Bob bolalarning ilk matematik tushunchalarini



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə2/5
tarix08.06.2023
ölçüsü39,13 Kb.
#126917
1   2   3   4   5
BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O’RNI

Kurs ishining maqsadi: Matematik tasavvurlarni rivojlantirish ishida bolalar MTT va oilaning o’rni mavzusini adabiyotlar misolida tahlil qilib,yoritib berish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirish
2. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni aqliy rivojlantirishda matematik bilimlarni oilada ham rivojlantirish
3. MTT va maktab o’rtasidagi aloqa shakllari
Kurs ishining obekti: Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning hamkorlik jarayonlari. Kurs ishining predmeti: Matematik tasavvurlarni rivojlantirish ishida bolalar bog'chasi, oila va maktab hamkorligi yoritilgan barcha ilmiy manbalar
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishimiz kirish, asosiy qism: ikki bob, 4 paragref, xulosa, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

  1. BOB. BOLALARNING ILK MATEMATIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHDA MTT VA OILA O'RTASIDAGI HAMKORLIK

1.1 Bolalarning ilk metematik tushunchalarini rivojlantirishda oilaning o'rni haqida sharq mutafakkirlarining fikrlari


Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim о‘rin egallaydi. Ayniqsa, ular oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalari va ularni hal etish yо‘llari kо‘rsatib berilgan. Abu Nasr Forobiy fikricha, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i va u aqliy hamda axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim, degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino merosida yoritganligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiq, deb maslahat beradi. Beruniyning tarbiya maqsadi va vazifalari, shaxsning rivojlanishi to‘g‘risidagi fikrlari zamirida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. U har bir ota-ona o‘z farzandlariga ana shu g‘oyani singdirishi zarur xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil qilish ularning
vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishi garovi ekanligini ota-onalar hamisha yodda tutishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo‘yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir AlManozil’ nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyalashdagi vazifalarini yoritib, oiladagi munosabatlarga to‘xtalar ekan, ayniqsa, otaonalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga
o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi, amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikda namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida oilaviy, maishiy turmush
muammolariga ham katta e’tibor qaratgan. U kishilarning uylanib , oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etishi, oilaning moddiy ta’minotini yuritishigacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida otaonaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir, deb hisoblaydi. Jamiyatda farzandlarining xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib o‘tadi.
Davlat arbobi va buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallashini ta’kidlanadi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida “O‘z farzandingning sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga , ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir, “ deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi.
Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rin egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar oldidagi oliyjanob vazifadir.
Y.A.Kamenskiy “Onalar maktabi” kitobining “Maktabga tayyorlash” bobida shunday yozadi: Barcha insonlar bajaradigan ishlar ma’lum bir tayyorgarliklarni talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorlashadi”. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Kamenskiy otaonalar uchun quyidagilarni tavsiyalarni ko‘rsatadi:
1.Bolalar maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o‘qigan va o‘ynagan vaqtida xursandchilik hissini tug‘dirish kerak.
2.Bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishish lozim.
3.Bolalar bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.
Elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirish. Pedagoglar va otaonalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi va
bu xususiyatlar u yoki bu faoliyat turlarini egallashda namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk matematik tasavvurlarni shakllantirishda bolalar yoshiga mos ravishda ko‘rgazmali qurollar tanlanishi yaxshi natija berishi tajribalarida sinalgan. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo‘ladi . Uning shakllanishi doimiy mashq qilinishini talab qiladi. Bu mashqlar oilada va maktabgacha ta’limda amalga oshiriladi. Tushuncha bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhim alomatlariga ko‘ra farqlash yoki umumlashtirish natijasidir.
Masalan, son, miqdor, kesma, to‘g‘ri chiziq va boshqalar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda elementar matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik , pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi. Jumladan:

  • ko‘rgazmali dasturli hujjatlar;

  • metodik adabiyotlar;

  • jamoa va yakka tartibda ish olib borish;

  • elementar matematik tushunchalarni shakllantirish;

  • inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli ko‘rinishlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir.

Matematik tushunchalarni shakllantirishning maqsadi – bolalarga faqat matematikani o‘rgatishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topishga yordam berishdan iborat. Zamonaviy matematikada
“son” , “figura” va boshqa tushunchalarni asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash, guruhlarga birlashtirishni o‘rgatishdan boshlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash son-sanoqni, geometrik shakllarni, fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Matematik adabiyotlarda qiziqarli masalalarga keng o‘rin berilganligi bejiz emas. Negaki o‘yin orqali yondashuv ta’lim jarayonini osonlashtiradi, deb hisoblashgan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishni kuchaytirib, bolani chuqurroq bilim olishga undaydi. Shuning bilan birga matematik quvnoq va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalar uchun
ham qiziqarli bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan qaraganda, eng oddiy matematik misol va masalalar oddiy bilish ko‘nikmasigagina emas, tez fikrlash, tasvirlash, o‘qish malakasini ham rivojlantirish lozim. Olimlarning fikricha, tarbiyachi ilk matematik ko‘nikmalarni shakillantirish ilk iqtisodiy ta’lim bilan uzviy holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Bundan kelib chiqadiki, matematikani turmush materiali asosida yoki yoshga mos ravishda o‘rgatish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada ilk matematik tasavvurlarini rivojlantirishni tashkil qilish. Tarbiyachi va ota-onaning pedagogik madaniyati, bolalar tarbiyasiga ma’sul hammaning ular taqdiri uchun yetuk shaxs mas’uliyatini
anglab etishi eng to‘g‘ri va ishonchli vositadir













Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin