Makrosharoitlar Siyosiy sharoitlarning baholanishi:
Raqobatchilik imkoniyatlarining (antimonopol, soliq imti- yozlari, tashqi iqtisiodiy faoliyat va boshq.) tengligini ta’minlab turuvchi siyosiy sharoitlar mavjudmi?
Biznesni nazorat qilish uchun qonunchilik bazasi mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, unda ular samarali hisoblanadimi?
Mavjud ichki iqtisodiy siyosat sharoitida yangi biznes turining normal rivojlanishi imkoniyati mavjudmi?
Ko‘rilayotgan biznes turining normal rivojlanishiga xalqaro siyosiy infratuzilma (ikki tomonlama va ko‘p tomonlama keli- shuvlar, tashkilotlar va ularning tavsiyanomalari) yordam qilmoq- dami?
Ko‘rilayotgan biznes turining siyosiy xavf-xatari kattami?
Iqtisodiy sharoitlarning baholanishi:
Mamlakatda umumiy biznes faoliyati darajasi biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatadimi?
Mamlakatda moliyaviy-kredit sharoitlan ijobiy tus olganmi?
Belgilangan soliq me’yori, qayta moliyalashtirish stavkasi va bank foizi sharoitida biznesning normal rivojlanishini kuzatish mumkinmi?
Mavjud inflyasiya darajasi sharoitida biznesning normal rivojlanishini kuzatish mumkinmi?
Ishlab chiqarish-sotuv operatsiyalaming iqtisodiy xavf-xatar darajasi yuqorimi?
Ijtimoiy sharoitlarning baholanishi:
Ko‘rilayotgan biznes uchun jamiyat tuzulmasining ahamiyati bormi, agar bo‘lsa, ijobiy hisoblanadimi?
Daromadning tarkibiy tuzishi va daromad taqsimot dara- jasining mavjud tuzilmasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, talabning normal rivojlanish imkoniyati mavjudmi?
Jamiyatda mavjud tuzilma va iste’molchilar manfaatlari dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadimi?
Jamiyatda mavjud ta’limga, mehnatga, dam olishga, oilaga va hukumatga oid munosabatlar majmuasi bisnezni rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladimi?
Ko‘rilayotgan biznes turining ijtimoiy xavf-xatar darajasi yuqorimi?