Nazorat uchun savollar
Biznes g'oyaning mazmuni nimadan iborat?
Biznes g‘oyani ishlab chiqish uchun nimalami bilish talab etiladi?
Ehtiyojlar, xohishlar deganda nimani tushunasiz va ular orasida qanday farqlik mavjud?
Ehtiyojlar turlarini sanab о ‘ting.?
Har bir ehtiyoj uchun uning xarakteristikasini berib о ‘ting.?
Yader foydalilik o‘zi nima va и qaysi maqsadlarda qo‘llaniladi?
Biznes g ‘oyani shakllantirishdagi bosqichlami sanab chiqing.?
Ehtiyojlar tuzilmasi va shaxsiy kapital nima uchun o‘tkaziladi?
Xavf-xatar omillarini qanday klassifikatsiya qilish mumkin ?
Biznes g‘oyani aniqlab olishdagi zarur savollami tuzib chiqing.?
Qanday qilib iste ’molchining biznes orqali olgan foydasini aniqlash mumkin ?
4-mavzu. Diversifikatsiya va integratsiya
Reja:
Diversifikatsiya tushunchasi va uning mohiyati.
Diversifikatsiya turlari. Oldinga va orqaga integratsiya.
Diversifikatsiyanmg afzalliklari va kamchiliklari.
Diversifikatsiya tushunchasi va uning mohiyati.
Diversifikatsiya tushimchasi lotincha «diversuficatio» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgarish, xilma-hil taraqqiyot degan ma’nolarni bildiradi. Diversifikatsiya so'ziga hozirgi kunda umumiy tarzda quyidagicha ta’riflar beriladi. Diversifikatsiya — korxona (birlash- ma)laming faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turlarining kengayishi, yangilanib turishidir. Diversifikatsiya — bir-biri bilan texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish turlarining bir vaqtda rivojlanishi va mahsulot turlarining ko‘- payishidir1.
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashdan maqsad ishlab chiqarish subyektlarini ixtisosligiga bog‘liq bo‘lmagan yangi mahsulotlar bozoridagi faoliyatini kengaytirish, ulami marketing strategiyasini rivojlantirishga yo‘naltirishdir. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Ilgari bir sohada ixtisoslashgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya va boshqa sohalardagi firmalaming boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalariga, birinchi navbat- da, yuqori samara beradigan sohalarga kirib borishi, ulaming xo‘ja1ik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytirish diversi- fikatsiyaning asosiy tamoyilidir.
Diversifikatsiyaning asosiy ikki ko‘rinishi yaxshi rivojlangan. Ular quyidagilar:
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi. Bunda diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko‘rsa- tadigan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik jihatdan o‘zaro boglangan majmualar vujudga keladi.
Bunday majmualarga agrosanoat majmuasi, o‘rmon-sanoat majmuasi va boshqa shunga o‘xshash majmualami misol keltirish mumkin.
Kredit diversifikatsiyasi. Bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagMar xavf-xatarini kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obyektlar o‘rtasida taqsimlanadi. Kredit diversifikatsiyasining rivojlanishiga tarmoqlararo kapital konsent- ratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ladi.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari o‘rtalarida rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keldi va keyinchalik boshqa mamlakatlarda rivojlandi. Rivojlanishdagi bu nomuta- nosiblik diversifikatsiya xarakteriga ta’sir etuvchi omillami shartli ravishda ikki guruhga bo‘linishiga olib keldi.
0‘ziga xos omillar. 0‘ziga xos omillar diversifikatsiyaning, dastavval, AQSH, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlana boshlashi va ushbu mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan. Bu omillar, keyinchalik ham boshqa davlatlardagi diversifikatsiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb eta boshlagan.
Umumuy omillar. Bu omillar diversifikatsiyalash jarayoni keyinchalik rivojlangan davlatlarga tegishli bo‘lgan umumiy omilladir. Ularga ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda olish uchun kurash, raqobat kurashi, texnika taraqqiyotidan qolib ketmaslik va boshqa omillar kiradi.
Diversifikatsiyada finnalar, ayniqsa, monopol firmalarning ko‘p tarmoqlilik ta’siri oshadi. Ular awalo ko‘p daromadli, tez rivojlangan sohalar (masalan, elektronika, kimyo)da faohyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga shu mahsulotlar uchun zarur bo'lgan xomashyolami ham o‘zlari tayvorlashga kirishadilar. Mablag‘lar kam daromadli sohadan tejalib, ko‘p daromad keltiradigan tarmoqlarga sarf etiladi.
Masalan, AQSH konsernlari xizmat ko‘rsatish, qurilish ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlami ijaraga berish va boshqa ishlar
Birinchi Prezidentimiz iqtisodiyotni tarkibiy a‘zgartirish va diversifikatsiya qilish jarayonlari borasidagi islohot va yangilamshlar
yo‘nalishini 2000-yildayoq belgilab olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modemizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘yayotganligini, buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz
va resurslarimizni safarbar etishimiz zarurligini qayd etdilar. Shuningdek, 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish to‘g‘risidagi masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modemizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralami egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnoJogiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy dasturning yana bir muhim ustuvor yo‘nalishi — boshlangan tarkibiy o‘zgarishlami va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonini davom ettirish natijasida korxona va tarmoqlar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmat turlarini yangilash, yangi o‘zak tarmoqlami barpo etish iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirish kabilarda erishiladi (5.2-rasmga qarang).
Tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish 2008 yilda tarmoqlardagi yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minladi. Jumiadan:
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 12,7 foizga;
xizmat ko‘rsatish - 21,3 foizga;
transport xizmati hajmi — 10,2 foizga o‘sdi.
Mamlakatimiz YAIM o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’-
minlashda iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlaming yuqori o‘sish sur’atlari mustahkam zamin tayyorlamoqda. Jumladan, 2013 yilda sanoat ishlab chiqarishi 8,8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,8 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 15,8 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘sdi
Dostları ilə paylaş: |