Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Diversifikatsiya turlari. Oldinga va orqaga integratsiya



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə35/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Biznes strategiyasi

Diversifikatsiya turlari. Oldinga va orqaga integratsiya

0‘z turkumlanishi bo‘yicha diversifikatsiyaning bog'langan va bog'lanmagan (konglomeratli) turlari farqlanadi. Ba’zida uni lateral {lot. lateralis — yonlama) diversifikatsiya deb atashadi. 0‘z nav- batida, bog‘langan diversifikatsiya vertikal yoki gorizontal boMishi mumkin. Diversifikatsiya turlarini aniqlashning asosiy mezoni - bu qo‘shilish tamoyilidir.


Funksional qo‘shilish holatida ishlab chiqarish bilan bog‘liq korxonalar o‘zarо birikadilar. Korxonalar o‘rtasidagi investitsion qo‘shilish holati, o£zaro ishlab chiqarish shakliga ya’ni bog‘langan vertikal diversifikatsiyaga ko‘ra amalga oshmaydi.
Vertikal diversifikatsiya - bu korxona tarafidan eski mahsu­lotni ishlab chiqarish jarayonini o‘z ichiga olgan texnoiogik zanjiming ma’lum bosqich tarkibiga yangi ishlab chiqarishni jalb etishdir. Vertikal integratsiyaning mohiyati shundan iborat: mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlami bozorda boshqa korxonalardan sotib olmasdan, o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda mustaqil ta’minlashga qaratilgandir. Ishlab chiqarish va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish tizimida turli strategik ahamiyat kasb etuvchi zanjirlarni nazorat qilish va korxona o‘zining samaradorlik qobiliyatini oshirish orqali integratsiya strategiyasi o‘z-o‘zini oqlaydi.
Vertikal integratsiya strategiyasi qachon o‘zini oqlaydi? Agar korxona mahsulotni ishlab chiqarish va sotish zanjirida muhim strategik bo‘g‘inlarni nazorat etish hisobiga rentabelligini oshira olsa, u holda ushbu strategiya o‘zini oqlaydi.
Vertikal integratsiya natijasida turli darajadagi ishlab chiqarish bosqichidagi bo‘limlaming (firmalar) o‘zaro qo‘shilishi kuzatiladi. Bu holatlarda vertikal integratsiyaning quyidagi turlari uchraydi:

  • ishlab chiqarish faoliyatining to‘liq integratsiyasi;

  • qisman integratsiya, bu holatda mahsulotning ma’lum bir qismi korxonada ishlab chiqariladi, qolgan qismi boshqa korxo- nalardan sotib olinadi;

  • kvazintegratsiya — xususiy mulkchilik huquqiga o'tmagan holda integratsiyaga qiziquvchi kompaniyalar orasida uyushmani tashkil etish. Ko‘pincha bunday turdagi integratsiya integratsiya' lashuv yo‘nalishiga ega va ishlab chiqarish zanjiridan o‘rin olgan koixonalar tarafidan amalga oshadi.

  • oldinga (to‘g‘ridan to‘g‘ri) integratsiya;

  • orqaga (teskari) integratsiya.

  • Vertikal integratsiyaning kuchli tomonlari:

  • xo‘jalik aloqalarining stabilligi;

  • yetkazib berishlaming kafolatlanganligi;

  • resurslar ustidan nazorat;

  • kapital aylanmasi va xarajatlar qoplanish muddatining tezlashuvi;

  • texnologiyalarga ega bo‘lish.

Teskari integratsiyada korxona awallari ta’minotchi tomonidan amalga oshirilgan bir necha funksiyalami o‘ziga qaytarib olib, xomashyo manbalari, ishlab chiqarilgan butlovchi mahsulot va yarimfabrikatlar ustidan nazorat o'matadi. Ushbu turdagi integ- ratsiyaning maqsadi ahamiyatga ega bo‘lgan strategik xomashyo manbaini himoyalash yoki asosiy faoliyat uchun muhim bo‘lgan yangi texnologiyalarga kirish va ularni o‘zlashtirishdan iborat.
«Du Pont» yirik kimyoviy kompaniyasi teskari vertikal integ- ratsiyasini tanlab, o'zining neflga bo‘lgan ehtiyojini neft qazib oluvchi korxonalar hisobiga qoniqtirdi. Ushbu usulning o‘ziga xos ijobiy taraflari nazoratni kuchaytirish, koordinatsiyani yax­shilash va xarajatlarni kamaytirishga asoslanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiyada korxona awal distribyutorlar tarafidan bajarilgan transport, servis xizmatlari, ta’minot kanallari va firmaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq boshqa funksional xizmatlami o‘ziga qaytarib oladi.
Ushbu holatda korxonaning motivatsiyasi mahsulot ta’mi- notini nazorat qilish va o‘z iste’molchilarini yaxshiroq bilishdan iborat. Jozibali tarmoqda kuchli raqobat holatiga (bozordagi maqeyi, ulushi muhim bo‘lgan) korporatsiya uchun ushbu strategiya mantiqiy strategiya hisoblanadi. Vertikal integratsiya ichki, hamda tashqi omillami mobilizatsiya qilish hisobiga amalga oshiriladi.
«Ford» kompaniyasi zavodida ishlab chiqarish jarayoni shunday tashkil etilgan: dastlab zavodga metall, temir qotishmasi kirishini va yakunida zavoddan tayyor avtomobil chiqishini kuzatish mumkin.
Korporatsiyalar tarafidan bu turdagi strategiyalarni tanlanish sababi, xomashyo va tayyor mahsulotlar narxining bir xil darajada emasligi. Xomashyo ustidan o‘rnatilgan nazorat uning birmuncha arzonlashuviga va xomashyo manbalariga erishishini kafolatlaydi. Ushbu nazorat past ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq raqobat ustunliklarining zaruriy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ta’minot kanallarini nazorat qilish yoki sotish xizmatlarining o‘zaro hamkorligi sinergetik samara olish im­konini beradi.
Odatda, teskari integratsiya to‘g‘ri integratsiyaga ko'ra bir muncha foydaliroqdir. U korporatsiyaning strategik egiluv- chanligini kamaytirishi mumkin. Bu esa sotilishi qiyin bo'lgan qimmatbaho aktivlami o'zlashtirish bilan bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqdan chiqib ketishning yuqori to'siqlarini vujudga keltiradi.
Vertikal integratsiya ko‘pincha metallurgiyaga, qog‘oz ishlab chiqarishga, kimyoviy mahsulotlarga, shuningdek keng rivoj- lanayotgan neft biznesiga xos. Vertikal integratsiya korxonaning turli bo‘limlarini o‘zaro hamkorlikda ishlashi va birgalikda resurslardan foydalanish asosidagi sinergizm hisobiga daro- madlaming ortishini ta’minlaydi.
Integratsiya jarayonida ishlab chiqarishning texnologik darajasi ortishi, transaktsion xarajatlarni pasayishi, shuningdck, xomashyo manbalariga yetishish mumkin.
Gorizontal integratsiya yoki bogMangan gorizontal diversi­fikatsiya — bu bir faoliyat sohasida ishlovchi va raqobatlashuvchi korxonalaming o‘zaro birlashmasidir. Gorizontal integratsiyaning asosiy maqsadi ma’lum raqobatchilarni yutish yo‘li yoki ularni toliq nazoratga olish yo‘li bilan firma holatini kuchaytirishdir. Gorizontal birlashuv ishlab chiqarish hajmida iqtisod qilishga yoki raqobat kurashi xavfini pasaytirishga, shuningdek, xizmat yoki mahsulot assortimentini kengaytirishga yordam berishi mumkin.
Gorizontal diversifikatsiyaning ahamiyatga molik tarafi bozor- larni jug'rofiy kengaytirish, natijada bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi lekin turli xududiy bozorlarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalami o‘zaro birlashtirishdir. Gorizontal divereifikatsiyaga klassik misol tariqasida Amerikaning pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyalami alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va mah­sulotlar bilan ta’minlash sohasiga kirib kelishini keltirish mumkin. Bu holatda ishlab chiqariluvchi mahsulot turi ko‘paydi va iste’molchilar doirasi yanada kengaydi.
1997-yilda spirtli ichimliklar sotuvchi ikkita Amerika firmala- rining birlashuvi natijasida «Diageo» nomli yangi yirik kompaniya tashkil etildi. Ushbu kompaniya spirtli ichimliklar bo‘yicha Amerika bozorida yetakchi o'rinni egallab, raqobatchi kompa- niyadan mahsulotlarini ikki barobar ko‘p sotish orqali o‘zib ketdi.
Bog‘lanmagan diversifikatsiya yoki oddiy diversifikatsiya bunda korxona bosh faoliyati bilan to‘geridan tug‘ri bilvosita aloqaga ega bo‘lmagan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Agar integratsiya uchun imkoniyatlar cheklangan boMsa yoki umuman mavjud bo£lmasa yoki raqobatchi holati kuchli bo‘lsa, diversifikatsiya to‘g‘ri deb hisoblanadi.
Bunday turdagi diversifikatsiyada umumiy bozorlar, resurslar, texnologiyalar mavjud bo‘lmasligi mumkin, biroq faoliyat maydonida aktivlaming taqsimlanish yoki almashinish hisobiga samaraga erishiladi. Bu asosan kapital diversifikatsiyasi, lekin ishlab chiqarish diversifikatsiyasi (konglomerat diversifikatsiyasi) emas.
Investitsion resurslar va pul oqimlarini optimal boshqarish natija­sida konglomeratli birikishning foydali jihatlari kuzatiladi. Ushbu diversifikatsiyada birmuncha ahamiyatli motiv sifatida o‘suvchi yoki yuqori foyda keltiruvchi sohatarda birikishga intilish, xavfni taqsimlash, boshqaruv tajribasini qo‘llash, ba’zida soliq imtiyozlari rolini o‘ynashi mumkin. Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, diversifikatsiya ko‘pincha shaxsiy ambitsiyalar yoki oddiy holatlar bilan ifodalanadi.
0‘suvchi tarmoqda diversifikatsiya u yoki bu tarmoqning uzoq muddatli stagnatsiyasi bilan bog'liq boMishi mumkin. Stagnatsiya — yarim yildan ko‘p bo‘lgan muddatda ishlab chi­qarishni pasayishi, yalpi milliy mahsulotni o‘sishi nolga tengligi yoki pasayishi bilan xarakterlanadi. Masalan, tarmoq bozori yetuklik bosqichiga yetganda, o‘rtacha raqobat pozitsiyasiga ega bo‘lgan kompaniya qiyinchiliklarni sezadi va bu yerda eng katta ehtimolli strategiya tarmoqga bog‘lanmagan diversifikatsiya paydo bo‘ladi. Har doim shuni yodda tutish kerakki, yangi mahsu- lotlarni ishlab chiqishda diversifikatsiyadan tezda (qisqa mud­datda) foyda olib bo‘lmaydi.
Diversifikatsiya barcha bozor omillarining moliyaviy taraflarini, shuningdek, diversifikatsiyalangan firma boshqaruv masalalarini to‘liq o'rganishni talab etadi. Diversifikatsiyada vaqt omilini hisobga olish muhimdir. Agar kompaniya yangi sohaga erta kirib kelsa, bu muvaffaqqiyatning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Bozomi kengaytirish bilan bog'liq bolgan muvaffaqqiyatning asosiy omillaridan foydalanish va daromadni oshirish maqsadida, korxona odatda tez sur’atlarda o‘suvchi mahsulot bozorlariga chi- qishga harakat qiladi. Afsuski, quyida keltirilgan sabablar natijasida bir qancha ahamiyatga molik xavflar (tavakkalchilik) kuzatiladi:

  • Bozoming samarali faoliyatini ta’minlovchi tarmoq raqo­batchilar soni maksimal darajaga yetishi mumkin (shaxsiy kompyuterlar va nusxa ko‘chirish texnikalari).

  • Ta’minot kanallari barcha korxona mahsulotlarini sota (reali- zatsiya qila) olmaydi.

  • Sotish texnologiyasi, usullari va shakllarining o‘zgarishi muvaffaqqiyatning asosiy omillarining o‘zgarishiga olib keladi.

Ammo har qanday firma ham ushbu o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslasha olmaydi.

  • Bozoming aldamchi o‘sishi.

Aynan yuqorida keltirilgan sabablar tufayli o‘zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishi, ya’ni, an’anaviy tarmoqdagi faoliyatni to‘g‘ri boshqarish evaziga korxona uchun yangi tarmoqlarga chi- qishdan ko'ra sezilarli darajada xavfni kamaytirishi imkoniyatini beradi. Bog‘langan diversifikatsiya va integratsiyaning taqqos­lanmasi quyidagi 5.2-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin