Biznes reja: Tayyorladi 72G – 20I o’quvchisi
Baratov Husniddin Biznes mavzusi: Yog’ ishlab chiqarish “MChJ”
Biznesni ifodalash. Korxona nomi “OiL money”
Joylashuvi O’zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Qo’rg’ontepa tumanida.
Faoliyat maqsadi.
Halol yog’ va yem mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash bozor talabini bajargan holda foyda olish va bosh ish o’rinlarini yaratib halqqa yordam berish.
Korxonaninsh asosiy faoliyat turi.
Semichkadan sifatli yog’ olish va qoldiq qismidan sifatli kunjara yemlarini ishlab chiqarish va sotish.
Korxona raxbari.
Hususiy korxona Raxbari Baratov Husniddin
Loyihaga jalb qilingan mablag’
Xususiy korxona biznes loyihasining umumiy qiymati 60.000.000 (oltmish million so’m)ni tashkil etib shunday xususiy korxonani tuzuvchisi umumiy maydoni bo’lgan 4m2 lik honadan 3ta jami 12m2 lik joy kerak bo’ladi. Tamirlash ishlari to’k olib kirish va yoritish tizi uchun 5mln so’m sarflaymiz. Yog’ ishlab chiqaradigon uskunalarimizni 20mln so’mga olib kelamiz, filtrlash aparatimizni 5mln so’m, yog’ toplaydigon kanistrlarimiz 2mln, tarozi 120ming so’m, qoshimcha uskunalarga 1mln so’m saflaymiz.
Jalb qilingan mablag’ning yo’nalishi va qaytarilishi:
Xususiy korxona o’z loyihasini amalga oshirish uchun “Hamkor” bank Qo’rg’ontepa bo’limidan 2 yilga 60.000.000 so’mlik mikro qarz olamiz. Mikro qarzimizning 24 oygacha -36% lik ustama qo’shiladi foiz balandligiga sabab pulni qoshimcha hujjatlarsiz tez va oson olayotkanimiz uchun.
Ushbu so’ralgan pulga korporativ faoliyat yuritish uchunyog’ va yemni ishlab chiqarish uskunalarini bugungi kunda tuman va tuman atrofida mavjud bo’lmagan yog’ va yem ishlab chiqarish texnologiyalarini olib kelish rejalashtirilgan.
2 Marketing rejasi 2.1 birinchi o’rinda bozorni o’rganamiz so’ngra marketing yo’nalishining menga yoqqan yo’lidan foydalanib doimiy mijozlar oqimini yaratamiz yani: yog’ni litrini 20ming kunjarani kg 5 ming olayotgan haridorlar bilan suhbatlashib yog’ni narxini 19 mingdan kunjarani esa 4.5ming dan tayyorlab berishga vada beramiz albatta vaqtida sifat bilan. Bu marketing usuli mijoz o’g’irlash deb nomlanadi.
Mazkur ishlab chiqarish bozoridagi joriy taklif va talabning xolatini xisobga olgan xolda, xamda istemolchilarning tolovga qodirlilik darajasidan kelib chiqib, maxsulotning toliq xarajatlarini etiborga oluvchi narx belgilash usuli qollaniladi. YAni etishtirilayotgan yog’ va kunjara maxsulotlari uchun nisbatan boshqa tumandagi ishlab chiqaruvchilarga nisbatan arzonrok narx belgilanadi. Xarajatlar va kozlangan foyda normasi usulida amalga oshiriladi. Dastlab xarajatlar xisoblanadi, xarajatlarustiga foyda normasi qoshilib narx belgilanadi.
2.2 Mahsulot iste’molchilari Kunjara uchun asosiy iste’molchilar mol va qo’y fermalari.
Yog’ uchun esa yem mahsulotlarini tayyorlovchi hususiy va qo’shma korxinalar.
2.3 Raqobatchilari Andijon viloyatidagi agro yem ishlab chiqaradigon “Mayin maysa” nomli korxona
Yog’ uchun Andijon viloyatidagi “Tabiy” kungaboqar yog’ ishlab chiqarish zavodi.
Bizni ustunligimiz transport yetkazib berish tezligi va boshqa korxonalarga nisbatan arzonroq narxdaligidadir.
2.4 SWOT tahlili Korxonaning SWOT tahlili
2.4.1 Kuchli tomonlari zamonaviy va yangi uskunaga egaekanligi
- malakali ishchi xodimlarning mavjudligi
- hom ashyoning aniq va oson yetkazilib berilishi
-istemolchilar bilan bevosita yaqindan aloqadaligi.
2.4.2 Imkoniyatlari Aholiniing ehtiyojiga mosligi
-Davlat tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar
Qulay narxi
Tekinga yetkazib berish imkoniyati
2.4.3 Kuchsiz tomonlari Korxonaning bozorda yangi ishtirokchi ekanligi.
2.4.4 Tahdidlar kelajakdagi raqobatchilarni bozorga kirib kelishi.
-kelajakda chorva uchun yem,hashakning narxi ozgarishi evaziga ishlab chiqarilayotgan kunjara mahsulotimizning narxining ozgarishi
2.5 Reklama va sotishni tatbiq etish. Biz o’z korxonamizga reclama uchun pul umuman sariflamimiz desakham bo’ladi buning uchun jonli reklamadan foydalanamiz yani!
Haridorlarimiz o’z kasbdoshlarini qiziqtirib bizdan mahsulot olishga ko’ndirsa hujjatlar tuzib bo’lingach bizga hairdo olib kelgan birinchi haridorlarimizga keying sotuv hajmidan qo’shimcha yoki to’laydigon mablag’idan 10% gacha chegirmalar taklif qilamiz. Bu davom etib ketaveradi kim bizga mijoz olib kelsa o’sha odamga biz foizlar va qo’shimcha tekin mahsulotlar bilan taminlashga vada beramiz bu marketing “PIRAMIDA” deb nomlanadi va bu eng sifatli va arzon va vaqt yo’qotmaydigon usuldir.