Olib sotarlik va uning iqtisodiyotdagi o’rni. Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi.
Tavakkalchilikni pasaytirshda fyucherslar, optsion va xedjirlashtirishlar ham muhim rol o’ynaydilar.
Fyucherslar - bu oldindan belgilangan narxlarda ma’lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma’lum kunda yetkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.
Optsion yoki mukofotga ko’ra savdo-sotiq - bu fyuchersning bir turi bo’lib, unga ko’ra bir tomon komission to’lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. SHuni aytish kerakki, fyuchers ham, optsion ham tovarlar narxini vaqt bo’yicha tekislashga yordam beradi.