iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombi­natsiyalarini ifodalaydi



Yüklə 41,01 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü41,01 Kb.
#189012
ABDUSALOMOV NURIDDIN MIKRO


YOZMA ISH .
10- VARIANT. MADRIMOV ASADBEK.

  1. BEFARQLIKNING EGRI CHIZIG’I.

JAVOB.
Befarqlik egri chizig‘iiste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombi­natsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
Iste’mol tovarlarining turli xil assortimenti

Turli xil tovarlar to‘plami

Oziq-ovqat mahsuloti turlarining miqdori

Kiyim turlarining miqdori

A

20

30

B

10

55

C

40

20

D

30

45

E

10

20

F

10

45




1-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari
Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermay­di. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.
Byudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘r­satadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari va
byudjet chizig‘i


Turli tovarlar to‘plami

Oziq-ovqat (F)

Kiyim (C)

Umumiy sarflar, dollar

A

0

20

40

B

10

15

40

C

20

10

40

D

30

5

40

E

40

0

40







5 10 15 20 byudjet chizig‘i



2-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari va byudjet chizig‘i

  1. NORMATIV VA POZITIV TAXLIL.

JAVOB
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Iqtisodiy tahlilda “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi.
Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. SHu sababli ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida- alohida qarab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar - bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model - faqat asosiy omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema). Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.
Optimallashgan modellar - alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi.
Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi.
Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin.
Pepsi ichimligini narxi bilan uni sotib olingan miqdori o’rtasidagi munosabatni olaylik. Faraz qilaylik, sotib olingan Pepsi ichimligini miqdoriga ta’sir kolrsatishi mumkin bo’lgan1
Misol qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodchilaming jikricha, haridorlar ma’lum turdagi mahsulotni uning narxi pasaygach ко ’proq sotib olishini aytadilar. Iqtisodchilaming tushunishlaricha haridorlar та ’lum turdagi mahsulotni ba ’zan ko’p miqdorda, ba’zi hollarda kam miqdorda, ba’zan esa umumna sotib olmasliklari mumkin ekan. Harid qilishdagi bunday “narzga bog’liqlik tamoili ” alohida haridorga ham butun haridorlar guruhiga ham tegishlidir. Iqtisodiyotdagi boshqa teng- tannarxli narsalar tamoyili farazlarini ilgari surib, iqtisodchilar boshqa-teng-tannarxli narsalar tamoyili iborasini qo ’llaydilar. Ularning taxminlaricha, nazarda tutilgan boshqa barcha o’zgaruvchi mahsulotlar muayyan analiz uchun.
3.UMUMIY NAFILLIK VA CHEKLI NAFILLIK.
JAVOB.
Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.
Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘¬liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydali¬ligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq mud¬datliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.
Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘l¬chab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, bal¬ki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.
Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir to¬var yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umu¬miy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shim¬cha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’¬mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naf¬lilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naf¬lilikdir.
Yüklə 41,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin