Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə72/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar

Respublikamizda, asosan, soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimida umumrespublika budjeti yetakchi bo‘g‘indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi.


Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda, jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag‘ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika budjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Тoshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika budjetidan davlat budjetining bu bo‘g‘ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti pul mablag‘larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘g‘ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy budjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyat- ning yuksalish sur’atlari to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy xo‘jalik zaxiralarini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, umuman, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy budjetlardan uy- joy-kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshq.), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Soliq kodeksiga muvofiq, soliqlar deganda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda, ushbu kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksiga binoan, umumdavlat va mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Umumdavlat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  4. aksiz solig‘i;

  5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

  6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. Ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

  • yagona ijtimoiy to‘lov;

  • fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar.

  1. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

  1. davlat boji;

  2. bojxona to‘lovlari.

Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda quyidagilar
umumdavlat soliqlar tarkibiga kiritiladi:

  • yagona soliq to‘lovi;

  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. mol-mulk solig‘i;

  2. yer solig‘i;

  3. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

  4. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz

ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  1. ayrim turdagi tovarlar bilan savdo qilish va xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

  2. yagona yer solig‘i — soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi

qo‘llanilganda.
Undan tashqari, davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Soliq kodeksiga asosan, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq to‘lovchilar, shuningdek, ana shu soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur elementlar:

  • soliq solish obyekti;

  • soliq solinadigan baza, stavka;

  • hisoblab chiqarish tartibi, soliq davri.

Soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi belgilab qo‘yilgan taqdirdagina
belgilangan, deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari hamda ularning soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilishi uchun asoslar ko‘zda tutilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi.
Soliq solish obyekti — soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat natijasidir.
Soliq solinadigan baza — soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Stavka — soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi. Stavkalar bo‘yicha kodeks bilan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi — soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek, imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Kodeks bilan belgilangan hollarda, soliq va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Soliq davri — u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda
soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.
Soliq davri bir necha hisobot davriga bo‘linishi mumkin bo‘lib, ularning yakunlari bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar — kodeks, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tibo-ran, ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar Bosh boshqarmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno.
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin