Biznes-rejaning rezyumesi (qisqacha mazmuni) Biznes-reja yuqorida aytib o‘tilganidek, murakkab strukturaga ega. Uning bo‘limlari tarkibi biznes turiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Biroq shunga qaramay, biznes- rejalarning deyarli barcha turlari tarkibida eng muhim bo‘lim sifatida rezyume – korxona va bo‘lajak biznesning qisqacha tariflanishi mavjud bo‘ladi. U foydalanuvchiga biznes- rejaning boshqa bo‘limlari bilan detalli ravishda tanishib chiqish maqsadga muvofiqligini aniqlashga ѐrdam berishi lozim.Ushbu bo‘lim ustida ishlash juda ham muhim, chunki bu bo‘lim investor ѐki kreditorlarga ko‘ngildagidek ta'sir ko‘rsata olmasa ular biznes-rejani oxirigacha ko‘rib ham chiqmaydilar. Unutmaslik kerakki, biznes-rejaning aynan shu qismi taqdimot paytida gap yangi korxona ѐki yangi ivestision loyihani amalga oshirish haqida gap borganda asosiy rolni o‘ynaydi.Rezyume biznes-rejani tayѐrlashning so‘nggi bosqichida, boshqa bo‘limlar haqida hamma narsa ma'lum bo‘lgandan so‘ng tuziladi. Uning hajmi bir necha varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim.Rezyumeda quyidagi asosiy pozisiyalarni aks ettirish zarur:
• mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonani, biznes-rejaning maqsadi, o‘ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash;
• korxonaning tashkiliy-shuquqiy shakli;
• korxona shug‘ullanishi kutilaѐtgan biznesni tavsiflash;
• boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki haqidagi qisqacha ma'lumotlar;
• bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash;
• korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan
farqi;
• loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilaѐtgan daromad va ishlab chiqarishning o‘sishi;
• belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi;
• zarur investisiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
• investisiya qo‘yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari;
• kutilaѐtgan risklar va investorlar uchun mukofotlar;
• korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma'lumotlar;
• korxona rahbariyatining telefonlari.
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‘oyalar, fikr-mulohazalar va ularni amalga oshirish yo‘llari «yig‘indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‘ylab ko‘rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy missiyasinm amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim bo‘lib, bu quyidagi sxema ѐrdasida aks ettiriladi. Bo‘limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‘nda ifodalay olish imokniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning aossiy qoidalariga bo‘lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.Misol tariqasida biznes-reja tuzgan holda loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz.Investisiya loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. ―Star‖ komp'yuter klubi aholiga komp'yuter xizmatlari ko‘rsatishi zarur.Hozirgi paytda axborot texnologiyalarining roli sezilarli ravishda o‘sgan. Shaharda ѐshlar (talabalar, o‘quvchilar va hokazo) soni ko‘p bo‘lganligi sababli ―Star‖ komp'yuter klubi ommaviy bo‘lishi kutiladi.Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• komp'yuterda ishlash (Office bilan);
• o‘yinlar (Need for speed, Quake 3 Arena, Unreal tornament 2003, Grand theft auto 3, Star craft);
• matnni chop ettirish;
• skanerdan foydalanish.
Loyihani yaratishdan maqsad aholining mazkur xizmat turalriga bo‘lgan ehtiѐjlarini qondirish va ―Satr‖ komp'yuter klubini rivojlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ olish hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirish uchun 14 mln. so‘m miqdorida kapital qo‘yilmalar talab qilinadi. kreditni qaytarish uchun loyihada belglangan muddat– 1,75 yil (1 yil 9 oy). Shu davr mobaynida korxona kredit va foizlarni qaytargandn so‘ng 4561,4 ming so‘m miqdorida foyd oladi.