Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə14/22
tarix02.01.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#42740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
So’z yordamida bolalar qanday o’yin o’ynashlarini va boshqalarni kelishib oladilar. So’z yordamida bir-biri bilan muomalada bo’lib, o’z fikrlarini izhor etishadi. So’z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar bu hamma vositalardan ko’pincha bir vaqtda foydalanadilar.

Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi.

Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko’p bo’lsa, o’yin mazmuni shunchalik boyroq bo’ladi, hamda tevarak atrofdagi voqiyalardan olingan taassurot shunchalik to’laroq aks ettirilali.

O’yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo’lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lgani uchun uning syujetini bolalar o’zlari o’ylab topishadi va o’zlari tashkil etishadi. O’yinda bolalar o’zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi. O’zaro kelishib harakat qilishga o’rganishadi.

Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o’ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o’z o’rnini topa olishi va shu jamoada o’rnashib olishi lozim.



    1. Yüklə 1,35 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin