Fonetik vositalar. Tovushlar ma’lum qoida-tartib asosida yonma-yon keladi. - da, - va, - qa (yoki - q) kabi bo`g`inlardan (yoki tovushlardan) keyin yana shu turdagi tovushlar bilan boshlanadigan so`z keltirish nutqiy g`alizlikka sababchi bo`ladi: Ko`k qo`rig`in quchg`usi. Shundan bugun i o`tgan izsiz. Bu masala fanda ham kam tekshirilgan. (L.Abdullayev) Ahd va vafo....Ohang, urg`u badiiy uslub vositasidir. Ohang va urg`uning o`zgarishi yangi uslubiy mazmun ifodalaydi.
Ohang, urg`u
uslubiy mazmun ifodalashda vosita bo`ladi.
Nutq mazmuni bilan, ohangdor, mayin, musiqiy tovushlari bilan ta’sirli hamda yoqimli bo`ladi. Qo`shimcha, so`z birikmasi, gapning uslubiy ma’no olishi ma’lum bir ohang, urg`u yordami bilan ro`yobga chiqadi. Salimaxon keldilar jumlasida bir xil ohang Salimaxonga hurmatni, ikkinchi bir ohang kesatish, mazax qilish mazmunini ifodalashi mumkin. Tovush ohang nutqiy ravonlik, jozibadorlik, his-tuyg`u ifodalash vositasidir. Shu tufayli, fonetik vositalar badiiy, ilmiy-ommabop, rasmiy uslublarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Leksik vositalar.So`zlar o`z ma’nosi bilan biror harakatga (qo`li gul odam) ko`chiriladi, natijada gul so`zi qo‘shimcha uslubiy mazmun oladi. Shuningdek, ko`z, til, ona kabi so‘zlarning ma’nosi ko‘chirilishi mumkin. Ayrim so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan birga, qo‘shimcha modal mazmun ifodalaydi: do`st, yer, qahramon, go`zal, aqlli, mehr, ishbilarmon kabi so‘zlar ijobiy ma’no, bo`hton, yolg`onchi, yalqov, sassiq, dushman kabi so‘zlar esa salbiy ma’no ifodalaydi. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi, uslubiy mazmun olishi ko‘proq badiiy uslub, ba’zan ommaviy uslub va o‘rni bilan og‘zaki so‘zlashuv tilida uchraydi.
So`zlar o`z ma’nosi bilan betaraf bo`lsa ham
(ota, ona, suv, non, go`sht, ishonch, o`rmon, gilos va b.), kontekstda ko`chma ma’noga ega boladi.
Gulning chiroyli belgisi odamga (gul yuz), o`rin-joyga (gul bog`), biror harakatga (qo`li gul odam) ko`chiriladi, natijada gul so`zi qo‘shimcha uslubiy mazmun oladi. Biz shaxslarga, predmetlarga, hodisalarga ikki xil baho beramiz: ijobiy baho-bunda moyillik, sevish, hurmat qilish, mehr-muhabbat tuyg`ulari ifodalangan bo`ladi: ofarin, yoqimli, ajoyib, go`zal, shirin, chiroyli, saxiy, baxtli kabi.
Metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, tag ma’no kabi leksik vositalar ham uslub yaratishda muhim o‘rin tutadi. Salbiy bahoda nafrat, xafa bo‘lish, ranjish, haqorat, dil og‘rishi kabi tuyg‘ular ifodalanadi. Masalan, xasis, bevafo, badnafs, ochko`z, firibgar, va’daboz, badbaxt va boshqalar. Ma’lumki, fe’l so‘z turkumlari ichida xilma-xil shakllarga boy bo‘lib, shu tufayli uning uslubiy imkoniyatlari ham nihoyatda kengdir: birgina zamon va shaxs qo‘shimchalarining ko‘pligi ulardagi sinonimik qatorlardan istalgan ma’noni ifodalash uchun so‘zlovchiga bu fe’l shakllaridan birini tanlay olish imkonini beradi.