Biznes reja
Reja:
Biznes va tadbirkorlik tushunchasi
Tadbirkorlik turlari va shakli
Firmalar
Biznes va tadbirkorlik tushunchasi
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo`lib, biznes nomini olgan. Biznes bilan shug`ullanuvchi kishilar biznesmen deyiladi. Keng ma`noda bironta ish bilan shug`ullanib, pul topishdan iborat faoliyat biznes deb ataladi.
Tadbirkorlik biznesning asosiy unsuridir. Ammo biznesda tadbirkorlikka aloqasi yo`q ishlar ham bor, masalan o`z mulkini ijaraga berish, pulini bankka qo`yish yoki yashirin yo`l bilan sudxo`rlik qilish. Bu ishlar pul topish yo`li, lekin tadbirkorlik emas
Tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag`larini foyda topish yo`lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni etkazib, kishilarga naf ksltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi.
Tadbirkorlik — bu o`z mulkini ishlatib yoki o`zga mulkidan amalda foydalanib, tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko`rsatish. Undan kutilgan maqsad esa pul topish. Bu ishni aholining maxsus toifasi — tadbirkorlar olib boradilar. Tadbirkorlik maxsus tayyorgarlik va iste`dod talab etadi. Tadbirkorlar sinfi bor, ular foydani ko`zlab ishlaydi, o`ziga to`q va farovon yashovchi guruhni tashkil etadi.
Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir.1
Bozor iqtnsodiyotiga o`tish davrida bo`lgan O`zbekistonda tadbirkorlar ishchi, xizmatchi va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi. Bu erda tadbirkorlar kichik va o`rta biznes bilan shug`ullanuvchilardan, fermyerlardan, tomorqa xo`jaligi sohiblaridan, hissadorlik jamiyati a`zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi, chunki u bozorga tovarlar va xizmatlarni muntazam etkazib beradi, bozordagi talabni to`ldiradi.
Dostları ilə paylaş: |