MAVZU: ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI
1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari.
2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. Nominal va real ish haqi.
3. Ish haqining shakllari.
4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va tarkibiy
tuzilishi.
Yaratilgan
mahsulotni
taqsimlanish-
ning asosiy
yo’nalishlari
Umuman olganda mahsulotni va daromadlarni taqsimlash doim
bir xil bo’lmaydi, shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy
munosabatlar
tizimiga, jumladan, mulkchilik munosabatlariga
bog’liq bo’ladi.
Milliy mahsulotdan eng avvalo
shu mahsulotni yaratishda
qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i,
amortizatsiya summasi ajratib qo’yiladi, chunki bu summa asosiy
ishlab chiqarish vositalarini qayta tiklash uchun zarurdir.
Undan keyin turli xil tabiiy ofat va boshqa turli xil tasodifiy
hodisalarning ta'sirini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatishni o’z maromida to’xtovsiz olib borishni kafolatlash
uchun
zaxira fondlari, kam ta'minlangan oilalarni himoya qilish
uchun nafaqa hamda
ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi.
Davlatni
boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash,
aholining tinch hayotini va mehnatini qo’riqlash, mamlakat
miqyosida fan,
madaniyatni, ta'lim tizimini, sog’liqni saqlashni
rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko’pdan-
ko’p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yaratilgan ichki milliy mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga
qarab taqsimlanadigan qismi ish