Bmt ustavi, bmt ustavi



Yüklə 41,37 Kb.
səhifə2/2
tarix21.12.2023
ölçüsü41,37 Kb.
#188967
1   2
Huquq manbalari darsda foydalanish uchun

Ijmo (arab. — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-umma — diniy jamoaning yagona fik-ri) — Qurʼon va hadislarda aniq koʻrsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning toʻplanib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Shariat dasturlariga keyinchalik kiritilgan 3manba. Shariatda shunday yoʻl bilan chiqarilgan hukm sharʼiy (qonuniy) deb qabul qilingan. I.ga shariat manbai sifatida qarash arab xalifaligi (8-asr oxiri — 9 -a.)da kelib chiqqan. [1]

Qiyos (arab. — taqqoslash) — shariat manbalaridan biri (Qurʼon, sunna, ijmo bilan birga). Q.da dastlabki 2 manba — Qurʼon va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga oʻxshash masala boʻyicha berilgan qoʻrsatmaga taqqoslash yoʻli bilan sharh etilgan. Mas, araqning shayton ishi ekanligi, urushjanjal, adovat chiqarishi sababidan u Qurʼoni karimda man etilgan. Araqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham araq kabi salbiy natijalar boʻlishini hisobga olib, unga Q. qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Q. faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Q. islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonmayon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Q.ning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlarning mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqei oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hozirgi ham Q.ga amal qilinadi.

Musulmon (arabcha: مسلم; forscha: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) — Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.
Yüklə 41,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin