Bob bolalarning ilk matematik tushunchalarini


Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda tarbiyachi ota-ona bilan birgalikda ishlar olib borishi



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə4/5
tarix08.06.2023
ölçüsü39,13 Kb.
#126917
1   2   3   4   5
BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O’RNI

2.1 Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda tarbiyachi ota-ona bilan birgalikda ishlar olib borishi
Bolalarni maktabda о'qitishning samaradorligini kо'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bо'ladi. Maktabda о'qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta‘lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо'yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о'ziga xos tomoni bolaning yangi ijtimoiy psixologik о'rni, u bajarishga tayyorlangan bо'lishi lozim.
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTT sining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta‘lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim tarbiyasiga qо'yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо'lamli ish bо'lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо'rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog'liqdir
Zamonaviy matematikada son-sanoq, figuralar va boshqa tushunchalarni asoslashda to'plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o'z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi. To'plam ta'riflanmaydigan tushuncha bo'lib, misollar asosida beriladi, masalan bog'chadagi bolalar to'plami, qo'ldagi barmoqlar to'plami yoki gapdagi so'zlar to'plami haqida gapiriladi. Bundan tashqari, to'plam biror narsaning yig'indisini anglatuvchi so'zlar o'rnida qo'llaniladi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig'indida bitta element yoki birorta ham element bo'lmasligi mumkin. To'plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to'plami, bog'cha hovlisidagi daraxtlar to'plami, viloyatdagi bog'chalar to'plami va hokazo, umuman to'plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi.
Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo'lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o'tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (―barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.
Birinchi mashg'ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o'quv faoliyati ko'nikmalari shakllantiriladi. Kichkintoylar o'z o'rinlarini egallashga, tinch o'tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o'rinlaridan turishga o'rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatma va tushuntirishlarini tinglashga, ko'rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga javob berishga o'rganishi kerak.
Kichkintoylarda birgalikda shug'ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo'lib qolganida o'z navbatlarini sabr bilan kutish ko'nikmalari tarbiyalanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.
Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi, ―Jim o'tir, — deb ularni tergayvermaydi va hokazo. Kichik
guruhda bolalar tarqatma material bilan
ishlashning dastlabki ko'nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har bir bolaga alohida qutichada, alohida to'plami bilan beriladi. Mashg'ulot boshlangunga qadar u bolalar qo'lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo'ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo'lishi uchun o'yinchoqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og'ir bo'lmasligi kerak. Kichkintoylar qo'llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo'lgandan keyin esa qutichaga terib, ko'rsatilgan joyga olib borib qo'yishga o'rgatiladi. Ota-onalar yig'ilishlari va uchrashuvlar odatda tarbiyachilar ham bolaning oila a'zolari ham MTTga qatnash bo'yicha o'zlarining boy tajribalariga ega hisoblanadilar. Bu tajriba ularning tarbiyachilar va otaonalarning ishni hamkorlikda tashkil qilish masalasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Aksariyat xollarda, oila va muassasaning roli bu so'z keng ma'noda bir-biridan ajratilgan.
Ota-onalar bolalarini muassasa eshigida qoldiradilar va bu eshik ortida nimalar bo'lishi haqida juda oz biladilar. Tarbiyachilar bolaga uning bog'chada bo'lgan davri uchungina javob berishga ko'nikadilar. Buning uchun ulardan oilalar bilan o'zaro aloqa o'rnatish talab qilinmaydi. Shuning uchun tarbiyachilar ham ota-onalar ham qanday qilib axborot almashuv, hamkorlikda rejalashtirishni amalga oshirish, bolalar guruhida birgalikda ishlashni bilmasliklari mumkin va buning natijasida yangi talablar oldida o'zlarini noqulay his qilishlari tabiiy. Bunday sharoitda tarbiyachilar va ota-onalarga MTT hayoti bilan hamkorlik masalasini tushuntirish birmuncha qiyin kechishi extimoldan xoli emas.

Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin