Biznesning strategik tahlili biznes g‘oyaning tahlilidan bosh- lanishi bejiz emas albatta. Gap shundaki, o‘zining biznes g‘oyasiga ega bo‘lmagan korxonada maxsus biznes-muhiti ham bo‘lmaydi, modomiki, uning strategik joylami baholash, kelajakdagi mayjud- ligini va rivojlanish masalalari haqida strategik yechimlar qabul qilish, eng muhimi esa ma’lum bir xatti-harakatlar rejasini tuzish ilojisi yo‘q.
Biznes g‘oya korxona biznes muvaffaqiyatining asosiy sharti hisoblanadi. Bu narsa biznes g‘oya tushunchasi faoliyat ko‘rsa- tayotgan korxonaga mos kelishi va shu korxonaga qarab mosla- shishi kerak degani emas. Biznes g‘oya bo‘lsa, korxonani tuzish qiyin ish emas.
Biroq biznes g‘oya faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaga birikishi lozim bo‘ladi, chunki korxona egalik qilgan kapital xaridor uchun yangi qiymatni tuzishda asos bo‘lmogi zarurdir. Bunday kapital korxonada bo‘lmasa, unda uni topish va sotib olish uchun sarflangan kuchlar korxonani yo‘q bo‘lib ketishi bilan ifodalanishi mumkin.
Agarda korxona hech qanday o‘zgarishlar ro‘y bermaydigan statik muhitda faoliyat ko‘rsatganda edi, unda strategik rejalash- tirishga hojat qolmas edi. Ammo bizning muhitimiz oxir-oqibatda iqtisodiyot, texnologiya, siyosat, jamiyat, madaniyat nuqtai nazar- dan o‘zgarib boradi. Shuning uchun, strategik rejalashtirish va tahlil bu o‘zgarishlarga bir paytning o‘zida reaksiya, bu o‘zga- rishlarga moslashish vositasi hamda shu o‘zgarishlardan kelib chiqib, korxona kelajagini yaratishda zamin bo‘ladi.