Baho siyosatini maqsadlarini qo’yish. Korxona baho siyosatining maqsadlari, «Korxonaning tavsiflanishi» bo’limida ko’rsatilgan umumiy maqsadlar asosida shakllanadi.
Odatda baho siyosatining uchta uzoq muddatli maqsadlarini ajratib ko’rsatiladi:
sotishni ta’minlash (yashab qolish, sotish xajmini ta’minlab turish)
foydani maksimallashtirish;
bozorni saqlab qolish;
Sotishni ta’minlash - bozorda ko’plab o’xshash ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lgan qattiq raqobat sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy maqsadi. Bozorni katta qismini egallash va sotish xajmini oshirish uchun pasaytirilgan baholar - kirib borish baholari qo’llaniladi.
Foydani maksimallashtirish maqsadini qo’yilishi, korxona o’z joriy foydasini maksimallashtirishga intilayotganligini bildiradi. Korxona bahoning turli darajalarida talab va xarajatlarni tahlil qiladi va xarajatlarni maksimal qoplanishini ta’minlaydigan bahoni tanlaydi.
Bozorni saqlab qolish maqsadi korxonaning bozordagi mavjud holatini va o’z faoliyati uchun maqbul sharoitlarni saqlab qolishni ko’zda tutadi. Bu esa sotish xajmini tushib ketishi va raqobat kurashining keskinlashuvini oldini olish uchun turli chora-tadbirlarni qo’llashni talab qiladi.
Uzoq mudatli maqsadlardan tashqari korxona baho siyosatining qisqa muddatli maqsadlarini ham qo’yishi mumkin. Ularga odatda quyidagilarni kiritish mumkin:
Talabni aniqlash biznes-rejaning ''Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o’rganish'' bo’limida mufassal yoritiladi(8.2§).
Dostları ilə paylaş: |