Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə25/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

 Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi.

Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.

Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o’z qo’liga olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar ko’ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so’kildi va yaroqsiz holga kelib qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo’jalik subyektlarining erkinligini cheklab qo’yuvchi turli xil markazlashgan buyruq va ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.

Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo’limi yoki boshqa iqtisodiy bo’lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining ahamiyati yo’q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo’lib, ularga ko’ra korxona faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta’minlanadi. Shu sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto’g’ri bo’lar edi. Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar o’z faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor mexanizmi subyektiv omillar asosiy rolni o’ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda taqsimlashga qaraganda qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga qarshi bo’lganlarni «tog’ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.

Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishning majburiy vositasi bo’lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to’liq bekor qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3 yillik rejalar bo’yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo’yicha ishlamoqda. Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog’liq bo’lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so’ng o’tgan yil davomida erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o’zgartirishlar kiritiladi.

Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim bo’lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi. Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini olishga imkon beradi.

Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi.

Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.

Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin