4 Soliqni uzoq va qisqa muddatli ta’siri
Soliqni alohida firma faoliyatiga ta’sirini qaraymiz. Faraz qilaylik, soliq firmaning ishlab chiqarish hajmidan olinadi va u mahsulot narxiga ta’sir qilmaydi.
5 Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Biz ko’rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to’liq yo’qotishga olib keladi. SHuning uchun ham davlat o’zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to’liq yo’qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo’qotishlarga olib kelaveradi, deb bo’lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o’sishga olib keladi.
Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o’zi bo’lmaydi. O’z o’zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo’ladi.
Bozor iqtiodiyoti sharoitida narx belgilash tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: |