Advokatlik sub’yektlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq kodeksi 70-bobida “Advokatlar hay’ati, advokatlik firmaliga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari” haqida aytib o’tilgan. Unga ko’ra advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, lekin bundan quyidagilar mustasno:
Bojxona to‘lovlari
Ijtimoiy soliq
Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va yig‘imlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII bo’limida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solish obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar Soliq kodeksining 71-bobida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, Soliq Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to‘lash tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan stavkalar bo‘yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
Xulosa
Maxsus iqtisodiy zonalar-bu tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb qilishga qaratilgan aniq huquqiy tartibga ega bo'lgan hududlar bo’lib hisoblanadi. Ushbu zonalar odatda hukumatga qarashli bo'sh yoki harakatsiz mulklarda va qishloq xo'jaligiga tegishli bo'lmagan yerlarda o'rnatiladi. Maxsusu iqtisodiy zonalarni har tomonlama rivojlantirish uchun soliq va bojxona to’lovlaridan bir qator imtiyozlar beriladi. Bu mamlakat iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Shu imtiyoz va yengilliklar natijasida chet el kapitali kirish oqimi ko’payadi. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyat ham chet el valyutasini olib kirishning eng qulay usulalridan biri. Bu bilan birga, bir qator yangi texnologiyalarning olib kirilishiga ham guvoh bo’lamiz. Daromadni ham oshirish mumkin. Ya’ni agar chet ellik investorlar shu faoliyatga investitsiya tikishsa soliq tushumlari davlat xizmati orqali tushgan daromaddan ko’ra ko’proq bo’ladi. Agar bu ishlar ham davlat tomonidan qilinsa unga ketgan xarajatlar, keladigan daromaddan ko’ra ko’proq bo’ladi.
Quyidagi manbaalardan foydalanildi
1. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi
2. https://advice.uz/uz
3. https://www.lex.uz/uz/
4. https://www.india-briefing.com
Dostları ilə paylaş: |