MARKETING STRATEGIYASI Ushbu tarkibiy qismda bozor aniqlab olinganidan
so’ng ushbu bozordagi xaridorlarga mahsulot va
xizmatlarni
qanday
qilib
yetkazib
berish
strategiyasini aniqlash kerak. O’rganib chiqilgan
bozorni zabt etish usullarini ishlab chiqish kerak. Bu
esa puxta marketing strategiyasini talab etadi.
Marketing
strategiyasini
ishlab
chiqish
va
rivojlantirish biznesingiz uchun muhim omil
hisoblanadi.
Juda sifatli mahsulot yaratish yoki innovatsion
texnikani
taklif
etish
xaridorlar
ishonchini
qozonishga va bozorni zabt etishga kamlik qiladi.
Potensial sarmoyachilar taklif etilayotgan mahsulot
yoki xizmatga xaridorlar to’lay oladigan narxni
belgilanishini va xaridorlarni zabt eta olinishiga
ishonch hosil qilishlari kerak.
Marketingning eng asosiy elementlaridan bo’lmish
reklama hozirgi zamonda tadbirkorlar uchun juda
samarali marketing quroli hisoblanadi. Reklama juda
muhim, lekin u marketingning yagona qismi emas.
Shuning uchun ham rejaning ushbu qismini sal
kengroq nazar bilan tuzish kerak.