O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KI FAKULTETI
____ATS_12_21____
GURUH TALABASINING
KOMPYUTER TARMOQLARI
FANIDAN
Bajardi:
Murodaliyev S
Qabul qildi:
Muhammadiyeva Y
BIZNESDA SWOT TAHLIL
“SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar
bo‘yicha strategik rejalashtirish va qaror
qabul qilishda yordam beradigan usul
hisoblanadi.
•
“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning
qisqartmasidan olingan:
•
S – Strengths (Kuchli tomonlar);
•
W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
•
O - Opportunities (Imkoniyatlar);
•
T - Threats (Xavflar).
•
Siz o‘z loyihangiz g‘oyasini aniqlaganingizdan keyin,
uni tahlil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif
tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz
lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni
osonlashtiradi.
•
Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida
qanday xavflar bo‘lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT”
tahlili sizga yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan
muammolarga oldindan ta’sir qilishingiz mumkin bo'ladi.
•
"SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish
etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar
ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka
imkoniyatlar va xavflar qo‘yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.
•
S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli
tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yo‘lida
foydalanishni o‘rgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan to‘la foydalanish lozim.
Masalan, jamg‘armalarning grant tanlovlariga loyiha hujjatlarini topshirish
yoki Toshkentdagi katta sport majmualariga murojaat qilib, ularga loyiha
to‘g‘risida so‘zlab berish va ulardan kerak bo‘lmagan sport anjomlarini
hadya qilishlarini so‘rash mumkin.
•
S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli
tomonlarni qo‘llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi.
Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bo‘lgani uchun, tashkilot
orqali reklama qilish yoki ma‘lumot tarqatish samarali bo‘ladi. Yoshlarni
qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bog‘liq qiziqishlari
qandayligini bilish uchun so‘rovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va
muhokamalar o‘tkazish lozim.
•
W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya
imkoniyatlardan kamchiliklarni to‘ldirish yo‘lida foydalanishga xizmat
qiladi. Masalan, yuqoridagi misolimizda bepul ijaraga berilgan joyni
remont qilish kerakligi kamchilik sifatida keltirilgan. Buni qanday qilib
imkoniyatga aylantirish mumkin? Bu loyiha jamiyatga foyda
keltiradigan va yoshlarning samarali vaqt o‘tkazishlarini ta’minlash
uchun yaratilayotgani bois banklar osonlik bilan imtiyozli kredit berishi
mumkin. Shahar hokimiyati buning uchun tasdiqlovchi xat yozib berishi
mumkin.
•
S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli
tomonlarni qo‘llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi.
Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bo‘lgani uchun, tashkilot
orqali reklama qilish yoki ma‘lumot tarqatish samarali bo‘ladi. Yoshlarni
qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bog‘liq qiziqishlari
qandayligini bilish uchun so‘rovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va
muhokamalar o‘tkazish lozim.
•
W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) – Bu strategiya
kamchiliklar va xavflarning ro‘y berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi.
Masalan, ishchilarning ishtiyoqi kamaymasligi uchun ular bilan uzoqroq
muddatga shartnoma tuzish yoki ularga ko‘proq imtiyoz berish mumkin.
Ishchilarni boshqaruv jarayoniga jalb qilish, ularning fikr va mulohazalarini
inobatga olish ham ishchilarni ruhan qo‘llab-quvvatlaydi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!!!
Dostları ilə paylaş: |