Biznesni tashkil etish va yuritish fanining mazmuni


Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid



Yüklə 126,84 Kb.
səhifə4/4
tarix06.03.2022
ölçüsü126,84 Kb.
#53432
1   2   3   4
1-mavzu

5. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid.
  • Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-e`tiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha`nini avaylashi, firma nomini e`zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.
  • Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining qonunlariga ko`ra, davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkining daxlsizhgini ta`minlaydi.

Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne`matlar, albatta, kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste`mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi.

Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o`zlashtirish shaklidir.

0`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. Mamlakatimizda mulkiy huquq va mulkiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida»gi Qonun asosida tartibga solinadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !!!
Yüklə 126,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin