Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o’rganish
Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining barcha jabhalari bo’yicha qaror qabul qilish bilan bog’liq. Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o’rganish bo’yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yo’nalishlarini tavsiflaymiz.
Bozorni va sotuvni tadqiq qilish. U korxonaning kelgusi faoliyatini belgilash uchun bozor sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. Bozorni va sotuvni tadqiq qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagilarni qamrab oladi:
bozor sig’imini baholash;
bozorni segmentlash;
bozor o’zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish;
bozor tuzilmasini o’rganish;
sotuv hajmini bashorat qilish.
Bozor sig’imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tovar bozori sig’imi deganda belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish imkoniyatlari tushuniladi. U iste’molchilar talabi va tovar taklifi miqdori bilan tavsiflanadi. Bozor sig’imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi.
Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud: potentsial va real (haqiqiy). Bozorning haqiqiy sig’imi birinchi bosqich sanaladi. Potentsial daraja shaxsiy va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks ettiradi. Real bozor sig’imi potentsial bozor sig’imiga mos kelmasligi ham mumkin.
Bozor sig’imini baholash natural va qiymat o’lchamida o’lchanib, quyidagi formulaga asosan topiladi:
BS=MM+IX-EX,
bu erda:
BS – bozor sig’imi;
MM – milliy mahsulot ishlab chiqarish;
IX – import hajmi;
EX - eksporta hajmi.
Bozorning import sig’imi quyidagicha aniqlanadi
Dostları ilə paylaş: |