun hovliga kelsa hech kim yo'q emish. Qidirmagan joyi qolmaydi. Biroq ularni topa olmaydi. «shundan buyon kunim o'tsin, shu bilan ovunay, ermak bo'lsin deb egar yasayman. Egarni sotib pulini olishim bilan, xotinim, o'g’illarim bilan kechirgan kunlarim ko'z oldimdan o'taboshlaydi, yaram yangi bo'ladi, yaramga tuz sepgandek bo'ladi-yu, rangim o'zgarib ketadi. Pulni egasiga qaytarib, egarni sindirib tashlagandan keyin hovurim bosilib, bir oz tinchlanaman», — deb egarchi o'z sarguzashtini tamom qilibdi. So'ng yigit qabristondagi cholning oldiga boradi. U: «bir kun nomoz o'qiyotganimda nabiram kelib nomozimni buzdi. Bolam, sen bir oz tashqarida o'ynab yurgin, men nomozimni o'qib olay, keyin ikkalamiz bir joyga boramiz, deb aldab yubordim. O'zim nomozni o'qiy boshlagan edim, yana kelib nomozimni buzdi... Yana buzdi.
Ming aqlli bo'lsa ham, bola bolaligiga boradi-da, bolaga qo'shilib o'zim ham bola bo'lib qolibman... Bir shapaloq urdim.
...mana shu go'rga ko'mganman. Endi pushaymon qilamanki, nima uchun men uni urdim, nomozimni yuz martaba buzsa ham, ming marta buzsa ham mayli edi, men nima qildim,— deb yig’layman, foydasi yo'q», deb sirini aytib beribdi.
Ko'rinadiki, tarbiya nuqtai nazaridan qo'llangan jismoniy jazo yaxshi oqibatlarga olib kelmadi. Bolaga nisbatan qo'llangan jismoniy jazo tarbiyada hech qanday foyda keltirmasligi xalq og’zaki ijodi asarlarida ham o'zining badiiy ifodasini topgan. Bir tomondan, jazo jazolanayotgan bolaga g’oyat og’ir ruhiy va jismoniy azob bersa, jazolovchining ham ruhiy azob va vijdon qiynog’iga tushishiga sabab bo'ladi.
3) Tarbiya vositalari
Xalq ijodi materiallarida bolalarning odob va axloqiy tarbiyasi yuzasidan qo'llaniladigan metodlar bilan birga xilma-xil tarbiya vositalaridan ham foydalanilgani ko'rsatiladi.
Folklor materiallarida uchraydigan axloqiy tarbiya vositalari juda ko'p tur va shakllarga ega bo'lsa ham, asosiy vosita sifatida:
1) bolalar o'yinlari, 2) choyxo'rlik — choyxona gurungi, 3) bolalar gapi — rap eyish, 4) bolalarni kattalar bilan birlikda: a) to'y marosimlari — beshik to'yi, sunnat to'yi, nikoh to'yi, hovli to'yi; b) sayillar —dala sayli, gul barra (binafsha) sayli, qovun sayli; v) yig’in — tomosha, tug’ilgan kunni nishonlash, yigit bazmi, qiz bazmi (majlisi), kelin salom — yuz ochish (ro'mol obqochish), uloq (ko'kbar) poyga, kurash, turli shakldagi yarashuvlar (musobaqalar); g) aza ma'rakasi; d) safarga chiqish, ovga borish; e) bizning zamonamizda yuqoridagilar bilan (ijobiylari bilan) birga kino, teatr, istirohat bog’i, ommaviy yig’in ham tomoshalarga borish hamda bayramlarni kutib olishda qatnashadilar.
Shubhasiz, bunday davra yoki yig’inlarning tarbiyaviy ta'siri katta bo'lgan va hozir ham u juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Binobarin, bolalarning ijobiy yoki salbiy xatti-harakati ko'pchilikning ko'z o'ngida namoyon bo'ladi va shu ko'pchilik tomonidan baholanadi. Ko'pchilik ota- onalar ham o'z o'g’il-qizlarini ma'rakaga aralashganlaridan keyingina, ko'pchilik o'rtasida o'zlarini qanday tu-tishlariga oid odob va axloqiy qoidalarga amal qilishlarini davra yoki yig’indagilar tomonidan ijobiy yoki salbiy baholaganlaridan keyingina payqab oladilar.
Bu hol ota-onalarni ham o'z tarbiyaviy ishlaridan xulosalar chiqarishga olib keladi. Ko'pchilik tomonidan taqdirlangan bolalarning xatti-harakati ota-onalarni quvontirsa, ta'na va isnodga qolgan bolalarning ota-onasini afsuslantiradi, tashvishga soladi. Chunki bolalarning o'zlashtirish yoki odatlanishi kerak bo'lgan fe'l-atvor ham xatti-harakatlari ko'pchilik xalq o'rtasida qaror topgan umumiy odob va axloq normalari bo'lib, hammani unga amal qilishligi taqozo qilinadi.
Shuning uchun ham bolalarning oilaviy hayotdagi ijobiy yoki salbiy xatti- harakatlarini ko'pchilik oiladagi keksalar (ayniqsa ayollar) umum (ko'pchilik) nuqtai nazaridan baholab taqdirlaydilar yoki qoralaydilar. Keksalarning «bolam, (o'g’lim, qizim) seni bu yurish-turishingni ko'rganlar, gap-so'zingni eshitganlar, xursand bo'ladi, «palonchining bolasi aqlli, odobli ekan» deb o'zingni maqtashadi, duo qilishadi», yoki «bolam, (o'g’lim, qizim) seni bu yurish-turishingni ko'rganlar, gap- so'zingni eshitganlar nima deydi?! Mahalladagilardan uyat emasmi? Bizni uyatga qo'yding-ku (sharmanda qilding-ku)» degan jumlalari ham ana shu ko'pchilik nuqtai nazaridan baholanishlarining dalilidir.
Demak, ma'lum bir bolalar davrasi yoki yig’in (o'rtoqlar guruhsi, mehmondorchilik, to'y-tomosha marosimlari va hokazo) va shu yig’inni kuzatuvchi kattalar yig’indagi har bir bolaning xatti-harakati yuzasidan ijobiy yoki salbiy fikr yuritish, xulosalar chiqarishda asosiy faktor bo'lgani kabi, yana o'sha yig’in shu davradagi bolalarni tarbiyalab etishtirishdagi muhim omillardan biri bo'lib ham xizmat qiladi.
Yuqorida ko'rib o'tganimiz kabi bolalar davrasi yoki yig’inning turi ko'pdir. Shu jumladan, bolalar o'yini ham juda ko'p shaklda ko'zga tashlanadi. Lekin bolalar o'yinining hammasida barcha o'yinlar uchun umumiy bo'lgan qoidalar birligiga amal qilinadi. Shu qoidalarga amal qiluvchi bolalar ayni paytda, intizomli, yaxshi o'yinchi bolalar hisoblanib, aksincha o'yinni buzuvchi, zo'ravonlik qiluvchi, o'yin jarayonida o'rtoqlarini haqorat qiluvchi, manmanlik yoki maqtanchoqlik qilib, o'yindagilarni ranjituvchilarni ko'pchilik o'yindan haydab chiqaradi. Uni «o'yin buzuqi» deb atab, galdagi o'yinga aralashtirmaydilar.
Shunga o'xshash o'smir yoshdagi bolalarning choyxo'rlik — choyxona gurungining ham o'ziga yarasha qoidasi bor. Ya'ni choyxonaga navbat bilan taklif qilish, choyxonadagi kattalardan yuqoriga o'tib ketmaslik, odamlarga teskari o'tirmaslik, o'rtoqlar o'rtasidagi hurmatli bolani to'rga o'tqazish, bir-biri bilan samimiy muomala, munosabatda bo'lish, so'zlovchining gapini bo'lmaslik, navbat bilan gapirish, navbat bilan choy quyish, choyni ma'lum me'yorda quyish va o'ng qo'l tarafdan muloyimlik va tabassum bilan uzatish, patnisdagi masalliqni teng baham ko'rish, bir-birini choy va masallig’lardan olib o'tirishga undash, o'rtaga tashlangan masalalar yuzasidan bir fikrga kelish va uni qo'llab-quvvatlashdagi hamkorlik va hokazo.
Davraga yangidan qo'shilgan bolaga o'rtoqlari tomonidan yuqoridagi qoidalar istisnosiz o'rgatiladi. Aksincha, ko'ra-bila turib qoidani buzuvchilar qattiq kulgi tanbehiga olinadi. Tanbehlar kor qilmasa, davraga qo'shmay qo'yadilar va hokazo.
O'smirlarni yuqoridagi kabi ma'lum bir davrada davomli qatnashuvlari «bolalar ulfati»ni tashkil qilardi. Binobarin, o'smirlarning eng yaxshi fazilatlari ham, yomon xatti-harakatlari ham ko'proq choyxona va boshqa yig’inlarda namoyon bo'lar, ma'qullanar va yoki qoralanar edi. Zamonasida choyxona gurungi yoki boshqa shakldagi ulfatchiliklarda qatnashgan o'smirlar xalq o'rtasidagi odob qoidalarini ham yaxshi o'zlashtirib olgan bo'lardilar. Shuning uchun ham zamonasida, hatto hozirgi kunda ham, yoshlarning fe'l-atvoriga nisbatan baho berishda keksalarimiz tomonidan: «ulfat ko'rgan yigit» iborasining ishlatilishini tez- tez uchratish mumkin.
Xuddi shu haqda xalq qo'shiqlarida bunday deyiladi:
Ot chopilsa kulo-tuzdan,
Naql so'z eshiting bizdan.
Axloqsiz bo'p o'sgan qizdan,
Majlisdagi qo'pol so'zdan,
Indamay ketgan yaxshiroq.
Do'mbiramning qopqog’i tutdan,
Men aytaman arzi-doddan,
Ustoz ko'rmagan shogirddang
Majlis ko'rmagan yigitdan,
Aqlli hayvon yaxshiroq.
Xalq og’zaki ijodi materiallarida eng ko'p uchraydigan va bola tarbiyasida muhim o'rin tutgan odob va axloqiy tarbiya vositalaridan biri mehmondorchilikdir.
Avvalo shuni aytish kerakki, mehmondorchilik va mehmondo'stlik xalqimiz tarixida uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan eng olijanob insoniy odatlardan biri bo'lib davom etib keladi va davom etib kelmoqda, bundan keyin ham shunday bo'lib davom etishligiga shubha yo'qdir.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan marosim, yig’in, to'y-tomosha kabilarning hammasi turli shakldagi mehmondorchilik ko'rinishlarini o'z ichiga oladi.
Mehmondorchilik tor ma'nosiga ko'ra, alohida tayyorgarlik bilan, ma'lum bir guruh kishilar ishtirokida o'tkaziladigan ziyofatdir.
Shunday qilib, xalq pedagogikasi yoshlarni insoniy fazilatlar bilan tarbiyalab etishtirishda turli metod, usul va vositalardan foydalangan.


    1. Yüklə 174,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin