Бизнес психологияси



Yüklə 56,03 Kb.
səhifə1/4
tarix15.10.2023
ölçüsü56,03 Kb.
#155688
  1   2   3   4
Biznes hamkorlikda psixologik yondashuv


Biznes hamkorlikda psixologik yondashuv


Reja:
1.Biznesda raxbar faoliyatining ruxiy-psixologik xususiyatlari mazmuni.
2.Biznesda raxbarning nutq madaniyati.
3.Raxbar faoliyatida majorali holatlar va ularni hal etish usullari.

1. Biznesda raxbar faoliyatining faoliyatining ruxiy-psixologik xususiyatlari mazmuni.


Bozor iqtisodiyoti sharoiti raxbarlardan ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari asosan ongli ravishda muayan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyativa maqsadiga kura, tarbiyaviy, moddiy-ragbatlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi.
Tarbiyaviy uslub asosan insonni manaviy takomillashishiga, psixologiyasigi va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy-ragbatlantiruvchi uslub esa mexnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy kiziktirish yo‘llari bilan tashkil etiladi. Moddiy rag‘batlantirish tarbiyaviy uslub bilan doimiy uygunlashtirib borilishi natijasida yuqori kursatkichlarga erishish mumkin.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini va mexnat taxsimotini rejali olib borish uchun qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi mumkin: o‘zoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik tashkiliy bo‘lishi mumkin. Shart-sharoitiga kura kerakli uslub qo‘llaniladi va takomillashtirib boriladi. Boshqarish usullarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to‘g‘ri taqsimlash, xar bir ishchi, xizmatchi uz mexnati bilan daromat olishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini xayotga shunday tadbik etish kerakki, xar bir inson mexnat kilsagina turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch xosil kilsin.
Tadbirkorning tashkilotchilik kobilyati xamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muxim shartidir. qanday tadbirkor raxbar muvaffaqiyatga tez erishadi? Ruxiyatshunos olimlar uning bir necha omillarga borlikligni ta’kidlaganlar. Bular quyidagilardir:
1. Tadbirkor raxbar tashkilotchilik kobilyatining uning shaxsida namoyon bo‘lishi:
-jamoada sof axloqiy muxid paydo qila olishi, xammaning hamkorlikda xarakat qilishini ta’minlay olishi;
-odamlirni ishontira olishi va jamoada o‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror toptirishi uchun shart-sharoit yaratishi.
2. Tadbirkorlik raxbarning odamlar bilan til topib ishlashmaxorati:
-tadbirkor uz kul ostidagilarning nimaga kodirligini xisobga olib ishlarni taqsimlashi ;
-odamlarni uyushtirishning eng muxim omillaridan foydalanishi;
-xar bir kishining ruxiy- psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mulokat qilishi.
3. Tadbirkor raxbarning mexnatga munosabatida ishbilarmonligi:
-ishlab chiqarish va boshqa jabxalarda xar xil muammolarni xal etishda eng kulay yo‘llarni izlab topish;
-vijdonlilik va adolatlilik;
-boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
4. Tadbirkor raxbarning faoliyatida ijro etish kobilyati namoyon bo‘lishi:
-kasbiy malaka va kunikmaga ega bo‘lishi;
-texnik vazifalarni xal etishga ukuvliligi;
-yangiliklar va goyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.
5. Tadbirkor raxbarning qarorlarni qabul qilishdagi ukuvi:
-mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olishi;
-qabul qilgan qarorining okibati va natijalarini kura bilishi;
-ishlab chiqarishda sodir buluvchi turli xolatlarni xisobga olib borishi, tnaglikdan kutulish yo‘llarini izlashi;
-noto‘g‘ri qaror qabul qilganda uz xatolarini buyniga olishi;
-xodimlarni boshqaruv masalalarini xal etishga ko‘proq jalb etishi.
6. Tadbirkor raxbarning odamlarga munosabati:
-uz va’dasi,suzining ustidan chiqishi ;
-odamlarni bir-biridan ajratmasligi-xammaga bob-baravar munosabatda bo‘lishi;
-o‘z qul ostidagilarga va boshqalarga tavoze’da bo‘lishi va o‘zini tuta olishi, odobliligi va muloyimliligi;
-odamlarga extiyotlik bilan munosabatda bo‘lish, imkon kadar xar bir kishining ruxiy-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, muomalada bo‘lishi.
7. Tadbirkor raxbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi:
-o‘z xatti-xarakatlarini tankidiy baxolay olishi;
-o‘z imkoniyatlarini xisobga olib ishlashi;
-boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baxolarni taxlil etib borishi va o‘z faoliyatida namoyon qilishi.
Tadbirkor raxbar o‘zida kuydagi ruxiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik xsusiyatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak.
Tadbirkor raxbarning ruxiy-psixologik xsusiyatlari:
1. Nutq va tafakkur sifatlari - kuchli xotira, doimiy dikkat, soglom akl, fikr kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo mohiyatini tez anglab olish, ijodiylik, ma’naviy kizikishlarning xar tomonlamaliligi, fikrni og‘zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli aniq tarzda ifodalash.
2. Xarakter sifatlari-maqsadga intiluvchanlik, dalillik, mardlik, ishonch, uzini tuta bilish, uzi va boshqalarni buysuntira olish va tavakkal qilish kobilyati, kiyin vaziyatlarda xam muloxazakor bo‘lish kobilyati, xazil-mutoiba tuygusi bo‘lishi.
3. Xis-tuyg‘u sifatlari-xis-tuyg‘ularni turg‘unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli xolatlarda to‘g‘ri xarakatlar qilish kobilyati, mulokatga kirishganda boshqalar kayfiyatini xis-tuyg‘ularini xisobga olish, uz xis-xayajonlari va kayfiyatlarni boshqara olish.
4. Xulk-atvor sifatlari - xarakatga intilish va uni himoya etish, samimiylik, halollik.
Tadbirkor raxbar shaxsining ruxiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan jaxli chikmaslik, achchiklanmaslik, ba’zan kurib kurmaganga olish.
2. Ruxiy jarayonlarda bosiklik.
3. Ruxiy, xayajonli xavf - xatar xollarida o‘rtacha bo‘lish.
4. Uzini anglashda faollik kayfiyatda uta sezgirlik.
5. Jismoniy soglom va boshqalar.
Tadbirkor raxbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mexnatsevarlik, odamlarga nisbatan dustlik, insonparvarlik, samimiylik, halollik, vijdonlik, sabr-matonat, xolislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, uziga va boshqalarga talabchanlik, uzgalar fikrini tushunish va xisobga olish.
Tadbirkor raxbarning ishbilarmonlik sifatlari:
Soxa va kasb sirlarini yaxshi bilish, yuqori ukuv va malaka, yangi texnologiya talablariga mos bilimi va tajriba, ishlab chiqarish texnika va texnologichsini chuqur bilish, boshqarish usullarini yaxshi uzlashtirgan bo‘lishi, uz bilimi, malakasi kunikmalarini oshirib borish, axborat ayriboshlashni bilish va xokazo.
Tadbirkor raxbarning tashki kurinishi-toza ozodalik, tartiblilik, ziyolilik, kiyim-kechakda, xulk-atvorda nafosatlilik, saranjon-sarishtalik va boshqalar.
Mana shu xususiyatlarni uz faoliyatida namoyon qilgan tadbirkor raxbar bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob beradi. Zero, bozor munosabatlari mexnat jiddiy asoslarda texnologik jarayonlar bilan qo‘shibolib borishni, tezkorlikni, malaka va ukuvni, kasb-xunarni yaxshi egallashni takazo qiladi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat idoralari, xalk xujaligining barcha tarmoklari tadbirkorlari xorijliklar bilan hamkorlik qilish, shartnomalar va bitimlar tuzim, mo‘zoqaralar olib borish ukuvini namoyon etishlari xam bozor munosabatlari talabidir.
Tadbirkor raxbar o‘z qul ostidagilarga faollik, onglilik, ijodkorlik, intizomlilik, o‘z-o‘zini tarbiyalab borish sifatlarini qaror toptirsagina, u mexnatda xam, xizmatda xam, el-ulus orasida xam obru topadi. Shuningdek, tadbirkor raxbarning ko‘pchilik bilan muomila-mulokat qilaolish kobilyati xam uning tashkilotchiligidan nishonadir.
Tadbirkor raxbar tashkilotchiligi uz kuchi va vaqtini to‘g‘ri taqsimlashida, qarorlar qabul qilishi va xal etishda g‘oyat aniqlik, xukkolik bilan ish kurishida xam namoyon bo‘ladi. Xsusan, tadbirkor raxbarning nixoyatda akilli, tarbiyalangan, fikri teran bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti sharoitining muxim talabidir.
Tadbirkor raxbar mexnat jamoalarini uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruxiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini xisobga olishi kerak.
1. Uyushish-jipslashish bosqichi. Jamoaga uyushishning jipsligi hamkorlikda faoliyat kilsh zaruratidan kelib chiqib, a’zolarning malakasi, kobilyati, kizikishlarining bir joyga jamlanishi bilan izoxlanadi. Shaxsiy extiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor raxbar mexnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi,malakasi, yoshini xisobga olib, ularni jamoaga tuplaydi. Bunda tadbirkor raxbarning tashkilotchilik kobilyati namoyon bo‘ladi.
2. Jamoaning tarkib topish bosqichi. Tadbirkor raxbar jamoa xar bir a’zosining mexnatga munosabatini aniqlashga kirishadi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasagina uzining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbpr etadi. Jamoada “faollar va dangasalar, xalakit beruvchilar” bo‘lishi mumkin.
Tadbirkor raxbar bunday xolda xodimlar urnini almashtirish, mexnatga munosabatini uzgartirish,uz ishiga kiziktirish, tashabbus ko‘rsatishga undash orqali jamoa faolligini taxminlaydi. U bu ishlarni kul ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baxolash, mexnat natijalarini salmoklab kurish bilan qo‘shib olib boradi.
3. Xar bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda “koloklar”, xalakit beruvchilar” kolmaydi. Ularning shaxsiy kizikishlari va extiyojlari jamoa faoliyati bilan chirmashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruxiy muxid yaratilgan mexnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga kizikuvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo‘ladi, maqsad va extiyojlarini qondirishga intilish, mexnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mexnatdan zavk olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
4. Insoniy kadriyatlarga erishish bosqichi. Shu bosqichda jamoa xis-tuygulari bir maqsad yo‘lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson uz kizikishlari va intilishlarini jamoa xayotiga boglaydi. Atrofdagilarga ishonchi ortadi, dustlik va muxabbat rishtalari mustaxkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor raxbar zimmasiga katta mas’uliyat yuki tushadi. Bunda tadbirkorning uziga xos ish yuritishi, boshqaruv ukuvi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlar olib borish maxorati yakkol namoyon bo‘ladi.
Yaxshi tadbirkor raxbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U kat’iyatli va chaqqon, xakkoniy bilimlarga ziyrak bo‘lishi kerak. Tadbirkor uziga kerakli fikrlarni yiga bilishi kerak. 99 foiz ilgor goyalar mutaxasislar bilan mulokatda yuzaga kelsa, 1 foiz goyalar ilxom paytida odamlarni eshita bilishi qarab yuzaga keladi. Buning uchun suxbatlashishni bilish, urganish, shaxsiy garazlarni unutish, goyalarni tartibga solish, eng asosiysi doimo ukishi kerak. Aks xolda u uz ishini baxolay olmaydi.

Yüklə 56,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin