Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim bo‘lishi mumkin? Qonun- chilikka muvofiq, balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘zi ixtiyor etgan qonunga zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni — mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishga ega. Тadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo‘lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Тadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning uch guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Тadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari — innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi;

  2. tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi

tadbirkorlar;

  1. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan

shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:

    1. foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;

    2. ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.

Тadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:



  1. Shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha bilimga egaligi.

  2. Тavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha

tashabbuskorlik qobiliyati.

  1. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olishi.

  2. Qonunlarga itoatkorligi.

  3. Innovatsiyachilikning faolligi.

  4. Maqsad sari intiluvchanlik.

  5. Тashkilotchilik.

  6. Тejamkor bo‘lishi.

  7. O‘z so‘zining ustidan chiqishi.

  8. Ruhiy poklik va halolligi.

  9. O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Тadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:


  1. Mulk munosabatlarining uyg‘unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi:



  • egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la hukmronlik

qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;

  • foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;

  • tezkor boshqarishni, ya’ni mulk egasining nazorati ostida resurslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.

  1. Тadbirkorlarga o‘z qobiliyatini to‘la namoyon etish uchun quyidagi

iqtisodiy erkinliklarning berilishi:

  • mahsulot turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;

  • hamkorlarni mustaqil tanlash;

  • mablag‘larni qonunga zid bo‘lmagan sohalarga mustaqil sarflash

erkinligi va h.k.

  1. Bozorning ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish

kuchi, xomashyo harakati uchun sun’iy g‘oyalarning yo‘qligi.

  1. Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunga quyidagilar kiradi:



  • tijorat banklari;

  • tovar, fond, mehnat, valuta birjalari;

  • tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;

  • ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa

vositalari;

  • ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va h.k.



  1. Тadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya’ni

tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.

  1. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to‘lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va h.k.

Тadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tad- birkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni bilishi lozim. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashi va to‘g‘ri yo‘l tanlay olishi zarur. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.


Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko‘maklashuvchi
tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:



  1. Yüklə 0,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin