To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish tartibi To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Imtiyozlarga ega bo’lish uchun esa Soliq kodeksi 67-bob 472-moddasi aytib o’tilgan shartlarga javob berishi kerak bo’ladi. Bu quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi.
Yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan hududlarga joylashtirilganda
Chet ellik investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari O’zbekiston Respublikasi kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda
Yuridik shaxslarning ustav fondida chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo‘lganda
Chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda
Soliq kodeksinig 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qo’llanishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga
yo’naltirilganda
Ruxsatnoma quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
Bu hujjatda esa soliq to’lovchi haqida to’liq ma’lumot beriladi
Soliq Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat o‘tganidan keyin bir yil o‘tmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining o‘rni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Soliq kodeksi 67-bobida nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan davr uchun soliqlar Soliq kodeksning VIII bo’limida nazarda tutilgan penyalar qo‘llanilgan holda, umumbelgilangan tartibda to‘lanadi.
Soliq imtiyozi yo’qotilganini ifodalovchi hujjat