Blackcurse


Talabning daromadga bog’liq elastikligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə28/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

Talabning daromadga bog’liq elastikligi.
Narxdan boshqa talabga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu iste’molchining daromadi, ya’ni xarid qurbidir. Narx o’zgarmagan holda daromadning ortishi yoki kamayishi talabning ortishi yoki qisqarishigaolib keladi.Daromadning talabga ta’sir etish darajasi daromad samarasi deyiladi. Narx kabi daromad ham ob’ektivdir. Iste’molchi bozordagi narxni borligicha qabul qiladi, o’ narxni o’z bilganicha o’rnata olmaydi.CHunki buni bozordagi talab va taklif nisbati belgilaydi.

Iste’molchining xar oyda topgan daromadi har xil bo’lishi mumkin va shunga qarab talabning elastikligi yuzaga keladi.



Talabning daromadga bog’liq elastikligi daromadning o’zgarishiga javoban talabning naqadar o’zgarganligini bildiradi.

Narx o’zgarmagan holda daromad o’zgarsa, iste’molchining talabi ham o’zgaradi, chunki uning xarid qobilyati ortadi yoki kamayadi. Talabning daromadga bog’liq elastikligini ham elastiklik koeffitsenti belgilaydi.Talabning daromadga bog’liq elastiklik koeffitsenti – foiz hisobidagi talab hajmining, foiz hisobidagi daromadni o’zgarishiga nisbatidir. Buni ek=Tb% /D% deb ifodalash mumkin.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin