Blackcurse


Daromadlar yalpi daromad, o’rtacha daromad va chegaralangan daromadga



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə60/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

Daromadlar yalpi daromad, o’rtacha daromad va chegaralangan daromadga bo’linadi.

YAlpi daromad muayyan vaqtda firmaning topgan jami daromadi bo’ladi, bu barcha tovarlar va xizmatlarni sotishdan kelgan pul tushumidan iborat.Masalan, muzlatgich zavodi yiliga 100 ming dona muzlatgich chiqarib, uning xar birini 120 ming so’mdan sotadi. Bunda uning yalpi daromadi 12 mlrd. so’m bo’ladi.

Firmaning yalpi daromadini qancha tovar bilan taqqoslaganda o’rtacha daromad kelib chiqadi.



O’rtacha daromad - bu tovar birligini sotishdant kelgan pul tushumidir.Uni aniqlash uchun yalpi daromad sotilgan tovarlar miqdoriga bo’linadi. Oldingi misolga qaytsak, zavodning yalpi daromadi 12 mlrd. so’m bo’lib, sotgan muzlatgichlari 100 ming dona edi.Bunda

Dor=Dya/Q= 12 mln/100 ming =120 ming

O’rtacha daromad amalda sotilgan tovarning bozor narxiga teng bo’ladi, ya’ni D=P kelib chiqadi.

Iqtisodiyotda chegaralangan daromad tushunchasi ham qo’llaniladi. Marginal daromad qo’shimcha tovar birligini sotishdan kelgan qo’shimcha daromaddir.


CHekli daromad ( ) - bu qo’shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o’sgan qismi , ya’ni:

. (4)

Demak, raqaobatlashgan bozorda talab chizig’i o’rtacha va chekli daromadlar chizig’i bilan ifodalanadi.

Agar abtsissa o’qi bo’yicha mahsulot miqdori ni va ordinat o’qi bo’yicha tovar narxini joylashtirsak, ular o’rtasidagi bog’liqlik gorizontal o’qga nisabatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma mahsulotiga bo’lgan talab chizig’ini beradi (7.1-rasm).



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin