Blackcurse


Elementlarning davriy jadvali



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə10/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

Elementlarning davriy jadvali davriy qonunning grafik (jadval tarzidagi) tasviridir.

Qonunning kashf etilishi va davriy jadval birinchi variantining yaratilish vaqti 1869 yil 1 mart hisoblanadi. D. I. Mendeleyev umrining oxirigacha elementlar davriy jadvalini takomillashtirish ustida ishladi.



2. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvali.

Hozirgi vaqtda davriy jadvalni tasvirlashning 500 dan ortiq variantlari bor: bular davriy qonunning turli shakldagi ifodasidir.

D. I. Mendeleyev 1869 yilda taklif etgan davriy jadvalning birinchi varianti uzun shakldagi variant deyilar edi, bunda davrlar bitta qatorga joylashtirilgan edi. 1870 yil dekabrda u davriy jadvalning ikkinchi variantini–qisqa shakl deb atalgan variantini bosib chiqardi. Bu variantda davrlar qatorlarga, guruhlar esa guruhchalarga (bosh va yonaki) bo`lingan edi.

Davriy jadvalda gorizontal bo`yisha 7 ta davr bor (rim raqamlari bilan belgilangan), ulardan I, II va III davrlar kichik davrlar IV, V, VI va VII davrlar katta davrlar deyiladi. I davrda 2 ta, II va III davrlarda 8 tadan, IV va V davrlarda 18 tadan, VI davrda 32 ta, VII (tugallanmagan) davrda 23 ta element joylashtirilgan. Birinchidan boshqa barcha davrlar ishqoriy metall bilan boshlanib nodir (inert) gaz bilan tugaydi.

Davriy jadvaldagi barcha elementlar bir-biridan keyin kelishi tartibida raqamlangan, elementlarning raqamlari tartib yoki atom raqamlari deyiladi.

Jadvalda 10 ta qator bor (arab raqamlari bilan belgilangan), har qaysi kichik davr bitta qatordan, har qaysi katta davr ikkita qatordan: juft (yuqorigi) va toq (pastki) qatorlardan tarkib topgan. Katta davrlarning juft qatorlarida (4,6,8,10) faqat metallar joylashgan va elementlarning xossalari qatorda chapdan o`ngga tomon kam o`zgaradi. Katta davrlarning toq qatorlarida (5,7,9) elementlarning xossalari qatorda chapdan o`ngga tomon tipik elementlardagiga o`xshash o`zgarib boradi.

VI davrda La - lantandan keyin tartib raqamlari 58-71 bo`lgan 14 ta element (La–Lu) joylashadi, ular lantanoidlar deyiladi.

VII davrda Ac - aktiniydan keyin tartib raqamlari 90-103 bo`lgan 14 ta element (Ac–Lr) joylashadi, ular aktinoidlar deyiladi.

Bu ikki davr elementlari jadvalning pastki qismiga alohida qatorlarga joylashtirilgandir.

Davriy jadvaldagi vertikal bo`yicha 8 ta guruh joylashgan (rim raqamlari bilan belgilangan), guruhning raqami elementlarning birikmalarda namoyon qiladigan valentliklari va oksidlanish darajalari bilan bog`liq. Odatda, elementlarning yuqori valentliklari va eng yuqori musbat oksidlanish darajalari guruh raqamiga tengdir.

F va O bundan mustasno–ularning valentliklari va oksidlanish darajalari tegishlicha I, II va -1, -2 ga teng.

Har qaysi guruh 2 ta guruhchaga (bosh va yonaki) bo`lingan, bu davriy jadvalda birinchisini o`ngga, boshqasini chapga siljitib yozish bilan ko`rsatilgan. Bosh guruhchalarni tipik elementlar hamda yonaki guruhchalarni faqat metallar hosil qiladi.

Davriy jadvaldagi He, Ne va Ar dan boshqa barcha elementlar kislorodli birikmalar hosil qiladi; kislorodli birikmalarning 8 xil shakli bor. Ular davriy jadvalda umumiy formulalar bilan ifodalanib, har qaysi guruh tagida oksidlanish darajalari ortib borishi tartibida joylashtirilgan:

R2O, RO, R2O3, RO2, R2O5, RO3, R2O7, RO4 bunda R – element.

IV guruhdan boshlab elementlar vodorodli birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalarning 4 xil shakli bor. Ular ham umumiy formulalar bilan ifodalanadi va guruh tagida oksidlanish darajalari kamayib borishi tartibida joylashtirilgan:

RH4, RH3, RH2, RH, bunda ham R – guruh elementi.

Guruhchalarda elementlarning xossalari davriy ravishda o`zgaradi: yuqoridan pastga tomon metallik xossalari kuchayadi, metallmaslik xossalari kamayib boradi.

D. I. Mendeleyev davriy jadvalining uzun shaklida ham 7 ta davr va 18 ta guruh bor. Guruhlar A yoki B harfli rim raqamlari bilan raqamlanadi . Lantanoidlar ham, aktinoidlar ham oilalar deyiladi va hech qaysi guruhga kiritilmaydi.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin